Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

To‘rtinchisi
– tez tempda ishlab chiqiladigan bemaqsad serob harakatlar bilan 
motorli tez ta’sirlanadigan bolalar. Bunday bolalar kamdan kam uchraydi. Ular uchun 
osoyishta holatda bo‘lish bajarib bo‘lmaydigan darajada qiyindir. Jamoaviy o‘yinda 
o‘z navbatlarini kutib turmaydilar, tanaffussiz harakatlarga intiladilar. Muskullar 
tonusi bir qancha tarang, o‘yinga yuqor hayajonli munosabat kuzatiladi. Chopish va 
sakrash ularni kuchli ta’sirlantiradi. Faollik haddan tashqari yuqori: boshqalar uchun 
ham bajarishga tayyorlar, begona o‘yinga aralashib ketadilar, tajovuzkor harakatlar 
ko‘rsatadilar, rahbarlik rolini olishga intiladilar. Bunday bolalar bilan ishlash uzoq 
davom etadi, natijasi har doim ijobiy emas. 
M.F.Bruns “korrelyatsion gimnastika duduqlanish shakli bilan muvofiq ish 
tutishi kerak” deb ta’kidlab, duduqlanish shakllari (tonik va klonik) o‘rtasidagi 
korrelyatsiya va motorika xususiyatlarini ko‘rsatadi.


B.I.Shostak bir qism bolalarda til harakatining cheklanganligi, muskullar tonusi, mayda 
motorika, boshqa yo‘lga o‘tish, muvofiqlashuv, harakatlar tempi, harakatlarni statik va dinamik
muvofiqligining buzilganligini aniqladi. U ma’lum qilgan bu buzilishlarni duduqlanadiganlarda 
katta ikkilanish va o‘zgaruvchan tonus bilan tasdiqlangan ko‘p hollarda tezlatish g‘oyasining 
borligi harakatlar tempi xarakterida namoyon bo‘ladigan hissiy-iroda doirasining holati bilan 
bog‘ladi.
G.A.Volkovaning
6
tadqiqotlarida, 4-7 yoshdagi ba’zi duduqlanadigan 
bolalarda motorika buzilmagan, lekin ko‘pchilik bolalarda esa umumiy motorika, 
qo‘llarning nozik, erkin motorikasi, mimikali muskullar va oral praksisning har xil va 
ko‘pgina buzilishlari bo‘lishi ko‘rsatilgan. Umumiy motor tarangligi, tanglik, o‘tishi 
sekinlashgan harakatlar shaklidagi, bezovta harakatlanish, tormozlanib qolish, 
muvofiqlashmaslik, harakatlar tartibsizligi shaklidagi buzilishlar ham bo‘ladi, 
gipergenezlarning mavjudligida harakatlarni bajarishning keng ko‘lami bilan motor 
funksiyasining buzilishi ustun keladi. 
Keskin motorli bolalar logoped va o‘rtoqlarining nimanidir uzatib yuborish, 
olib kelish to‘g‘risidagi iltimos va mulohazalariga darrov ta’sirlanmaydilar. Bitta 
harakatdan boshqasiga shoshilmay o‘tadilar, harkatli o‘yinlarda koptok, chambarak
va boshqa narsalarni tushirib yuboradilar, ko‘p vaqtni bo‘linadigan materiallar bilan – 
qurilish, minorali, bochkachali, matreshkali o‘yinlarga sarflaydilar. 4–5 yoshdagi 
bolalarda motor tangligi qo‘pollikda, beso‘naqaylikda u yoki bu harakatni tez va 
to‘g‘ri bajara olmaslikda ko‘rinadi. 5–6, 6–7 yoshdagi bolalarda motor tarangligi 
duduqlanish bilan ancha aniq bog‘lanadi va o‘z harakatlarini ta’riflab berishga harakat 
qilishda ko‘rinadi. Duduqlanadigan bolalarning harakatlantiruvchi tormozlanishi 
shularda ko‘rinadiki, ular oson hayajonlanadilar, o‘yin paytida behuda ovora 
bo‘ladilar, sakraydilar, cho‘kka tushadilar, qo‘llarini silkitadilar, shular bilan o‘z 
hayajonlarini ifoda etadilar. Harakatlari keskin, yetarlicha maqsadga qaratilmagan, 
muvofiqlashtirilmagan, nozik erkin harakatlantiruvchi aktlar to‘xtalib shakllanadi, 
harakatlar ko‘lami katta quloch yoyib ketadi. O‘yindan keyin bolalar uning oqimi va 
natijalarini 
muhokama 
qilishga 
urinib, 
uning 
borishini 
qo‘pgina 
muvofiqlashtirilmagan harakatlarda eslaydilar.
4-7 yoshdagi duduqlanadigan bolalarning yarmiga bir-biridan ajralmaydigan 
juda turli harakatlar xos.
G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, ilk yoshdagi bolalarda 
harakatlantiruvchi analizatorning yetilishidagi notekislik klinik ko‘rsatiladigan 
6
Волкова Г.А. Коррекционная работа с заикающимися детьми дошкольного возраста по системе игр // 
Педагогические пути устранения речевых нарушений у детей. – Л., 1976. – С. 26-58. 


motorikaning turli buzilishlarida bo‘ladi. Duduqlanadigan bolalardagi anamnestik 
malumotlar tadqiqotini yaxshi gapiradigan bolalar ma’lumoti bilan solishtirilganda 
bolalarda duduqlanish paydo bo‘lguniga qadar motor funksiyasining shakllanishida 
ancha ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘lganligini anglash imkonini beradi. 2 
yoshidan to hayotining 4-yili davomida duduqlanadigan bolalarda vazifalarni 
bajarishda sifatli farqlar belgilanmaydi. Ularda ko‘pgina aniqlangan buzilishlarda 
ontogenezning birmuncha kech bosqichlarida motor funksiyasini takomillashtiruvchi 
yosh dinamikasi yetarlicha aniqlanmagan. G.A.Volkova ishlab chiqqan o‘yin faoliyati 
metodikasi maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar hulqi va nutqiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi va motor buzilishlarini bartaraf qilishga imkon beradi.
Duduqlanadigan 
bolalarda 
motorli 
chetga 
chiqishlar 
diqqatning 
o‘zgaruvchanligi, epchil o‘tishning yetarli emasligi, bolaning yuqori hayajonlanishi 
yoki uning tormozlanishi kabi psixik jarayonlarga bog‘liqligi ancha tez hosil bo‘ladi
7

O‘rta va katta maktab yoshidagi duduqlanadiganlarda ritm, muvofiqlashish
va harakatlarning o‘tishini his qilish tadqiqotlari ko‘rsatadiki, duduqlanish darajasi 
qancha yuqori bo‘lsa, motorikaning buzilishi o‘shancha ko‘p ifodalanadi
8

Yengil darajadagi duduqlanishi bo‘lgan o‘quvchilarda harakatlarni muvofiqlashtirish 
ko‘proq darajada va harakatlarning o‘tishi va ritmni his qilish ancha kamroq darajada 
yetishmaydi. O‘rta darajadagi duduqlanishda ritmni his qilish va harakatlarning o‘tishi ancha 
pasayadi. Og‘ir darajadagi duduqlanishda harakatlarning o‘tishi hammadan ko‘p yetishmaydi, 
ritmni his qilishning buzilishi esa harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi bilan 
tenglashtiriladi.
Motorika atrofidagi buzilishlarning asosiy foizi talvasaning tonik xilidagi 
duduqlanadiganlarga tushadi. O‘g‘il bolalarda ko‘proq ritmni his qilish va harakatlar 
muvofiqligi, qiz bolalarda esa harakatlarning o‘tishi yetishmaydi.
Shunday qilib, motorika buzilishining darajasi duduqlanish darajasining 
og‘irligiga mutanosib ravishda ekan. Lekin o‘g‘il bolalarda va qizlarda bu buzilishlar 
turlicha. Motorika va nutq holatining yaxshilanishi logoritmik mashg‘ulotlar 
jarayonida deyarlik bir biri bilan teng ravishda sodir bo‘ladi. Nutq bilan uzviy 
bog‘langan umumiy motorika keyingisiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanadiganlar 
nutqini 
qayta 
tarbiyalashdagi 
qiyinchiliklar 
motorikani 
korreksiyalashdagi 
qiyinchiliklar bilan mahkam chirmashib ketadi. Agar motor buzilishlari 
7
Тугова Н.А. Воспитание внимания у заикающихся детей на уроках ритмики // Дефектология. 1970. № 6 – С.60-
64. 
8
Дресвянников В.И. Ососбенности моторики заикающихся школьников 6-8 классов // Расстройства речи и 
методы их устранения. – М., 1975. – С. 157. 


muvaffaqiyatli korreksiyalansa, unda bu nutqni qayta tarbiyalashdagi ijobiy ma’lumot 
bo‘ladi.
Duduqlanadigan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘quvchilar motorikasi 
tadqiqotlarining tahlili bolalarning motor holatlarini baholash mezonlarining rang-
barangliligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar duduqlanadiganlar motorikasini baholash 
mezonlari sifatida duduqlanish shaklini, namoyon qilishning og‘irligi, harakatlar
tempi, hissiyotli-iroda doirasining buzilishi, o‘yin vaziyatlaridagi xulqdan 
foydalandilar.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish