project.gov.uz 06.06.2022 97 Tadbirkorlik subyektidan kitobni olib qoʻyish taqiqlanadi. Zarurat tugʻilganda tadbirkorlik
subyekti kitobdan tasdiqlangan koʻchirma berishi mumkin.
Belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil
etuvchi maʼlumotlar tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritilmaydi.
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli va uni toʻldirish tartibi hamda uning elektron
shaklini yuritilishi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
206-modda. Tekshiruvda ekspertiza oʻtkazish Tadbirkorlik subyekti tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga rioya etilishi tekshirilganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi qoʻllaniladigan
texnologiyalar, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligi
toʻgʻrisida ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror bilan
tadbirkorlik subyektini tanishtirishga majburdir.
Tekshiruvda ekspertiza tadbirkorlik subyekti joylashgan yoki faoliyat olib borayotgan joyda yoki
tanlab olingan namuna va nusxalarni laboratoriya tahlilini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ekspertiza natijalari yuzasidan ekspertiza xulosasi tuziladi, uning bir nusxasi tekshiruv
dalolatnomasiga ilova qilinadi.
Tanlangan namunalar, nusxalar, ishlab chiqarish omillarining amaldagi texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasining shakli va
mazmuni nazorat qiluvchi organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ekspert xulosasi uch nusxada tuziladi. Bir nusxasi ekspertiza oʻtkazgan tashkilotda qoladi.
Ikkinchi nusxasi tadbirkorlik subyektiga topshiriladi. Uchinchi nusxasi nazorat qiluvchi organning
mansabdor shaxsida qoladi va tekshiruv dalolatnomasiga ilova qilinadi.
Ekspertiza natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyekti koʻtarilgan masalalar boʻyicha
ekspert xulosasini olish uchun oʻz hisobidan mustaqil ekspert tashkilotiga yoki oʻzi tanlagan ekspertga
murojaat qilishga haqli. Olingan ekspert xulosasi tadbirkorlik subyektning tekshiruv dalolatnomasiga
berilgan shikoyat yoki eʼtiroziga ilova qilinishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga
muvofiqligini nazorat qilish uchun mahsulotlarning namuna va nusxalarini tanlab olinishi amaldagi
normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va
sinovlarni (tahlillarni, oʻlchovlarni) oʻtkazish xarajatlari tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektlarining
ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi.