2.
Asosiy qism (30–45 daqiqa). Muskullar
tonusini tartibga soluvchi,
diqqat-e’tiborni, xotirani rivojlantiruvchi, harakatlarni so‘z va she’rli matn bilan
muvofiqlashtiruvchi mashqlar.
3.
Yakunlovchi qism (10–15 daqiqa). Mimikali gimnastika, xotirjam yurish,
figurali qadam tashlash, bo‘shashganlik mashqlari.
Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan mashg‘ulotlarni
har kuni yoki kun
ora o‘tkazish maqsadga muvofiq, lekin haftada uch martadan kam bo‘lmasligi kerak,
mashg‘ulotlarning davomiyligi 45 daqiqadan 1 soatu 20 daqiqagacha.
Mashg‘ulotlarning soni davolanish kursining davomiyligiga bog‘liq. Ritmik material
sxema bo‘yicha joylashadi va logopedik mashg‘ulotlar rejasi bilan yaqindan
bog‘langan bo‘ladi. Logoritmik mashg‘ulotlar uchun maxsus soatlar ajratiladi yoki
ular logopedik mashg‘ulotga kiritilishi mumkin. Odamlar soni 8–10 tadan
oshmasligi
kerak.
Duduqlanadigan 5–8 sinf o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlarda qo‘shila olishni
yoki umumiy va nutqiy harakatlarni “uchirish” ni mashq qilish tavsiya etiladi
11
.
Harakatga kirishish tezligini rivojlantirish vositalaridan
harakat muayyan
buyruq orqali bajariladigan saf mashqlari; nutq va motor ta’sirlariga o‘yinlar; safda
raqamlarni tartib bilan sanash, birinchi – ikkinchi, birinchi – uchinchi va boshqalar;
bir vaqtda nutqli nafasni va kirishish tezligini
avtomatlashtirish mashqlari, nutq
apparatining hamma uchta bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu
mashqlarga nafas chiqarganda har xil nutq materialini talaffuz qilish, ayrim unli
tovushlardan boshlab turli murakkablik va uzunlikdagi gap bo‘g‘inlari va birikmalari
kiradi. Nutq faoliyatiga kirish faqat “ikki” sanog‘idan amalga oshiriladi; tasodifiylik
belgisidan
foydalaniladi; shug‘ullanayotganlar ulardan qay birlari nutq materialini
gapirishini bevosita nutqqa kirishish paytida biladilar; nutqqa
kirishish uchun signal
bilan harakat komplekslarini bajarishda guruhdagi navbatchi tomonidan aytilgan
iboraning birinchi so‘zi hisoblanadi. Nutq nafasini avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan
mashqlar duduqlanadiganlar nutqini to‘g‘rilashda kerakli yordam ko‘rsatadi.
Duduqlanadigan o‘quvchilar bilan logoritmik mashg‘ulotlarni uch qismdan
qurish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
I.
Kirish.
Saf tortish,
navbatchi raporti, salomlashish, mashg‘ulot mavzui
bilan tanishish, saf
mashqlari, yurishning turli ko‘rinishlari, yengil chopish.
11
Дресвянников В.И. К вопросу о направленнности логоритмических занятий в работе с заикающимися
среднего школьного возраста // Дефектология. 1978. № 1. –С.51-56.