Limfa tuguni
Limfa tuguni bu a’zo bo’lib, unga tananing qismlari va a’zolardan keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari keyingi guruh limfa tugunlariga yoki yirik limfa poyalariga qo’yiladi.
Limfa tugunlari o‘z shakli, o’lchamlari va tuzilishi jihatidan turlicha buladi. Ular guruh bo’lib joylashib tananing ma’lum bir sohasisida kelayotgan limfani qabul qiladi. limfa tugunlariga kelayotgan limfa tomirlar ko’p va ingichka bulsa, undan ketayotgan limfa tomirlar kam va keng bo’ladi.
Limfa tugunlri oval, yumaloq loviyasimon, segmentlarga bo’lingan shakllarda o’rtacha uzunligi 10-15 mm bo’ladi. ularning umumiy og’irligi 500-1000 g yoki tana og’irligini 1% tashkil qiladi.
Limfa tugunini tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimali kapsula o’ragan. Limfa tugunining botiq tomonida darvozasi bo’lib unga arteriyalar va nervlar kiradi, vena va olib ketuvchi limfa tomirlar chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa olib kiruvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tuguni darvozasi sohasida uni o’ragan kapsuladan tugun ichiga trabekula-to’siqlar kirib, uni bo’laklarga bo’ladi. Limfa tuguni parenximasi po’stloq va mag’iz moddalarga bo’linadi. Po’stloq qismida mayda follikulalar bo’lib, ularda V-limfaotsitlar bo‘ladi.
Magiz qismi po’stloq qismini ichki chekkasidan limfa tuguni darvozasiga tuzilgan limfoid to’qima zanjiridan iborat. Tananing ayrim qismlarida (chov sohasida) limfa tugunlari o’zaro fastsiya bilan ajratilgan yuza va chuqur limfa tugunlari guruhlarini hosil qilib joylashadi. Tana bo’shliqlarida (ko’krak, qorin chanoq) limfa tugunlar a’zolar oldida visseral (nodi lymphatici vescerales) yoki bo’shliqlar devorida parietal (nodi lyhatici parietales) joylashadi.
Limfa poyalari va yo’llari
Limfa odam organizmining ayrim qismlaridan limfa tugunlaridan o’tib limfa poyalari yoki limfa yo’llariga yig'iladi. Odam tanasida bunday yirik limfa poyalari va yo’llari oltita. Ulardan uchtasi chap vena burchagiga (ko’krak limfa yo’li, chap bo’yinturuq va chap o’mrov osti poyalari), uchtasi o’ng vena burchagiga (o’ng limfa yo’li, o’ng bo’yinturuq va o’ng o’mrov osti poyalari) qo’yiladi.
Odam tanasidagi eng katta limfa tomir ko’krak limfa yo’liga oyoqlardan, chanoq va qorin bo’shlig’i devori va a’zolaridan, ko’krak qafasining chap tomonidan limfa qo’yiladi.
O’ng kuldan limfa o’mrov osti poyasiga, bosh va bo’yinning o’ng tomonidan o’ng bo’yinturuq poyasiga. Ko’krak qafasining o’ng tomoni a’zolaridan o’ng bronxomediastinal poyaga qo’yiladi, chap qo’ldan limfa chap o’mrov osti poyasiga, bosh va bo’yinning chap tomonidan chap bo’yinturuq poyasiga, ko’krak qafasi chap tomoni a’zolaridan chap bronxomediastinal poyaga qo’yiladi.
Ko’krak limfa yo’li, ductus thoracicus, qorin bo’shlig’ida XII ko’krak – II bel umurtqalari sohasida o’ng va chap bel poyalarini (truncus lumbalis dexter et sinister) qo’shilishidan hosil bo’ladi. 25% holatda ko’krak limfa yo’lining boshlanish qismiga ichak poyalari ham qo’yiladi. Ko’krak limfa yo’lining uzunligi 30-41 sm bo’lib, boshlanish joyida ko’krak limfa yo’li kengaymasi hosil qiladi.
Qorin bo’shlig’idan ko’krak limfa yo’li diafragmaning aorta teshigi orqali ko’krak qafasiga chiqadi va orqa ko’ks oralig’ida ko’krak aortasi bilan tok vena o’rtasida joylashadi. VI-VII buyin umurtqalari sohasida plevra cho’qqisi joylashadi. hosil qilib chap vena burchagiga qo’yiladi.
Ko’krak limfa yo’lini qo’yilish joyida uning ichki qavatidan hosil bўlgan qonni venadan limfa yuliga o’tishga to’sqinlik qiluvchi juft klapan bor. Ko’krak limfa bo’lini bor bo’yicha 7-9 shunday klapanlar bo’lib, ular limfani orqaga qaytishiga to’sqinlik qiladi. ko‘krak limfa yo’li devori uch: ichki, o’rta va tashqi qavatdan iborat.
O’ng limfa yo’li, uzunligi, 10-12 mm bo’lib (18,8% holatda) o’ng o’mrov osti, bo’yinturuq va o’ng bronxomediastinal poyalarning qo’yilishidan hosil bo’ladi. O’ng limfa yo’li o’ng ichki bo’yinturuq va o’mrov osti venalarning birikish burchagiga yoki ichki bo’yinturuq venaga qo’yiladi. Ko’p incha (81,2% xolatda) o’ng limfa yo’li yo’q bo’lib uni xosil qiluvchi poyalar alohida-alohida o’ng vena burchagiga, ichki bo’yinturuq yoki o’mrov osti venasiga qo’yiladi.
Tannaning ayrim sohalarining limfa tomirlari va tugunlari
Tananing turli qismlaridan limfa yig’uvchi tomirlarning joylashishi va yo’nalishi, limfa tugunlarning to’planishi sohalari o’ziga xos xususiyatiga ega.
Oyoq limfa tomirlari va tugunlari.
Oyoq sohasida oyoqning yuza fastsiyasi ustida yotgan yuza limfa tomirlari va chuqur joylashgan qon tomirlar yonida joylashgan chuqur limfa tomirlari tafovut qilinadi. Yuza limfa tomirlar teri va teri osti yoғ kletkachasi limfa kapillyarlaridan xosil bo’lib, uch guruxga bo’linadi. medial gurux tomirlari I-II barmoqlarining ustki yuzasi va oyoq kaftining medial yuzasi, boldirning medial va orqa medial yuzalaridan boshlanib katta yashirin vena yo’nalib yuza chov limfa tugunlaridan yo’nalidi. Lateral guruh tomirlari IV-V barmoqlar oyoq kaftining ustki yuzasini lateral qismi va boldirning lateral yuzasidan boshlanib, tizza bo’g’imiga etmasdan-medial tomirlarga qo’shiladi.
Orqa guruh tomirlari oyoq kaftining ostiki yuzasini lateral chekkasidan va tovon sohasidan boshlanib, tugunlariga yashirin vena bilan birga taqim osti limfa tugunlariga boradi.Oyoqning chuqur limfa tomirlari muskullar, bo’g’imlar, bo’g’im xaltalari suyaklar limfa kapillyarlaridan xosil bo’lib boldir va sonning chuqur arteriya va venalari bilan birga yo’nalib chuqur chov limfa tugunlariga qo’yiladi. Yuza va chuqur limfa tomirlari orasida ko’p sonli anastomozlar bor. Oyoqda limfa tugunlar taqim osti va chov sohasida joylashadi. Takim osti guruhchasida taqim osti arteriyasi yonida joylashadi.Chov limfa tugunlari, n odi lymphatici inguinales, son uchburchagi sohasida chov boylami ostida joylashgan. ularga oyoq, tashqi tanosil a’zolar, qorining oldingi devori pastki qismi, dumba terisi limfa tomirlari qo’yiladi. Chov
limfa tugunlari yuza va chuqur gurhlarga bo’linadi. yuza chov limfa tugunlari (4-20) sonning tugunlari (1-7) son arteriyasi va venasi yonida joylashgan. bu limfa tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlar tomirli lakuna orqali chanoq bo’shligiga kirib tashqi yonbosh limfa tugunlariga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |