project.gov.uz
06.06.2022
103
4-§. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish va tekshiruv materiallarini nazorat qiluvchi organ
tomonidan koʻrib chiqilishi
211-modda. Tekshiruv dalolatnomasini rasmiylashtirish
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tekshiruv natijalari boʻyicha
quyidagilarni koʻrsatgan holda ikki nusxada tekshiruv dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, bundan elektron
shaklantiriladigan dalolatnomalar mustasno:
tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan sana, vaqti va joyi;
nazorat qiluvchi organning nomi, tekshiruv oʻtkazgan shaxslarning familiya, ismi, otasining ismi
va lavozimi;
tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazgan va
nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish haqidagi qarorining sana va raqamlari;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan joyi (pochta manzili),
tadbirkorlik subyekti rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning familiya, ismi, otasining ismi yoxud
tekshirilayotgan yakka tartibdagi tadbirkorning familiya, ismi, otasining ismi hamda soliq toʻlovchining
identifikatsiya raqami;
tadbirkorlik subyektiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirilganlik holati;
tekshiruvda tarjimon, advokat, soliq maslahatchisi, tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, shu
jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari qatnashganligi toʻgʻrisidagi
maʼlumot;
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
tekshiruvning sanasi, vaqti va joyi;
tadbirkorlik subyektining tekshirilgan davri;
tekshiruv oʻtkazish uchun taqdim etilgan yoki taqdim etilmagan tadbirkorlik subyektining
obyekti va hujjatlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar;
tadbirkorlik subyekti tomonidan buzilgan qonun va qonunosti hujjatlarining normalari hamda
qoidabuzarlik sodir etilgan deb xulosaga kelingan asosining aniq holati va hujjatlarini koʻrsatgan holda
tekshiruv davomida aniqlangan qoidabuzarlik mohiyati va holatining batafsil bayoni;
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan asosli
fikri: texnik xato, qonun normalarini notoʻgʻri qoʻllash yoki talqin etish, tadbirkorlik subyektining ayrim
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida xabardor emasligi, qasddan buzish yoki boshqa sabablar;
tekshiruv natijalari boʻyicha fikr va xulosalar.
Agar tekshiruv yakuni boʻyicha qonunchilik hujjatlarini buzish holatlari aniqlanmagan boʻlsa, bu
haqida tekshiruv dalolatnomasida qayd etiladi.
Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi va tadbirkorlik subyekti
rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan imzolanadi.
Tadbirkorlik subyekti rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorning imzolari
ularning tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |