project.gov.uz
06.06.2022
10
oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega boʻlishga, oʻz nomi yozilgan
muhrlardan, blankalardan va shtamplardan foydalanishga hamda tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish
belgisiga) ega boʻlishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonunchilikda belgilangan tartibda bank
hisobvaraqlari
ochishga;
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka (oʻz xohishiga koʻra) egalik qilishga,
undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
oʻz xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar toʻlashning
shakllari, tizimi
hamda miqdorini mustaqil belgilashga;
oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlari (ishlari,
xizmatlari)ning isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlashga, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq
faqat birja savdosi orqali bozor tamoyillari asosida
sotiladigan tovarlar mustasno;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan narxi va tariflari
davlat tomonidan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qiladigan tadbirkorlik
subyektlari mustasno;
oʻz tovar (ish, xizmat)larini, ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib,
mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha realizatsiya qilishga, bundan qonunchilik
hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar mustasno;
barcha xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliq va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni
(foydani) erkin tasarruf etishga, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno;
kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda oʻzga mol-
mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va
oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishga yoʻnaltirishga;
davlat tomonidan taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari va turlari, imtiyoz
va preferensiyalardan
foydalanishga;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga;
oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishga, sudga, hakamlik va xalqaro arbitraj
sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga (bundan buyon matnda Tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb yuritiladi) va boshqa organlarga huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida
murojaat qilishga;
oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda
himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar boʻlgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa
birlashmalarga birlashishga;
nizolarni mediatsiya
tartibida hal qilishga;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining
bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligiga sabab boʻladigan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf
etish boʻyicha takliflarni davlat organlariga taqdim etishga haqli.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.