Logopedik ritmika


Harakat va nutqning ritm xarakteri bilan bog‘liqligi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

 Harakat va nutqning ritm xarakteri bilan bog‘liqligi
. Harakat va 
nutqda forte hamda piano ni ko‘rsatish: iboralarni baland va pichirlab talaffuz qilish 
va baland ovozda sanash.
Crescendo va diminuendo ning nutq va harakatda kuchayadigan yoki tinchib 
qoladigan musiqali ritm bilan bog‘liqligi: sanoq va tovushni kuchaytirish bilan asta-
sekin qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish va tovushni pasaytirish va teskari tartib bilan sekin-
asta tushirish.
Nutqning mantiqiy ma’nosi va qo‘lning aynan harakati bilan bog‘liq bo‘lgan 
muayyan so‘z ta’kidlanadi, ya’ni urg‘u: «Menga koptokni ber. Menga koptokni ber. 
Menga koptokni ber». 
Pauza mazmunini faollik, to‘yinganlik bilan tarbiyalash. Dudqlanadiganlar 
matnni baland ovozda talaffuz qiladilar va qadam tashlaydilar, signal bo‘yicha 
to‘xtaydilar va matnni o‘sha tempda keyingi signalgacha hayolan davom ettiradilar, 
keyin yana qadam tashlaydilar va signal tutib qolgan so‘zdan baland gapiradilar. 
2/4, 3/4, 4/4 miqdorida dirijyorlik qilish mashqlari ohangdosh vositasi 
sifatida. Duduqlanadigan bir bola dirijyorlik qiladi, tovushning kuchayishi va 
pasayishini o‘z harakatlari bilan ifoda etadi boshqalar esa dirijyorning ko‘rsatmalariga 
rioya qilib baland, past ovozda sanaydilar.
IV.
 
Harakatlantiruvchi nutqli vazifalarda botirlik, dadillik, hujumkorlik 
amaliyoti
. Ikki ko‘rinishdagi vazifa taklif qilinadi: 1) musiqa bilan bog‘liq so‘zni 
vaqtda taqsimlashni uddalashga, masalan, chapga, o‘ngga qadam tashlash, teskari 
tomonga aylanish, joyida chapak chalish. Duduqlanadiganning o‘zi harakatni va 
yo‘nalishni o‘zgartirishi uchun so‘z bilan signallar berib guruhga rahbarlik qiladi; 2)
o‘zini nutq muloqotida ko‘rsatish imkonini beruvchi musiqa bilan bog‘lanmagan. 
Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg‘ulotlarning o‘ziga 
xos xususiyati mashg‘ulotlarning zarurligini anglash darajasining va harakatlarni 
mustaqil 
bajarishning 
yuqoriligidan 
iborat 
bo‘ladi. 
Katta 
yoshdagi 
duduqlanadiganlarning uyda musiqa ostida mustaqil mashq qilishlari katta ahamiyat 


kasb etadi (magnitofon yozuvlari). Fikrni ifoda etish uchun aynan pantomimo 
harakatlari to‘plamining, qomatning, harakatning nafisligi ustidan doimiy nazorat 
amalga oshiriladi. Oyna oldida turib tasavvurdagi holat bilan bog‘langan harakatni 
nutq bilan bajarish foydali. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar musiqa jo‘rligida yoki 
usiz sahna etyudlarini ijro etadilar. Uyda ishlab bo‘lingan etyudlar jamoaviy 
mashg‘ulotlarda ko‘rsatiladi. Ko‘rilgan yoki ko‘rsatilganlari xususida jamaoaviy fikr 
almashuvi yoki ikkitadan bo‘lib keyingi munozaralar kelib chiqadi. 
Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ritmika ishida Ye.V.Oganesyan 
ishlab chiqqan usullardan foydalanish mumkin. Asabiy duduqlanadigan bemorlar 
uchun logoritmikaga muskullar tonusini me’yorlashtirishga, jismoniy kuch va 
chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya belgilarini kiritish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu bemorlarga uzoq davom etadigan harakatlantiruvchi 
vazifalardan harakatlantiruvchi nutqli mashqlarga, keyin esa musiqa yordamida yoki 
usiz faqat nutqli mashqlarga o‘tish uchun motor mashqlari kerak emas. Ularda 
musiqali-ritmik qobiliyatning yuqori rivojlanganligi temp va ritmni o‘zgartirib 
kiritishga, vazifalarni tez murakkablashtirishga imkon beradi. Asabiy duduqlanishda 
harakatlantiruvchi nutq stereotipining saqlanganligi talab qilinadi, logopedik ritmika 
mashg‘ulotlari duduqlanadiganlarning diqqatini shaxsiy nutq jarayonidan ritm va 
tempda o‘zgarib turadigan ritmik harakatlarga o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. Bunda nutqli va harakatli ta’sirlarning turli uyg‘unliklarini yetarlicha kiritish 
mumkin bo‘lib qoladi. 
Asabiy duduqlanishga o‘xshashlikda harakat funksiyasining o‘ziga xos 
xususiyati logopedik ritmika tizimiga maxsus usullarni kiritishni talab qiladi. Shuning 
uchun asabiy duduqlanishga o‘xshashlikda harakatning hamma bosqichlari 
ko‘tariladi, bu bemorlarda markaziy asab tizimi bilan bog‘langan buzilgan yoki 
bo‘lmagan harakat funksiyalarini shakllantirish zarur. Bunda tiklash jarayonini 
saqlangan harakatlar tayanchi bilan qurish zarur. Bemorda musiqaning ritmi va 
tempida muvofiqlashgan va ritmik harakatlar aniqligini ishlab chiqish, umumiy
motor faoliyatini tashkil qilish, musiqiy-ritmik qobiliyatni rivojlantirish zarur. Mashq 
qilishni oddiy ritm va mashqlar bilan boshlash, faqat oldingi mashqlarni to‘la 
egallagandan so‘ng asta-sekin boshqa turdagi mashqlarga o‘tish mumkin. O‘rgatish 
jarayonida ko‘rgazmali namunalardan iloji boricha ko‘p foydalanish va qo‘llanmani 
butunlay egallaguncha takrorlash zarur.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish