Loyiha matni 49901-(61999)


-§. Tekshiruvlarni oʻtkazish muddati va tartibi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

3-§. Tekshiruvlarni oʻtkazish muddati va tartibi
201-modda. Tekshiruvlarni oʻtkazish uchun asoslar
Vakolatli organ bilan kelishish tartibida tekshiruvlarni oʻtkazish uchun asoslar quyidagilardan
iborat:
vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmalarining ruxsati;
nazorat qiluvchi organning vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmalarining ruxsati
asosida qabul qilingan qarori (buyrugʻi), unda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida
tekshiruvning roʻyxatga olish raqami va sanasi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining nomi va pochta
manzili, uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok
etadigan masʼul xodimlari tarkibi, tekshiruv maqsadi, predmeti va muddati, tekshiruvning huquqiy asosi,
tekshiruv davri hamda tekshiruvni boshlash va tugatish sanalari koʻrsatiladi.
nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshiruv dasturi.
Vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvlarni oʻtkazish uchun asoslar quyidagilardan
iborat:
nazorat qiluvchi organning qarori (buyrugʻi), unda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish
yagona tizimida tekshiruvning roʻyxatga olish raqami va sanasi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining
nomi va pochta manzili, uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, nazorat qiluvchi organning
tekshiruvda ishtirok etadigan masʼul xodimlari tarkibi, tekshiruv maqsadi, predmeti va muddati,


project.gov.uz
06.06.2022
94
tekshiruvning huquqiy asosi, tekshiruv davri hamda tekshiruvni boshlash va tugatish sanalari koʻrsatiladi.
nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshiruv dasturi.
202-modda. Tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari
Vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlarning muddati oʻn kalendar
kundan oshmasligi lozim, bundan moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish mustasno.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish muddati oʻttiz kalendar
kundan oshmasligi lozim.
Vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda oʻtkaziladigan tegishli tekshiruv oʻtkazishning muddati
nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomasi asosida faqat bir marta vakolatli organning
ruxsati bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uning asosiy
muddatidan oshmasligi kerak.
Tekshiruvni belgilangan muddatda oʻtkazish yoki uni davom ettirish imkoni boʻlmagan hollarda,
tekshiruv muddati nazorat qiluvchi organning asoslantirilgan talabnomasi asosida vakolatli organning
ruxsati bilan nazorat qiluvchi organning qaroriga koʻra toʻxtatilishi va (yoki) keyingi oyga koʻchirilishi
mumkin. Muddati koʻchirilgan boʻyicha tekshiruv oʻtkazish muddati koʻchirilgan oyning oxirgi kunidan
kechiktirmasdan taʼminlanishi yoki belgilangan tartibda tekshiruv boshqa muddatga koʻchirilishi lozim.
Vakolatli organni xabardor etish tartibidagi tekshiruvlar muddati ushbu Kodeksning 1-ilovasida
belgilanadi. Mazkur tekshiruvlarni oʻtkazishning muddatlarini uzaytirish, toʻxtatib turish va koʻchirish,
ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organni xabardor
etgan holda amalga oshiriladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish