Logopedik ritmika


H a r a k a t l a n u v ch a n m a l a k a



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

H a r a k a t l a n u v ch a n m a l a k a
harakatning tarkibiy qismlari va 
harakatlanuvchan vazifani hal qilish usullariga diqqatni ko‘tarinki jamlash bilan 
farqlanuvchi faoliyatning texnikasini egallash darajasi sifatida belgilanadi.
H a r a k a t l a n u v ch a n k o‘ n i k m a
– harakat texnikasini shunday 
egallash darajasiki, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda sodir bo‘ladi va 
harakat yuqori ishonchlilik bilan farqlanadi. Ishlab chiqilgan harakatlanuvchan 
malakaning mavjudligi harakatlanuvchan aktning butunlay anglashni yo‘q qilmaydi. 
Anglash qo‘yilgan harakatlanuvchan vazifani bajarish uchun, harakat ustidan nazorat 
va hatto ba’zi hollarda harakatlanuvchan vazifalarni bajarishda kutilmaganda 
o‘zgaruvchan sharoitga bog‘liq ravishda malakani qisman avtomatlashtirmaslik
uchun zarurdir. Harakatlanuvchan malakaning shakllanishi o‘zida birinchi va ustunlik 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ikkinchi signal tizimining o‘zaro ta’sirida dinamik 
stereotipning vujudga kelish jarayonini aks ettiradi. 
Psixomotor rivojlanish motor rivojlanish bilan mustahkam bog‘liqlikda 
boradi. Bu aloqa shunchalik kuchliki, psixik rivojlanishning buzilishi esa shunday 
ko‘p miqdorli va turli-tuman harakatlanuvchan buzilishlar bilan o‘zaro aloqalarni 
yuzaga keltiradiki, “psixomotor rivojlanish” ta’rifi faqat me’yordagiga emas, balki 
patologiyaga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlarida badanning harakati va turlicha 
hissiyotlar (ko‘rish, etishish, taktil, ta’m, muvozanat, kinestetik va boshqalar) ning 
anglanishi inson uchun atrofdagi dunyoni tanish vositasi hisoblanadi – bu intellektual 
bilishga qaraganda birmuncha elementar daraja. Psixomotor rivojlanish buzilishida 
turlicha modallikni his qilishning to‘liq bo‘lmagan va noto‘g‘ri his qilish tahlili 
amalga oshiriladi. Bitta analizator olib tashlash bilan bog‘liq ravishda qolganlarining 
sezgirligi pasayadi. Masalan, past aqli zaiflik bilan qiynaluvchi bolalar bilan ishlovchi 
shaxslar ko‘p e’tiborni bolalarning ushlab olishiga, maqsadli yo‘naltirilgan va 
ixtiyoriy harakatlarga, maqsadli yo‘naltirilgan artikulyatsion harakatlar va h.k. larga 
o‘rgatishga qaratadi. Kar va past eshituvchi bolalar bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar 
ularni yuzdan o‘qishda ko‘zdan foydalanishni yoki unli va undosh tovushlarning 
to‘g‘ri artikulyatsiyasini o‘rgatadilar. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar bilan ishlaydigan 
pedagoglar patsientlar harakatlanuvchi turli yuzaliklarda va binoda mavjud bo‘lgan 
predmetlar, mebellar va h.k. larning joylashishiga harakatlanishga, qomatni ko‘ruvchi 
odamdan farq qilmaydigan holda tutishga, shuningdek, yuqori taktil qobiliyatni talab 
qiluvchi Brayl bo‘yicha o‘qishni, makon orientatsiyasi, harakatli nozik tuyg‘ularni 
egallashga moslashish malakasi va qobiliyatini ishlab chiqadilar.


Psixomotor rivojlanishi nisbatan me’yorda bo‘lgan bola bir necha bosqichni 
o‘taydi. 
Psixomotor 
rivojlanish 
predmetlar 
bilan 
maxsus 
bo‘lmagan 
manipulyatsiyadan boshlanadi va maqsadli yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan anglash 
hamda harakat yordamida haqqoniylikning bunyodga kelishi deb tushuniluvchi aqlli, 
anglangan faoliyatgacha davom etadi. Anglangan faoliyat shaxsiy tajribada bilib 
olgan 
predmetlar 
va 
ko‘rinishlarning 
muayyan 
miqdoriga, 
motorikani 
takomillashtirmaydigan va atrofdagi borliq ko‘rinishlariaro sabab-oqibatli aloqalarni 
bilishga tayanadi. Shaxsning psixomotor rivojlanishi jarayonida ongli faoliyatga bola 
rivojlanishi va faoliyatini takomillashtiruvchi ikkinchi signal tizimi qo‘shiladi.
Har bir harakat ma’lum bir ritmda sodir etiladi. Ritm (ohang) tushunchasi 
keng qamrovga ega va she’rga, proza, yurak nafas olish, tabiat, i shva h.k. larga 
nisbatan qo‘llaniladi. Ritm universal kosmik kategoriya sifatida ham yuzaga chiqadi. 
«Makon va vaqt mangu ritm qonuniga bo‘ysunuvchi materiya bilan to‘ldirilgan”, – 
deb yozgandi E.Jak-Dalkroz
1

Ritmning barcha ko‘rinishlariga mos tushadigan ta’rifini topish mushkul. 
“Ritm” tushunchasi ko‘pincha ko‘rinishlarning vaqtda almashinishi xususiyatlari 
bilan bog‘liq, biroq makon san’ati – balet, rassomlik, haykaltaroshlik, arxitekturaga 
nisbatan “makon ritmi” haqida ham gapirish mumkin. 
Ritmning asosiy belgisini birmuncha kamroq yoki ko‘proq takrorlashning 
qat’iy davriyligida ko‘rish qabul qilingan. Biroq vaqtinchalik san’atlarda, ya’ni “ritm” 
tushunchasi birmuncha yuqori rol o‘ynaydigan joyda bu belgi yo‘q bo‘lishi mumkin, 
masalan, spektakl, proza ritmi, ba’zida musiqa ritmi takrorlanishning davriyligi bilan 
xarakterlanmaydi.
Ritm ko‘p narsani o‘z ichiga oladigan tushuncha sifatida faqat bitta, noaniq 
belgisi bilan farqlanadi: bu predmetlar, ko‘rinishlar, jarayonlarning vaqtinchalik yoki 
makoniy tartibi. Psixolog B.M.Teplov ritm ba’zi bir muayyan jarayonni vaqtda tashkil 
etish deb hisoblaydi. Ritm bir-birining ketidan keluvchi u yoki bu guruh vaqt 
qatorining ba’zi bo‘linishlarini zaruriy shart sifatida ko‘zda tutadi. Ritm haqida 
faqatgina bir tekisda ketma-ket keluvchi qo‘zg‘atuvchilarning ma’lum bir guruhlarga 
bo‘linganidagina gapirishimiz mumkin, shu bilan birga, guruhlar bir xil (2-3 a’zodan 
va h.k.) yoki bir xil bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq har qanday guruh va vaqt 
qatorining bo‘linish ham ritmni hosil qilmaydi. Ritmik guruhning, albatta, umuman 
1
Жак-Далькроз Э. Ритм, ҳаёт учун ва санъат учун унинг тарбиявий аҳамияти: 6 
маъруза. – СПб., 1913. – 5-б.


ritmning majburiy sharti urg‘uning mavjudligi, ya’ni birmuncha kuchli va qandaydir 
ajralib turadigan qo‘zg‘atuvchiga munosabat hisoblanadi. Urg‘usiz ritm yo‘q. 
Shunday qilib, ritm urg‘u atrofida birlashuvchi guruhlarda qo‘zg‘atuvchining 
vaqtinchali ketma-ketligidagi qonuniy bo‘linmasidir.
Ritmni psixologik va pedagogik fanlar nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. 
Psixologik aspektda ritm – bu metroritm yoki shu so‘zni keng olganda ritmika. 
Masalan, metronomni tinglab odam bir xil ovozlar ketma-ketligini guruhlarga bo‘ladi, 
bunda u alohida tovushlarga urg‘u beradi, ya’ni ularni birmuncha baland ovozlarga 
ajratadi. O‘ziga xos “ritmni boshdan kechirish” yoki sub’ektiv ritmikalashtirish 
tug‘iladi. Sub’ekti ritmikalashtirishni sekinlatishning chegarasi Bolton bo‘yicha 
(1894) – bir daqiqada 38 ta udar, Setson bo‘yicha – daqiqasiga 40-20 udar, sub’ektiv 
ritmikalashtirishning tezligi chegarasi Bolton bo‘yicha – bir daqiqada 520 ta udar, 
Setson bo‘yicha – daqiqasiga 240-280 udar. Sub’ekti ritmikalashtirish uchun 
birmuncha qulay tezlik daqiqasiga 100 udardan 200 udargachani tashkil etadi. 
Sub’ektiv ritmikalashtirish agar tezlik 30 dan kam va daqiqasiga 500 udardan ko‘p 
bo‘lsa boshlanmaydi
2

Bu raqamlar pedagogik qiziqish uyg‘otadi, chunki ular ritmik jihatdan oxirgi 
harakatlar qaysi tezlikda oson qabul qilinishini ko‘rsatadi.
Pedagogik aspektda ritmika (grekcha rhythmikos so‘zi ritmga taalluqli, 
ravon, bir me’yordagi kabi ma’nolarni beradi) – bu harakatning musiqa bilan 
bog‘liqlikda qurilgan jismoniy mashqlar tizimi. Ritmika, ayniqsa, bola yoshida 
jismoniy va badiiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U bolalarning 
uyg‘unlashgan jismoniy rivojlanishiga, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, harakat 
aniqligining rivojlanishiga yordamlashadi, bolalarni musiqa, raqs, qo‘shiq bilan 
tanishtiradi, harakatda musiqiy asarning xarakteri va jadalligini aks ettirishga 
o‘rgatadi. Ritmika mashg‘ulotlarida sakrash, o‘yinli mashqlar, yugurish, badiiy 
gimnastika elementlari, raqsli va imitatsiyali harakatlardan foydalaniladi. 
Ritm hissi o‘z asosida motorli, faol tabiatga ega va motorli reaksiya bilan olib 
boriladi. Bu reaksiyalarning mohiyati ritmni his qilishda ko‘p obrazli kinestetik 
hislarni uyg‘otishdan iborat. Bu til, miya, jag‘, oyoq barmoqlari muskullarining 
qisqarishi, hiqildoq, miya, ko‘krak qafasi va qo‘l-oyoqda vujudga keladigan 
kuchlanish, bosh va nafas muskulaturasining boshlang‘ich qisqarishi va nihoyat, 
2
Теплов Б.М. Мусиқий қобилиятлар психологияси. – М., 1947. 


organning makoniy holatini o‘zgarishsiz kuchlanish va bo‘shashish fazalarining 
almashinuvini chaqiruvchi bir-biriga qarama-qarshi (bukuvchi va rostlovchi) 
muskullarning bir vaqtni o‘zida rag‘batlantirilishidir.
Birmuncha faol motor reaksiyalari urg‘uni anglashda ko‘zga tashlanadi. 
Bunda harakat haqqoniy va faraz qilingan bo‘lishi mumkin. Haqqoniy harakatlar 
boshlang‘ich va to‘liq sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich harakatlar tovush 
burmasidagi va tovush apparatining yordamchi qismlari, shuningdek, barmoq 
muskullari, lab va boshqa muskullar innervatsiyasi oqibatida yuzaga keladi. 
Boshlang‘ichda bo‘lgani kabi to‘liq harakat ham anglanmagan bo‘ladi: odam 
o‘zi sezmagan holda oyog‘i yoki qo‘li bilan chertib maqomga soladi. Faraz qilingan 
harakat tashqi tomondan ko‘rinmaydi, eshituvchi uni xayolan tasavvur qiladi.
Logopediyada qo‘llaniladigan tamoyillar va metodlar. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish