To‘rtinchisi
– tez tempda ishlab chiqiladigan bemaqsad serob harakatlar bilan
motorli tez ta’sirlanadigan bolalar. Bunday bolalar kamdan kam uchraydi. Ular uchun
osoyishta holatda bo‘lish bajarib bo‘lmaydigan darajada qiyindir. Jamoaviy o‘yinda
o‘z navbatlarini kutib turmaydilar, tanaffussiz harakatlarga intiladilar. Muskullar
tonusi bir qancha tarang, o‘yinga yuqor hayajonli munosabat kuzatiladi. Chopish va
sakrash ularni kuchli ta’sirlantiradi. Faollik haddan tashqari yuqori: boshqalar uchun
ham bajarishga tayyorlar, begona o‘yinga aralashib ketadilar, tajovuzkor harakatlar
ko‘rsatadilar, rahbarlik rolini olishga intiladilar. Bunday bolalar bilan ishlash uzoq
davom etadi, natijasi har doim ijobiy emas.
M.F.Bruns “korrelyatsion gimnastika duduqlanish shakli bilan muvofiq ish
tutishi kerak” deb ta’kidlab, duduqlanish shakllari (tonik va klonik) o‘rtasidagi
korrelyatsiya va motorika xususiyatlarini ko‘rsatadi.
B.I.Shostak bir qism bolalarda til harakatining cheklanganligi, muskullar tonusi, mayda
motorika, boshqa yo‘lga o‘tish, muvofiqlashuv, harakatlar tempi, harakatlarni statik va dinamik
muvofiqligining buzilganligini aniqladi. U ma’lum qilgan bu buzilishlarni duduqlanadiganlarda
katta ikkilanish va o‘zgaruvchan tonus bilan tasdiqlangan ko‘p hollarda tezlatish g‘oyasining
borligi harakatlar tempi xarakterida namoyon bo‘ladigan hissiy-iroda doirasining holati bilan
bog‘ladi.
G.A.Volkovaning
6
tadqiqotlarida, 4-7 yoshdagi ba’zi duduqlanadigan
bolalarda motorika buzilmagan, lekin ko‘pchilik bolalarda esa umumiy motorika,
qo‘llarning nozik, erkin motorikasi, mimikali muskullar va oral praksisning har xil va
ko‘pgina buzilishlari bo‘lishi ko‘rsatilgan. Umumiy motor tarangligi, tanglik, o‘tishi
sekinlashgan harakatlar shaklidagi, bezovta harakatlanish, tormozlanib qolish,
muvofiqlashmaslik, harakatlar tartibsizligi shaklidagi buzilishlar ham bo‘ladi,
gipergenezlarning mavjudligida harakatlarni bajarishning keng ko‘lami bilan motor
funksiyasining buzilishi ustun keladi.
Keskin motorli bolalar logoped va o‘rtoqlarining nimanidir uzatib yuborish,
olib kelish to‘g‘risidagi iltimos va mulohazalariga darrov ta’sirlanmaydilar. Bitta
harakatdan boshqasiga shoshilmay o‘tadilar, harkatli o‘yinlarda koptok, chambarak
va boshqa narsalarni tushirib yuboradilar, ko‘p vaqtni bo‘linadigan materiallar bilan –
qurilish, minorali, bochkachali, matreshkali o‘yinlarga sarflaydilar. 4–5 yoshdagi
bolalarda motor tangligi qo‘pollikda, beso‘naqaylikda u yoki bu harakatni tez va
to‘g‘ri bajara olmaslikda ko‘rinadi. 5–6, 6–7 yoshdagi bolalarda motor tarangligi
duduqlanish bilan ancha aniq bog‘lanadi va o‘z harakatlarini ta’riflab berishga harakat
qilishda ko‘rinadi. Duduqlanadigan bolalarning harakatlantiruvchi tormozlanishi
shularda ko‘rinadiki, ular oson hayajonlanadilar, o‘yin paytida behuda ovora
bo‘ladilar, sakraydilar, cho‘kka tushadilar, qo‘llarini silkitadilar, shular bilan o‘z
hayajonlarini ifoda etadilar. Harakatlari keskin, yetarlicha maqsadga qaratilmagan,
muvofiqlashtirilmagan, nozik erkin harakatlantiruvchi aktlar to‘xtalib shakllanadi,
harakatlar ko‘lami katta quloch yoyib ketadi. O‘yindan keyin bolalar uning oqimi va
natijalarini
muhokama
qilishga
urinib,
uning
borishini
qo‘pgina
muvofiqlashtirilmagan harakatlarda eslaydilar.
4-7 yoshdagi duduqlanadigan bolalarning yarmiga bir-biridan ajralmaydigan
juda turli harakatlar xos.
G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, ilk yoshdagi bolalarda
harakatlantiruvchi analizatorning yetilishidagi notekislik klinik ko‘rsatiladigan
6
Волкова Г.А. Коррекционная работа с заикающимися детьми дошкольного возраста по системе игр //
Педагогические пути устранения речевых нарушений у детей. – Л., 1976. – С. 26-58.
motorikaning turli buzilishlarida bo‘ladi. Duduqlanadigan bolalardagi anamnestik
malumotlar tadqiqotini yaxshi gapiradigan bolalar ma’lumoti bilan solishtirilganda
bolalarda duduqlanish paydo bo‘lguniga qadar motor funksiyasining shakllanishida
ancha ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘lganligini anglash imkonini beradi. 2
yoshidan to hayotining 4-yili davomida duduqlanadigan bolalarda vazifalarni
bajarishda sifatli farqlar belgilanmaydi. Ularda ko‘pgina aniqlangan buzilishlarda
ontogenezning birmuncha kech bosqichlarida motor funksiyasini takomillashtiruvchi
yosh dinamikasi yetarlicha aniqlanmagan. G.A.Volkova ishlab chiqqan o‘yin faoliyati
metodikasi maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar hulqi va nutqiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi va motor buzilishlarini bartaraf qilishga imkon beradi.
Duduqlanadigan
bolalarda
motorli
chetga
chiqishlar
diqqatning
o‘zgaruvchanligi, epchil o‘tishning yetarli emasligi, bolaning yuqori hayajonlanishi
yoki uning tormozlanishi kabi psixik jarayonlarga bog‘liqligi ancha tez hosil bo‘ladi
7
.
O‘rta va katta maktab yoshidagi duduqlanadiganlarda ritm, muvofiqlashish
va harakatlarning o‘tishini his qilish tadqiqotlari ko‘rsatadiki, duduqlanish darajasi
qancha yuqori bo‘lsa, motorikaning buzilishi o‘shancha ko‘p ifodalanadi
8
.
Yengil darajadagi duduqlanishi bo‘lgan o‘quvchilarda harakatlarni muvofiqlashtirish
ko‘proq darajada va harakatlarning o‘tishi va ritmni his qilish ancha kamroq darajada
yetishmaydi. O‘rta darajadagi duduqlanishda ritmni his qilish va harakatlarning o‘tishi ancha
pasayadi. Og‘ir darajadagi duduqlanishda harakatlarning o‘tishi hammadan ko‘p yetishmaydi,
ritmni his qilishning buzilishi esa harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan
tenglashtiriladi.
Motorika atrofidagi buzilishlarning asosiy foizi talvasaning tonik xilidagi
duduqlanadiganlarga tushadi. O‘g‘il bolalarda ko‘proq ritmni his qilish va harakatlar
muvofiqligi, qiz bolalarda esa harakatlarning o‘tishi yetishmaydi.
Shunday qilib, motorika buzilishining darajasi duduqlanish darajasining
og‘irligiga mutanosib ravishda ekan. Lekin o‘g‘il bolalarda va qizlarda bu buzilishlar
turlicha. Motorika va nutq holatining yaxshilanishi logoritmik mashg‘ulotlar
jarayonida deyarlik bir biri bilan teng ravishda sodir bo‘ladi. Nutq bilan uzviy
bog‘langan umumiy motorika keyingisiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanadiganlar
nutqini
qayta
tarbiyalashdagi
qiyinchiliklar
motorikani
korreksiyalashdagi
qiyinchiliklar bilan mahkam chirmashib ketadi. Agar motor buzilishlari
7
Тугова Н.А. Воспитание внимания у заикающихся детей на уроках ритмики // Дефектология. 1970. № 6 – С.60-
64.
8
Дресвянников В.И. Ососбенности моторики заикающихся школьников 6-8 классов // Расстройства речи и
методы их устранения. – М., 1975. – С. 157.
muvaffaqiyatli korreksiyalansa, unda bu nutqni qayta tarbiyalashdagi ijobiy ma’lumot
bo‘ladi.
Duduqlanadigan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘quvchilar motorikasi
tadqiqotlarining tahlili bolalarning motor holatlarini baholash mezonlarining rang-
barangliligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar duduqlanadiganlar motorikasini baholash
mezonlari sifatida duduqlanish shaklini, namoyon qilishning og‘irligi, harakatlar
tempi, hissiyotli-iroda doirasining buzilishi, o‘yin vaziyatlaridagi xulqdan
foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |