shaxslari faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlash Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining qonunchilik
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Davlat nazoratining tanlangan shakli, majburiy talablarni buzilishining oldini olish va (yoki)
bartaraf etish boʻyicha koʻriladigan choralar majburiy talablarni buzilishining xususiyati, qonun bilan
qoʻriqlanadigan moddiy va nomoddiy boyliklarga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan ziyonga
(zararga) mutanosib boʻlishi lozim.
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida
qonunchilik hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular oʻzlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan
qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishlari mumkin. Nazorat
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik
subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida
foydalanishga haqli emas.
Tekshiruvda nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish,
tadbirkorlik subyektlari, tekshiruvga ishtirok etish uchun taklif etilgan tarjimonlar, advokatlar, soliq
maslahatchilari va tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasi vakillari tomonidan ularning xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
221-modda. Noqonuniy qaror va gʻayriqonuniy harakatlar bilan zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik Nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy qarori yoki ular mansabdor shaxslarining
gʻayriqonuniy harakatlari bilan tadbirkorlik subyekti yoki uning egaligi, foydalanish yoki tasarrufidagi
mulkiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy qarori yoki ular mansabdor shaxslarining
gʻayriqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni sud qarori asosida tadbirkorlik
subyektiga toʻliq hajmda, shu jumladan boy berilgan foyda qoplanishi lozim. Zararlarning qoplanishi sud
qarori bilan aybdor nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslariga yuklanishi mumkin.
Noqonuniy qaror va gʻayriqonuniy harakatlar natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar
uchun nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladilar.
Nazorat qiluvchi organlarning qonuniy qarori yoki ular mansabdor shaxslarining qonuniy
harakatlari bilan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanmaydi, bundan qonunchilik
hujjatlarida belgilangan holatlar mustasno.