Harakat ko‘nikmalari



Download 49,26 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi49,26 Kb.
#825997
Bog'liq
Презентация1


Harakatli mashqlarni harakat ko‘nikmasi va harakat malakalari bo‘lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar harakatlarni boshqaishning muayyan usullarini ifoda etadi.
Harakat ko‘nikmalari.
Kishida harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, jismoniy jixatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasini xal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida masalan (o‘yinda, yakkama – yakka kurashish va x.k.) da qatnashishni amalga oshirish uchun kishi ilgari xosil qilgan ko‘nikma va malakalardan jismoniy va manaviy, irodaviy sifatlardan ijodiy foydalana oladi. Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari – harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan xolatda boshqarish qobiliyatidir.
Harakat malakasi– bu faoliyatining shunday bajarish, qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo‘naltirib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarganisbiye’tibor bilan bajara olishdir.
Malakalarning o‘zaro ta’siri bir necha xil bo‘ladi: Malakani ijobiy-salbiy ko‘chishi (o‘tishi). Ijobiy ko‘chish malakalarning o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo‘lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga yordam beradi. Jumladan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o‘qitish natijasida va avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldingi shakllanganlarining tuzilishi jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Harakatlarga o‘rgatish bosqichlari
 
O‘rgatish jarayonining umumiy yo‘nalishi mashq texnikasi negizini va uning variantlarini (mashq negizi puxta egallangandan keyin) mustahkam o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘rgatish jismoniy sifatlarning, avvalo, chaqqonlikning rivojlanib borishi bilan bir vaqtda davom etadi. Dastlabki o‘rgatish bosqichi
O‘rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O‘rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o‘zlashtirib olishi kerak.
Chuqurlashtirilgan o‘rgatish bosqichi va bosqichning maqsadi.
Ilgari hosil qilingan "qo’pol" texnika ko‘nikmalarini aniqlashtirishdir. Dastlabki o‘rgatish jarayonida harakatlar shunday aniqlik bilan bajarilishi kerakki natijasida harakatko‘nikmasi harakat malakasiga aylanishi lozim. Agarda dastlabki o‘rgatish harakat texnika asosini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu chuqurlashtirilgan holda o‘rganiladi va uning detallari aniqlanadi.
Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy yo‘nalishiga bog‘liq holda, bu bosqichni davom ettirish har xil bo‘ladi. Bu bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakalarini rivojlantirishning 2 xil stadiyasini o‘z ichiga oladi:
1. Harakat malakasining asosiy varianti mustahkamlash stadiyasi;
2. Ko‘nikma va malakalarni qo‘shimcha variantda hosil bo‘lish stadiyasi. Birinchi stadiyada o‘rganilayotgan harakat texnikasining asosiy variantiga mos dinamik stereotip mustahkamlanadi.
Tezkorlik harakatini sezish rivojlanishining usluliyati
Harakatni sezish tezligi oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy sezish - avvaldan ma’lum bo‘lgan harakatni bajarish uchun kutilmagan xabar. Masalan kutilgan xabar bo‘yicha, yugurishga start berish, tez otish, ko‘krakdan yoki boshdan oshirib to‘p tashlash. Sezishning qolgan turi hammasi murakkabdir.
Sezish harakatining 3 ta bosqichi bor:
1.Sensorlik - xabar berilgan vaqtdan boshlab mushak faolli-gining birinchi belgilarigacha.
2. Premotorlik - harakat boshlangunga qadar mushakning elektr faolligining paydo bo‘lishi. Bu bosqich barqarorlashgan va 25-60 m/s ni tashkil qiladi.
3.Motorli - harakat boshlanishidan to tugaguncha davom etadi. Sensor va premotorli bosqich yashirin ta’sirning tarkibiy qism-larini hosil qiladi, motorlisi esa harakatni tashkil qiladi
Download 49,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish