Logopedik ritmika


O‘zaro ta’sirni tahlil qilish



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

O‘zaro ta’sirni tahlil qilish
yordamida tadqiq etilayotgan nutqida patologiyasi 
bo‘lgan shaxslar harakatli potensialining tashqi ko‘rinishi, ularning axloqi, aloqa 
imkoniyati va usullari, rozilik va norozilik ko‘rinishi, jamoa va nogironlarga 
munosabati o‘rganiladi. 
Tadqiqotchi nutqida patologiyasi bo‘lgan odamlarni turlicha faoliyatda (shu 
jumladan, harakatli, nutqiy) kuzatarkan, faollik darajasini, jamoada o‘zaro 
harakatning mazmuni va maqsadini, o‘zaro ta’sir vositalarini, ishtirokchilar 
faoliyatining chegarasini, ularning jismoniy va ijtimoiy-psixologik to‘siqlari, 
simpatiya va antipatiyalari, vaziyatning davomliligi, ushbu vaziyatda odatdagi 
axloqdan og‘ishni o‘rganadi. 
R ye y t i n g
– baholash usuli, bilvosita kuzatish – bevosita uni kuzatuvchi 
odamning har tomonlama baholashi orqali ko‘rinishni o‘rganishdan iborat, bu ba’zida 
uzoq yillar davomida bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, patsient to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni reyting usuli bilan uni davolovchi shifokordan, tarbiyachi, ota-ona va 
boshqalardan olish mumkin. Usulning kamchiligi shundaki, xulosalar sub’ektiv fikrlar 
asosida chiqariladi, axir tadqiqotchining o‘z kuzatuvi ham sub’ektivlikdan xoli emas. 
Reyting sharoitida kuzatishning natijasini ma’lumotlarni hisoblash va tahlil qilishda 
matematik apparatni keng qo‘llash imkoniyatini beruvchi turli baholash shkalalaridan 
foydalangan holda son hisobida aks ettirish mumkin. 
O‘z-o‘zini baholash usuli nutqiy patologiyasi va harakat buzilish bo‘lgan 
odamlarning real axloqini ko‘rsatadi, harakat potensiali, umumiy va nutqiy 
motorikaning buzilish darajasini, bu buzilishlarning axloqqa, atrofdagilar bilan o‘zaro 
munosabatga ta’sirini yuzaga chiqaradi. 
Tadqiqotning eksperimental usullari. Tabiiy eksperimentda mashg‘ulot 
logopedik ritmikaning odatdagi mashg‘ulotlaridan chekinmagan holda o‘tkaziladi. 
Laboratoriya eksperimenti sun’iy sharoit yaratish va ikkinchi darajali ta’sirlarni 
bartaraf etishdan iborat. Eksperimentlar muayyan dalillar yoki ularning bog‘liqligini 
yuzaga chiqarish maqsadida (absolyut eksperiment) yoki qandaydir ko‘rsatkichlarni 
taqqoslash uchun (qiyosiy eksperiment) o‘tkazilishi mumkin. Qiyosiy eksperimentda 


ikki yoki bir qancha bir turdagi guruhlar (jinsi, yoshi, nutqiy buzilishi, harakat 
maqomi va h.k. bo‘yicha) ishtirok etadi. Ulardagi mashg‘ulotlar qaysidir birgina 
belgisi bilan farq qiladi, 
masalan, ma’lum bir guruhdagi muskullarni 
mustahkamlovchi mashqlarni kiritish. Eksperiment, odatda, bir necha bosqichda olib 
boriladi. Natijalarning yanada ishonchli bo‘lishi uchun “har tomonlama eksperiment” 
deb nomlanuvchi sxemalar qo‘llaniladi. Masalan, birinchi eksperimentda bitta guruh 
birinchi usul bo‘yicha shug‘ullanadi, boshqasi – ikkinchisi bo‘yicha. Ikkinchi 
eksperimentda guruhlarda uslublar o‘zgaradi. 
Eksperimental tadqiqotlarning turli-tumanligi test – test – tajriba, sinov, 
tadqiqot hisoblanadi. 
Logopedik ritmikada testlardan nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarning 
harakatli, harakatli-nutqiy topshiriqlarni belgilangan vaqt (yoki chegaralanmagan 
vaqt) da bajarganlaridagi natijalarni qiyoslash uchun foydalanish mumkin. Logopedik 
ritmikada testlashtirish namunalari bo‘lib N.I.Ozereskiyning bolalar va kattalarda 
motor qobiliyati hamda motorikani ommaviy baholash tadqiqoti uchun metrli 
shkalalari, M.V.Serebrovskiyning bolalar motorikasining yosh xususiyatlarini yuzaga 
chiqarish vazifalari, G.A.Volkova, A.Yu.Panasyuk maktabgacha muassasa yoshidagi 
me’yorda gapiruvchi va duduqlanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash 
uchun “test-nizo” uslubi va boshqalar xizmat qilishi mumkin.
Testning tuzishda e’tiborni eng yuqori darajada tadqiq etiladigan predmetga 
qaratish va bu mazmunni test topshiriqlarida birmuncha to‘la aks ettirish kerak. 
Testlar defektologik tadqiqotlarda, shu jumladan, nutqiy patologiyasi bo‘lgan 
shaxslarning logoritmik o‘rganishda hali sezilarli joyni egallagani yo‘q va ularni joriy 
qilish sohalarini qandaydir cheklab qo‘yishga erta bo‘lardi. Bizning nazarimizda 
testlar harakat potensiali, psixik funkisya, shu jumladan, diqqat-e’tibor, shaxsiy 
xususiyatlarni tadqiq etishda, shuningdek, turli uslublar samarasini aniqlashda foydali 
bo‘ladi. Masalan, turli uslublar samaradorligini aniqlash uchun reja quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: ikkita bir xil nutqiy buzilishi bo‘lgan shaxslar guruhi olinadi: biri – 
nazorat, boshqasi – eksperimental bo‘ladi.
Testlar yordamida miqdoriy hisob tadqiqotchiga turli nutqiy buzilishlarga ega 
bulgan shaxslarning harakat potensialini qiyoslash, umumiy va nutqiy motorika 
buzilishlari o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan aloqalarni yuzaga chiqarish, yetarlicha 
harakat imkoniyatini aniqlash, logoritmik korreksiya yo‘llarini belgilash imkonini 
beradi. 



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish