210-modda. Tekshiruv oʻtkazishdagi cheklovlar
Nazorat qiluvchi organlari va ularning mansabdor shaxslariga quyidagilar taqiqlanadi:
project.gov.uz
06.06.2022
102
ushbu Kodeks 206-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilmagan joyda tekshiruvni
oʻtkazish;
tadbirkorlik subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor
yoki uning vakolatli vakili tekshiruvda boʻlmagan taqdirda uni oʻtkazish;
tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, uni cheklash va toʻxtatib turish,
ularning ishlashiga toʻsqinlik qilish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlarining vakillari va tekshiruvlarni ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, shu jumladan Oʻzbekiston
Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vakillarini jalb etilishiga hamda ushbu shaxslarning tekshiruvda
ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish;
tekshiruvda jarima va boshqa toʻlovlarni bevosita tadbirkorlik subyektlaridan naqd pul shaklida
undirish. Barcha hisob-kitoblar faqat tegishli hisobvaraqlar va kredit-kassa muassasalari orqali amalga
oshirilishi lozim;
tekshiruv predmeti bilan bogʻliq boʻlmagan hujjatlarni, maʼlumotlarni, mahsulot nusxa va
namunalarini taqdim etish, atrof-muhit obyektlari va ishlab chiqarish obyektlarini koʻzdan kechirishni
talab qilish;
hujjatlarning aslini va tovarlarni olib qoʻyish, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini
musodara qilish uchun tovarlarni olib qoʻyish hollari mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarini buzgan holda tadbirkorlik subyektlari
toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, foydalanish va tarqatish;
tadbirkorlik subyektning yoki uni rahbarining roziligisiz tekshiruvlar natijasida olingan tijorat va
qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni tarqatish, bundan Oʻzbekiston
Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talablarning bajarilishini tekshirish, agar bunday
talablar nazorat qiluvchi organlar nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxslarning vakolatiga kirmasa;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan meʼyorlardan
yuqori miqdorda oʻrganish, sinov va oʻlchovlarni oʻtkazish uchun belgilangan shaklda namuna,
nusxalarni tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirmasdan namuna va nusxalarni tanlab olish, atrof-
muhit va ishlab chiqarish obyektlarini koʻzdan kechirish;
tadbirkorlik subyektining qoidabuzarlik faktini uning faoliyatiga aralashish uchun asos sifatida
foydalanish;
tadbirkorlik subyektlarga ularning hisobidan nazorat tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida koʻrsatma
yoki takliflar berish, bundan ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan hollar mustasno;
tadbirkorlik subyekti yoki uning vakilidan tekshiruv uchun har qanday haq yoki xizmatni talab
qilish yoki olish;
ushbu Kodeksda belgilangan tekshiruv muddatini uzaytirish tartibiga rioya qilmasdan tekshiruvni
muddatdan ortiq oʻtkazish;
ilgari tekshiruv oʻtkazilgan masala va davr boʻyicha tadbirkorlik subyektini qayta tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |