kasb etadi (magnitofon yozuvlari). Fikrni ifoda etish uchun aynan pantomimo
harakatlari to‘plamining, qomatning, harakatning nafisligi ustidan doimiy nazorat
amalga oshiriladi. Oyna oldida turib tasavvurdagi holat bilan bog‘langan harakatni
nutq bilan bajarish foydali. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar musiqa jo‘rligida yoki
usiz sahna etyudlarini ijro etadilar. Uyda ishlab bo‘lingan etyudlar jamoaviy
mashg‘ulotlarda ko‘rsatiladi. Ko‘rilgan yoki ko‘rsatilganlari xususida jamaoaviy fikr
almashuvi yoki ikkitadan bo‘lib keyingi munozaralar kelib chiqadi.
Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ritmika ishida Ye.V.Oganesyan
ishlab chiqqan usullardan foydalanish mumkin. Asabiy duduqlanadigan bemorlar
uchun logoritmikaga muskullar tonusini me’yorlashtirishga, jismoniy kuch va
chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya belgilarini kiritish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu bemorlarga uzoq davom etadigan harakatlantiruvchi
vazifalardan harakatlantiruvchi nutqli mashqlarga, keyin esa musiqa yordamida yoki
usiz faqat nutqli mashqlarga o‘tish uchun motor mashqlari kerak emas. Ularda
musiqali-ritmik qobiliyatning yuqori rivojlanganligi temp va ritmni o‘zgartirib
kiritishga, vazifalarni tez murakkablashtirishga imkon beradi. Asabiy duduqlanishda
harakatlantiruvchi nutq stereotipining saqlanganligi talab qilinadi, logopedik ritmika
mashg‘ulotlari duduqlanadiganlarning diqqatini shaxsiy nutq jarayonidan ritm va
tempda o‘zgarib turadigan ritmik harakatlarga o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak. Bunda nutqli va harakatli ta’sirlarning turli uyg‘unliklarini yetarlicha kiritish
mumkin bo‘lib qoladi.
Asabiy duduqlanishga o‘xshashlikda harakat funksiyasining o‘ziga xos
xususiyati logopedik ritmika tizimiga maxsus usullarni kiritishni talab qiladi. Shuning
uchun asabiy duduqlanishga o‘xshashlikda harakatning hamma bosqichlari
ko‘tariladi, bu bemorlarda markaziy asab tizimi bilan bog‘langan buzilgan yoki
bo‘lmagan harakat funksiyalarini shakllantirish zarur. Bunda tiklash jarayonini
saqlangan harakatlar tayanchi bilan qurish zarur. Bemorda musiqaning ritmi va
tempida muvofiqlashgan va ritmik harakatlar aniqligini ishlab chiqish, umumiy
motor faoliyatini tashkil qilish, musiqiy-ritmik qobiliyatni rivojlantirish zarur. Mashq
qilishni oddiy ritm va mashqlar bilan boshlash, faqat oldingi mashqlarni to‘la
egallagandan so‘ng asta-sekin boshqa turdagi mashqlarga o‘tish mumkin. O‘rgatish
jarayonida ko‘rgazmali namunalardan iloji boricha ko‘p foydalanish va qo‘llanmani
butunlay egallaguncha takrorlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: