Logopedik ritmika


Ma’lumotli ma’ruzani texnologik kartasi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

Ma’lumotli ma’ruzani texnologik kartasi 
Ish bosqichlari va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchi 
Talaba 

bosqich 
o‘quv 
mashg‘ulotiga kirish - 
da’vat 
bosqichi 
(10 
minut) 
1.1 
Mavzuning 
nomlanishi, maqsad va 
kutilayotgan 
natijalarini 
bayon etilishi. 
1.1Tinglashadi, 
yozib 
borishadi. 
II 
bosqich 
Asosiy 

anglash 
bosqichi 
(50 
minut) 
2.1 Mavzu rejasi va 
asosiy tushunchalari bilan 
tanishtiriladi. (1-ilova) 
2.2. 
Duduqlanishni 
bartaraf etishda kompleks 
2.1Tinglaydilar, savol -
javoblarda 
ishtirok 
etshiadi. 


yondashuv. “Klaster ” 
texnologiyasi (2-ilova)
 
2.3 
Taqdimot 
texnologiyasi yordamida 
asosiy 
nazariy 
ma’lumotlarni 
bayon 
etadi.
Kichik guruhlarda ishlash 
davomidja 
tinglovchiga 
kartochkalar tarqatiladi. 
(3-ilova) 
2.4. 
Guruhlarning 
taqdimoti tinglanadi. 
2.2Taqdim 
etilayotgan 
slaydlar asosida muxrm 
chizma va jadvallarni o‘z 
daftarlariga 
qayd 
etib 
borishadi. 
2.3Tarqatilagan 
kartochkalarga tinglovchi 
javob beradilar. 
III bosqich yakuniy - 
fikrlash 
bosqichi 
(20 
minut) 
3.1 "FSMU” strategiyasi 
orqali 
berilgan 
tushunchalar 
umumlashtiriladi, 
guruxlarga bo‘linadi. (4-
ilova)
3.1Topshiriqni 
yozib 
olishadi. 
Mavzu-3: Duduqlanishni bartaraf etishda kompleks tibbiy tadbirlardagi 
psixologik-pedagogik ish tizimidagi logopedik ritmika 
Reja: 


1. Duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logiritmik mashg‘ulotlarning 
mazmuni 
2. Maktabgacha kichik va o‘rta maktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda 
motorli xissiy-irodaviy doiralarni va ihtiyoriy xulqning buzilishi 
3. Duduqlanuvchilarda korreksion ish bosqichiga logiritmik ta’sirning 
bog‘liqligi 
 
 
 
Adabiyotlar. 
1. L.I. Belyakova, Ye.A. Dyakova “Logopediya Zaikanie” (Xrestomatiya) M-
Eksmo-Press. 2001 g. 
2. G.A. Volkova. Logopedicheskaya ritmika. Moskva «Prosveщenie» 2003 god. 
3. M.Yu. Ayupova. Logopediya. Toshkent 2007 yil. 
4. X.M. Pulatova. Logopedik ritmika (ma’ruza matni). Toshkent 2011 yil. 
 
Duduqlanadiganlar 
bilan 
korreksion 
ishda 
logopedik 
ritmikadan 
foydalanishga quyidagi holatlar sabab bo‘ladi.
Nutq funksiyasi bilan uning harakatlantiruvchi, bajaruvchi komponetlari va 
umumiy harakatlantiruvchi tizimi o‘rtasida mahkam funksional aloqa bo‘ladi. 
Odamning odatdagi nutqi ko‘pgina paydo bo‘lgan markaziy kelishilgan ish bilan 
ta’minlanadi. Bosh miya po‘stlog‘ini muayyan qismining shikastlanishi uning u yoki 
bu nutq funksiyasi tomonlari bilan aloqasini ochib beradi. Shikastlanish Brok 
qismiga qanchalik yaqin joylashgan bo‘lsa, shunchalik ko‘p darajada nutqning motor 
komponentlari buziladi. Vazifa me’yorda amalga oshishi uchun, shu jumladan nutqiy, 
vaqt oralig‘ida, tezlikda, harakatlar ritmida va alohida reaksiyalarni bajarish 
muddatlarida bog‘lanish zarur. Lekin bog‘lanishga faqat nutq funksional tizimining 
oliy po‘stloq bo‘limlari emas, balki miyachali (hiqildoq, bosh, bo‘yin, yelka 
muskullarini o‘rnatish) va cho‘zinchoq miyada joylashgan bo‘limlar (nafas 


muskullarini tartibga solish), hamda ichkaridagi boshqa tuzilishlar tegishli bo‘ladi. 
Demak, vaqtda bog‘lanish, harakatlar tezligi va ritmining ahamiyati og‘ir funksional
nutq tizimining alohida komponentlari bo‘limlarining kelishilgan ish uchun muhim 
sharti hisoblanadi va bu komponentlar faoliyatining vaqtda muvofiqlashmasligi nutq 
buzilishining funksional sababi bo‘lishi mumkin. Bu qarashning haqqoniyligi juda 
mashhur bo‘lgan fakt bilan tasdiqlanadi, duduqlanayotganning nutq ritmini har 
qanday o‘zgarishlarida (o‘qish, deklamatsiya) duduqlanish kamayadi; nutq paytida 
taktni qo‘l bilan qaytarishda ham duduqlanayotgan nutqining entikishi kamayadi 
yoki oldi olinadi. Metronomning ritmik sado berishidan foydalanish duduqlanayotgan 
nutqini to‘g‘rilashning samarali vositasi hisoblanadi. Nutqning markaziy asab 
mexanizmlari ritm datchikiga muhtojlik his qilganidek, asab jarayonlarida o‘tishning 
doimiy tempiga ko‘maklashadi. 
I.V.Danilov va I.M.Cherepanov
5
«ritm datchigi» taklif qilayotgan templar 
klonik va tonik shakllarda duduqlanayotganlarda turlicha diapazonda bo‘lishi kerak 
deb hisoblaydilar. Bu fakt bu guruhlarda asab jarayonlarining o‘tish tempi turlicha 
deb tasdiqlaydi. Bu turli-tumanlik asosida buzilishlarning asosiy bo‘g‘inini oldini 
olishning lokalizatsiyalashning turli bosqichlari yotadi. Klonik duduqlanadigan 
kasalllarda bosh miya po‘stlog‘ining darajasi belgilovchi hisoblanadi, tonik 
shakldagilarda esa miya ichkarisidagi tuzilishlari darajasining buzilishlari ancha 
muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, asab markazlarining ancha lablangan po‘stlog‘i 
uchun juda baland ritmlar (duduqlanishning klonik shaklida), funksional ancha 
harakatsiz ichkaridagi tuzilishlar uchun – ancha past ritmlar (duduqlanishning tonik 
shaklida) zarur. Biroq bu savol chuqur o‘rganishni talab etadi.
Duduqlanadiganlarning nutq funksiyasiga ritmikani qattiq bog‘lash orqali 
metronom yordamida ta’sir etish mumkinligiga tadqiqotchilarning e’tiborini jalb 
etadi. F. Fransella (1965), R. Beech (1967) katta yoshdagi duduqlanadiganlar nutqini 
sado berayotgan metronom ritmiga ergashish sharoitida va uning artimik chertkilarni 
uzatgan vaqtida o‘rgandilar. Birinchi hodisada duduqlanish darajasining kamayishi 
yaqqol ifodalangan o‘rni ko‘rindi, tovush signallarini aritmik uzatishda esa nutq 
funksiyasining yaxshilanishi kuzatilmadi. R.Beech duduqlanadiganlarga ritmik ta’sir 
etish usuli ritmni qattiq bog‘lash bilan davolashning samarali usulidir deb hisoblaydi.
R.Beechning fikricha, duduqlanadiganlar harakatlanish doirasida qandaydir 
kamchiliklar bilan qiynaladilar va ritmni qattiq bog‘lash esa bu kamchiliklar o‘rnini 
to‘ldirishga imkon beradi. 
5
Данилов И.В., Черепанов И.М. Патофизиология логоневрозов. – Л., 1970. – С. 109–120.


V.A.Griner va Yu.A.Florenskiylarning fikricha, nutqning hayajonli tomoni 
umumiy psixomotorikaning affektiv ifodalari bilan zich bog‘langan. U xuddi nutq 
so‘zlayotgan yuzni tasavvur qiladi va uning dinamik sifatlarida o‘zining ifodasini 
oladi: ritmda, metrda, kuyda, pauzada, tempda va boshqalar. Shunday qilib, 
E.Freshelsning ta’kidlashicha, talaffuz qilish usuliga, ya’ni so‘zlarning o‘zaro 
dinamik nisbatiga bog‘liq bo‘lgan to‘rtta so‘zdan tuzilgan iboradan to‘rtta turli xil
ma’noni olish mumkin. Tashqi nutq harakat yonida vaqtda taqsimlangan, muayyan 
tartibda, birgalikda va ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi. Harakatlanish shaklini ifoda 
qiladigan, u shu bilan birga o‘zini faqat grammatika, sintaksis va semantika
qonunlarigagina emas, balki fonetika qonunlariga ham bo‘ysundiradi, ular esa nafaqat 
tashqi bezatish atrofini qamrab oladi, balki mazmunni to‘g‘ri uzatishga ta’sir qiluvchi 
muhim dinamik tuzilish jihatlaridan biri ham bo‘ladi. Ma’nodan tashqari mantiqiy 
urg‘ular: ohangning balandligini ko‘tarishda, tovushni sekinlashishi va turlanishida 
fonetik ifodalanadi. Nutq uzunligi, kuchi, sifati, aniqligi bilan ega bo‘ladi. Pauza ham 
o‘zining uzunligi va aniqligiga ega bo‘ladi hamda faol tormozlanish jarayonini ifoda 
etadi. Iborada o‘ziga xos mazmunni oshiradigan musiqa bo‘ladi. Bunga ritm va kuy 
kabi nutqning musiqiy belgilari imkon beradi. Ma’lumki, duduqlanadiganlarning 
nutqi topshirilgan tashqi ritmda saqlanadi (she’r, qo‘shiq), undan tayanch qabul qiladi 
va muvozanatni tiklaydi, ya’ni duduqlanish yo‘qoladi. 
Davolovchi va logopedik ritmika o‘z tizimi asosida ritm tushunchasini tashkil 
qiluvchi va tartiblilikning boshi sifatida har qanday harakatni muayyan shaklga 
sig‘diruvchi va kasalning xulqini tartibga soluvchi bo‘ladi. Logopedik gimnastika, 
ritmika mashg‘ulotlari paytida duduqlanadiganlar oladigan o‘rtacha jismoniy ish bilan 
bandlik asab jarayonlarini hayajonlantiradi, unumli samara beradi. 
Duduqlanadiganlar uchun ayniqsa musiqali ritm maqsadga muvofiq, ya’ni u 
boy amaliy material beradi, jamoani follashtiradi, uning hissiyotli va irodali sohasida 
sog‘lomlashtirish ishining katta ahamiyati bor. Ritm faqat harakatni tartibga 
solmaydi, balki so‘zni, tempni va nutqning dinamik xususiyatlarini boshqaradi. 
Musiqali frazirovka (gapirganda yoki musiqa chalganda muhim joylarini aniq va 
ravshan aytish va chalish) va nyuansirovka, pauza va urg‘ular ham nutqda o‘z aksini 
topadi. Logopedik ritmika bilan jamovaiy mashg‘ulotlar duduqlanadiganlarda o‘z 
nuqsonlariga bo‘lgan munosabatni qayta tarbiyalashga imkon beradi, atrofdagilar 
bilan o‘zaro munosabatda yangi, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqni, ular bilan nutqiy munosabatni
shakllantiradi. Logoritmik mashg‘ulotlar duduqlanadiganlarni har xil vaziyatlarga 
solib qo‘yishi mumkin: bir o‘zi butun jamoaga qarshi turadi, jamoani guruhlarga 


bo‘lib tashlaydi va boshqalar, ya’ni nutqda harakatli shaklda turli ijtimoiy rollarni 
o‘ynash ehtimolini beradi, faol, tashabbuskor hulqda tasdiqlanadi.
Logopedik ritmika duduqlanuvchi shaxsiga katta psixoterapevtik ta’sir 
o‘tkazadi, uning ijobiy tomonlarini rivojlantirishga va salbiylarini tekislashga 
ko‘maklashadi. Mashug‘ulotlarni psixoortopedik yo‘nalishda to‘g‘ri olib borish 
shaxsiy chetga chiqishlarni korreksiyalashga va erkin, boshqariladigan xulqni 
tarbiyalashga imkon beradi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish