203-modda. Nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsini rad qilish va oʻzini oʻzi rad qilish
Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi
hisoblangan tekshiruvchi agar:
tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektining taʼsischisi, aksioneri, ishtirokchisi, aʼzosi yoki
boshqaruv organi mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi boʻlganda;
tekshiruv boshlangan kunga qadar uch yildan kam muddat davomida ushbu tadbirkorlik
subyektining mansabdor shaxsi boʻlganda;
tekshiruv natijalariga bevosita yoki bilvosita manfaatdorligi mavjud boshqa holatlar boʻlganda,
oʻzini oʻzi rad qilishi yoki rad qilinishi majbur va tekshiruvda ishtirok etmasligi lozim.
Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish tekshiruvni boshlashdan oldin yoki tekshiruv davomida
istalgan vaqtda yozma ravishda bildirilishi va asoslantirilishi lozim.
Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish holatlarda tekshiruv oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi
organning mansabdor shaxsini oʻzgartirish yoki buni asoslantirgan holda rad etish masalasi nazorat
qiluvchi organning yoki uni tarkibiy boʻlinmasining rahbari tomonidan hal etiladi.
Agar oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilishlarni qanoatlantirilishi natijasida tekshiruvchilarning
project.gov.uz
06.06.2022
95
yangi tarkibini shakllantirish imkoniyati boʻlmasa, tekshiruvga nazorat qiluvchi organning boshqa
hududiy yoki yuqori turuvchi organlarining mansabdor shaxslari jalb etiladi.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsini rad qilishni qanoatlantirmaslik toʻgʻrisidagi
qaror ustidan tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi
mumkin.
204-modda. Tekshiruvlarni oʻtkazish tartibi
Tekshiruv boshlangan kun – nazorat qiluvchi organning qarorida (buyrugʻida) koʻrsatilgan sana
hisoblanadi.
Tekshiruv tadbirkorlik subyektining ish vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Tekshiruv tadbirkorlik subyekti joylashgan yoki roʻyxatdan oʻtgan yoxud tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan joyi boʻyicha oʻtkaziladi.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tekshiruv boshlanishidan oldin tilxatga imzo
qoʻydirgan holda:
tadbirkorlik subyekti rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsga oʻz xizmat guvohnomasi va
tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini koʻrsatadi;
tadbirkorlik subyekti rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsni tekshiruv tayinlash
toʻgʻrisidagi qarorining (buyrugʻining) mazmuni bilan tanishtiradi;
tadbirkorlik subyektini tekshiruv maqsadi bilan tanishtiradi, unga yozma ravishda ushbu
Kodeksning 209-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi;
tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektiga ushbu Kodeksning 201-moddasida nazarda tutilgan
tekshiruvni oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar nusxalarini topshiradi;
belgilangan tartibda Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldiradi.
Tadbirkorlik subyektining ushbu Kodeksning 201-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar
nusxalarini olishdan bosh tortishi yoki nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsini huquqiga
toʻsqinlik qilishi, tekshiruvni bekor qilishga asos boʻlmaydi. Bunday holatlarda nazorat qiluvchi
organning mansabdor shaxsi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda tadbirkorlik subyekti
rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs sabablarni yozma ravishda taqdim etgan holda dalolatnomani
imzolashdan bosh tortishga haqlidir.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan mazkur moddaning beshinchi qismida
koʻrsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda tadbirkorlik subyekti ushbu mansabdor shaxsni oʻzining
hududi, binosi va tekshiruv obyektiga kirishiga toʻsqinlik qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik subyekti ushbu Kodeksning 201-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar
nusxalarini olishdan bosh tortganda, dalolatnomani rasmiylashtirilgan payti tekshiruv boshlangan
hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsini tadbirkorlik
faoliyati hududiga kirish huquqiga asossiz toʻsqinlik qilinishi hamda uning qonuniy talablarini
bajarmasligi, hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaganlik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga
toʻsqinlik qilganlik uchun tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsini Oʻzbekiston Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: |