project.gov.uz 06.06.2022 91 Tekshiruv savolnomalariga bajarilmasligi inson hayoti va salomatligi, atrof-muhit, jismoniy va
yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga tahdid solishi mumkin boʻlgan tadbirkorlik
subyektlari faoliyatiga qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlar asosida qoʻyilgan talablar kiritiladi.
Tekshiruv savolnomalari quyidagi shartlarni hisobga olgan holda tuziladi:
1) talablar muayyan tadbirkorlik subyekti faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanishi kerak;
2) talablar umumiy xarakterga ega boʻlmasligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola
qilinmasligi kerak;
3) talablarning taʼrifi loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi, uni turlicha sharhlash va
talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak.
Tekshiruv vaqtida nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini faqatgina tegishli
tekshiruv savolnomasida koʻrsatilgan talablar bajarilganligi nuqtayi nazardan tekshiradilar.
197-modda. Nazorat qiluvchi organlar Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari roʻyxati ushbu Kodeksning 2-
ilovasida keltirilgan.
Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari roʻyxatida keltirilmagan organ va
tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning nazorat funksiyalari roʻyxatida nazarda tutilmagan
tekshiruvlarni va boshka organ va tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar
oʻtkazilishi noqonuniy hisoblanadi.
198-modda. Nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslariga qoʻyiladigan talablar Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
attestatsiyadan oʻtgan va tekshiruvlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma
olgan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
tekshiruviga xizmat guvohnoma, tekshiruvlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus
guvohnoma va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgan taqdirda, nazorat qiluvchi
organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert
oʻrtasidagi shartnomaning koʻchirma nusxasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki)
ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Auditor va
(yoki) ekspert xulosasining toʻgʻriligi va uning qonunchilikka muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va
(yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik
tekshiruvlari va ekspertizalarni oʻtkazish xarajatlari ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar