project.gov.uz 06.06.2022 101 toʻldirishdan bosh tortgan shaxslarni hamda tadbirkorlik subyektlarining ish vaqtidan tashqari va qarorda
koʻrsatilgan tekshiruv muddatlari kelmagan yoki oʻtkazib yuborilgan hollarda tekshiruvga qoʻymaslik;
nazorat qiluvchi organlari tekshiruvchi mansabdor shaxslarining vakolatiga kirmaydigan
masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va tekshiruv predmeti va davriga tegishli boʻlmagan
maʼlumotlar bilan tanishtirmaslik;
tekshiruvda ishtirok etish;
tekshiruv jarayonlari hamda tekshiruv doirasida nazorat qiluvchi organlari mansabdor
shaxslarining harakatlarini foto-, audio- va video texnika vositalari yordamida qayd etish;
tarjimon, advokat va soliq maslahatchisi xizmatlaridan foydalanish;
tekshiruv yakunlangan kun nazorat qiluvchi organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan
tekshiruv natijasi yuzasidan tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasini olish;
tekshiruv predmeti va dasturiga aloqador masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish hamda
tekshiruv natijasi yuzasidan tuzilgan dalolatnomada tekshiruv natijalari boʻyicha fikr va eʼtirozlarni
bildirish;
taalluqliligi boʻyicha yuqori turuvchi nazorat qiluvchi organ yoki huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga tekshiruvda ishtirok etgan mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari yoki niyatlari
haqida xabar berish;
nazorat qiluvchi organlarning qarorlari shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektlari tekshiruvda quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
ushbu Kodeks 204-moddasining toʻrtinchi qismi talablari rioya etilgan taqdirda nazorat qiluvchi
organlarning mansabdor shaxslarini oʻzining hududi, binosi va tekshiruv obyektiga toʻsiqsiz kirishini
taʼminlash;
nazorat qiluvchi organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablariga binoan tekshiruv
predmeti va dasturi bilan bogʻliq qogʻoz va elektron vositalaridagi hujjatlarni (axborot), ularning
nusxalari yoki boshqa materiallarni taqdim etish;
tekshiruvning vazifalari va predmetiga muvofiq avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasidan
(axborot tizimlaridan) foydalanilishini taʼminlash;
tekshiruv oʻtkazish uchun obyektga kelgan shaxslarning ushbu obyektlarning normativ
talablariga muvofiq oʻrnatilgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan xavfsizligini
taʼminlash;
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslariga oʻz vazifalarini bajarishlari
uchun koʻmaklashish.
Tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga
ega boʻlishi va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.