Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. Qadimgi greklar logistika deb hisob-kitoblami amalga oshirish san’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar laqsimoti tushunilardi. Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joylashishi va harakatlanish amaliyotini tasniflashda ishlatila boshladi. Eramizning IX—X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon V, o'zining harbiy ish bo'yicha kitobida «logistika» atamasini «front orti, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi
Logistika takomillashuvining 3 bosqichi ajratiladi.
Birinchi bosqich — XX asming 60-yillari — ombor xo'jaligining transport bilan integratsiyalashuvi hamda ularni ishlatishda birluriga moslashtirish bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda faqat vuklash-tushirish amallari bilan bog'liq bo'lgan transport bilan ombor yaqin o'zaro aloqalarga ega bo'la boshlaydi. Ular bir grafik va solishtirilgan texnologiya bo'yicha bir iqtisodiy natijaga ishlashni boshlaydi. Ikkinchi bosqich - XX asming 80-yillari boshiga to'g'ri keladi. Omborga joylashtirish va transport ishlarining o'zaro hamjihatligiga ishlab chiqarishni rejalashtirish qo‘shila boshlaydi. Ishlab chiqarish sexi, transport va omborlar bir butun mexanizm sifatida ishlashni boshlaydi. Shu yo‘l bilan xaridorlarga xizmat ko'rsatish sifatini boshqarish, ularning ishlash samaradorligini oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Uchinchi bosqich XX asrning 80-yiilari o ‘rtalariga to‘g‘ri keladi va material o‘tkazuvchi tarmoq hamma bo‘g‘inlarining integratsiyalashuvi bilan xarakterlanadi. Logistika konsepsiyasining asosi bo‘lgan integratsiyalashuv zaruriyatini, ta ’minot, ishlab chiqarish va taqsimot bo‘g‘inlarining ko‘pchilik qatnashchilari tan ola boshlaydi. Moddiy va axborot oqimiarining tez olishm i ta’minlash va mahsulotning xomashyoning birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha harakatining hamma bosqichlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari vujudga keladi.
1960 yillarning boshlariga qadar rivojlangan bozor iqtisodiyoti bozorlari tez sur'atlar bilan o'sib borar edi. Masalan, AQShda bu yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, yuqori darajadagi ixtisoslashuv, tabiiy boyliklarning ko'pligi va iqtisodiyotni minimal darajada davlat tomonidan tartibga solinishi bilan ajralib turardi. Xaridorlarning tovarlarga bo'lgan talabi odatda sotuvchilar taklifidan oshib ketdi; sotuvchining bozori bor edi. Bunday sharoitda menejmentning asosiy yo'nalishi bozorni qanday qilib to'yintirishga qaratilgan edi, ya'ni. ishlab chiqarishda zaxiralarni izlash.