Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tekshiruvni oʻtkazish boʻyicha nazorat qiluvchi organlarning faoliyati



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

222-modda. Tekshiruvni oʻtkazish boʻyicha nazorat qiluvchi organlarning faoliyati
samaradorligini baholash


project.gov.uz
06.06.2022
110
Tekshiruvni oʻtkazish boʻyicha nazorat qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini baholash
vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvni oʻtkazish
boʻyicha nazorat qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligi quyidagi mezonlarga muvofiq belgilanadi:
tekshiruv oʻtkazish tashabbusining asosliligi va qonuniyligi;
nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya
etilishi;
tekshiruv natijalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar qarorlarining asosliligi va qonuniyligi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvni oʻtkazish boʻyicha nazorat qiluvchi organlarning
faoliyati samaradorligini aniqlangan huquqbuzarliklar, qoʻllanilgan huquqiy taʼsir choralar hamda davlat
daromadiga undirilgan tadbirkorlik subyektlarining mol-mulklarining soni boʻyicha baholashga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Nazorat qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini baholash natijalari vakolatli organ
tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
17-bob. Raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklash
223-modda. Raqobatga oid davlat siyosati
Raqobatga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi tovar, moliya yoki raqamli bozorlarda
raqobatni himoya qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar
bozorda teng shart-sharoitlarni yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, xizmat)larning
erkin harakatlanishi va iqtisodiy faoliyat erkinligini taʼminlash hisoblanadi.
Tovar, moliya va raqamli bozorlarda sogʻlom raqobat muhitini taʼminlashdagi davlat siyosati
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish;
bozorda xususiy tadbirkorlik subyektlari yetarli darajada mavjud boʻlgan holda davlat
ishtirokidagi korxonalarni tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar
birlashmalari tomonidan bozorining normal faoliyat koʻrsatishiga, raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik
qiluvchi hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga yoʻl
qoʻymaslik;
bozorda sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan davlat imtiyozlari,
preferensiyalar, yengilliklar va mutlaq huquqlar berilishiga yoʻl qoʻymaslik.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish