2)
2–3 yoshdagi bolaning tez o‘suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga
duchor bo‘ladi. Shuning uchun yelka kamarida haddan oshgan kuchlanishda va uzoq
vaqt statik holatida turish bilan bog‘liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak;
3)
2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional
tashkil topishi va rivojlanishida katta o‘rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik
mashg‘ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg‘otishi kerak.
Qo‘llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko‘taradi, motor va psixik tanglikni
oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag‘batlantiradi va
muloqotni yengillashtiradi.
Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish
kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan
tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi:
dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo‘naltirilish, ya’ni nutqning asosiy
funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot,
kechinma yoki qo‘shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo‘llaydilar. Harakat bolalarda
ko‘pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi,
yoki yordam so‘raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va
boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va
grammatik xususiyatlari tug‘iladi: fe’llarning ko‘p sonli buyruq mayli bilan bog‘liqligi, o‘z
fikrini aytish buyruq yoki so‘roq xarakterida, iltimos ko‘rinishidan iborat bo‘ladi.
Odatda, duduqlanish paydo bo‘lishi bilan ko‘pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi,
nutqi va xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan
bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning,
tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik
rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha 2–3 yoshdagi
duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko‘nikmalarining rivojlanishi va
avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan
muvofiqlikda beriladi):
1)
narsani ushlab olish va uni qo‘lda uzoq tutib turish;
2)
“Ladushki”, “Hakka” o‘yinidagi kabi qo‘l barmoqlari va panjaning harakati;
3)
qoshiqdan foydalanish;
4)
yurishni egallash;
5)
qurilish materiali bilan o‘yinlarda ketma-ket harakatlar yonida.
Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat
ko‘rsatadi. Ko‘pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez
ta’sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta’sirlari. Ko‘p bolalar yig‘loqi. Ko‘pchiligi uchun
hatto yaxshi ko‘rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos.
Logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda
o‘tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: