1.
TURLI YO‘NALIShLARDA YuRISh VA
HARBIYChA YuRISh
Logopedik ritmikaning bu vositasini V.A.Griner “kirish mashqlari” deb
ataydi. Ular bolalarni doira bo‘yicha bir o‘zi, juft bo‘lib va guruh bilan yurish, turli
predmetlarni aylanib o‘tish, ro‘paradan yurish vaqtida to‘qnashmaslik, berilgan
yo‘nalishga amal qilish, mo‘ljal bo‘yicha harakatlanish, yurayotganlar orasida
masofani saqlash, shuning saf, chiziq, kolonna va h.k. tuzishning boshlang‘ich
ko‘nikmasiga o‘rgatadi. Bola makon va jamoada, harakatning o‘ng-chap tomonli
yo‘nalishida, aylanishlar, yelka orqaga, chehra bilan markazga harbiycha yurish va
h.k. larda mo‘ljal olishni o‘rganadi. Harakatning makoniy tavsifnomasi dastlabki
holat, harakatda vujud va uning qismlari holati, harakat traektoriyasidan iborat.
Mashg‘ulotning boshidan boshlab kirish mashqlari harakat va nutqning turli-
tuman tempiga ko‘rsatma beradi, shuning uchun bola (katta) lar diqqatini musiqaning
boshqaruvchi roliga yo‘naltirish lozim.
Yurish har bir mashg‘ulotga kiritiladi. U harakatning tabiiy ko‘rinishi
hisoblanadi va shu bilan birgalikda, muvofiqlashuvi bo‘yicha yetarlicha murakkabdir.
Nutqida buzilishi bo‘lgan bolalar, ayniqsa, kichik yoshda (4-5 yoshgacha) yurish
paytida harakatlarni muvofiqlashtirishda orqada qolish bilinadi. Ular oyoqlarni keng
qo‘yadilar, ularni shiqirlatadilar, yurishda noturg‘unlik, harakatlarning sekinlashishi
kuzatiladi. Birinchi mashg‘ulotdanoq pedagog bolalarda mustahkamlikni, oyoqlarni
yon tomonga chayqalishni kamaytirgan holda o‘rta chiziqqa yaqinroq qo‘yish
ko‘nikmasini, yurishda oyoqlarni ko‘tarishni shakllantirishni boshlaydi. Buning
uchun predmetlar: tayoq, yo‘g‘on arqon, kubiklar, zinalarning yupqa, ingichka
taxtachalari va h.k. lardan sakrab o‘tish bo‘yicha mashqlardan foydalaniladi.
Mustahkamlik mashqlari amaliy hayotda zarur bo‘lgan predmetlararo yurishni
mo‘ljalga qaratilgan holda tarbiyalashga imkon beradi. Mashg‘ulotlarda yurishning
quyidagi ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin
4
:
ikkita yo‘g‘on arqonda belgilangan yo‘lak bo‘yicha alohida;
guruh bilan;
zalning qarama-qarshi devorlariga baraban sadosi ostida guruh bilan
zal bo‘ylab guruh bilan;
doira bo‘yicha yotqizilgan yo‘g‘on arqon bo‘ylab “to‘da bo‘lib”: bolalar
baraban (yoki marsh tovushi) ning aniq, siyrak zarblari ostida boradilar, to‘xtagach
yuzlari doiraga qarab buriladi va yo‘g‘on arqonni olib tashlaydilar;
zalning qarama-qarshi devoriga guruh bilan zalga ko‘ndalang qo‘yilgan
yo‘g‘on arqondan hatlab o‘tish bilan;
doira bo‘yicha yo‘g‘on arqon bo‘ylab birining ketidan boshqasi (bu
bolalarni kolonnada bittadan yurishga tayyorlaydi);
chap qo‘li bilan arqondan tutgancha birining ketidan boshqasi. Baraban
tovushi ostida pedagog (keyin bola) bolalarning doira bo‘yicha olib boradi, harakatlar
tovushlar bilan uzatiladi [“u-u-u”];
qo‘llarini ushlagancha birining ketidan boshqasi. Bolalar shu tarzda
chapdan o‘ngga yurishda doira ichida biroz qayrilgancha, har bir bolaning o‘ng qo‘li
oldida, chap qo‘lini orqasidan kelayotganga uzatgan holda ulanadilar;
polga yotqizilgan doska bo‘yicha. Doskadan sakrab tushish oyoq uchida,
yumshoq bajariladi;
doira bo‘yicha to‘xtash bilan birining ketidan boshqasi. Bolalar pedagog
ortidan tovushli signalga (baraban, hisob va h.k. ostida) qat’iy muvofiq holda
boradilar. Yurishning vaqtinchalik bo‘linishi shug‘ullanuvchilar tovushka reaksiya
qilishlari uchun turlicha bo‘lishi kerak;
birining ketidan boshqasi qo‘lida bayroq tutgan holda. Bolalar qadamlar
taktiga bayroqlarni erkin va keng silkitadilar;
qo‘li bilan arqonni tutgancha, yo‘nalishni o‘zgartirib, birining ketidan
boshqasi. Pedagog yo‘nalishni o‘zgartirish bilan bolalarning burilishi ravon, sokin,
yurish tempi esa sekin bo‘lishiga e’tibor qiladi;
kubiklar orqali hatlash bilan. Besh yoki oltita kubik bir biridan 35-40 sm.
masofada qo‘yiladi. Bolalar navbati bilan 2 yoki 3 marta kubiklar orqali hatlaydilar;
yo‘g‘on arqon bo‘yicha qo‘shimacha qadamlar bilan yonlamasiga
birining ketidan boshqasi. Yurishda oraliq 3 m atrofida bo‘ladi;
arg‘imchoq bo‘yicha. Mashq muvozanatni mashq qilishga mo‘ljallangan.
Mashqni boshlashdan avval pedagog arg‘imchoqni bola arg‘imchoqqa oyog‘ini
qo‘yishi uchun bola tomonga qiyshaytiradi. Keyin pedagog bolani qo‘lidan tutgan
holda arg‘imchoq bo‘yicha o‘tishga yordamlashadi va boshqa tomonga olib borib,
4
Трофимова Г.В. Развитие движение у дошкольников с нарушениями слуха. – М., 1979.
joyiga o‘tkazadi. Bu vaqtda keyingi bola arg‘imchoq oldida o‘z navbatini kutib turadi,
biroq juda yaqin emas;
qo‘llarida bayroqni ushlagan holda, oldin qo‘l holatini o‘zgartirib, keyin
bayroqlarni silkitib. Har bir bolada ikkitadan bayroqcha. Bolalar bayroqlarni vujud
bo‘yicha oldinga-orqaga silkitadilar, to‘xtagach qo‘l panjalarining harakati bilan
bayroqni yuqoriga silkitadilar (2 yoki 3 aylana); keyin bayroqni keng kesishtirgan
holda silkitadilar, ularni polga qo‘yadilar, ular bilan polni taqillatadilar va h.k.;
oyoq uchida va tovonda qo‘llar holatini o‘zgartirgan holda. Bolalar o‘z
qomatlariga e’tibor qilgan holda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar, oyoq uchida 15
sekund yuradilar, kechin to‘xtaydilar, qo‘lni belga tushiradilar va tovonda 10 sekund
davomida yuradilar;
qo‘shimacha qadamlar bilan yonlamasiga yo‘g‘on arqon bo‘yicha
birining ketidan boshqasi. Bolalar kichik qadamlar bilan oyoqlarni sezilarli ko‘targan,
qo‘llarini erkin tushirgan holda 3 yoki 4 m yuradilar;
qiya doska bo‘yicha yuqoriga sakrash. Mashq 2 marta takrorlanadi.
Yurishning turlicha ko‘rinishlari nafaqat musiqa bilan, balki so‘z bilan ham
uyg‘unlashadi. Masalan, yurish:
A) tovonning ichki, tashqi tomonlarida:
B) muvozonat holatida:
V) oyoq uchida:
G) tovonda:
M a sh q
To‘xtash bilan yugurish (faraz qilingan to‘siqdan sakrash).
Bolalar aylana bo‘yicha turadilar. 1-4-taktlarda yuguradilar. 6 qadam
tashlagach, 4-taktda “bir” deganda bir oyoqdan ikki oyoqqa sakragancha to‘xtaydilar
(“ko‘lmak”, “tosh”, “ariq” – to‘siqdan sakrab o‘tdilar”). Prujinali yugurish: qadam –
¼. Yugurish vaqtida qo‘llar erkin harakatlanadi: bittasi oldinga, boshqasi orqaga,
to‘xtagach qo‘llar har tomonga yoziladi. 5-8, 9-12, 13-16, 17-20, 21-24 : o‘sha
harakatlarni takrorlash.
Mashq ritmik yaqqollik va harakatlar chaqqonligini rivojlantiradi, oxiri aniq
sakrashda belgilanuvchi musiqiy frazalar hissiyotini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |