Boshning limfa tomirlari bosh bilan bo’yin o’rtasida joylashgan limfa tugunlari to’plamlariga boradi. bu to’plamlar quyidagilar:
Ensa limfa tugunlari ensa qon tomirlari yo’nalishida joylashib, ularga boshning ensa sohasidan keluvchi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan olib ketuvchi limfa bo’yining lateral chuqur bo’yin tugunlariga quyiladi.
Quloq suprasining orqasida joylashgan so’rg'ichsimon limfa tugunlariga. Quloq suprasi va boshning tepa qismi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardapn chiqqan olib ketuvchi tomirlar quloq oldi va bo’yinning yuza limfa tugunlariga qo’yiladi.
Quloq oldi bezi sohasida lateral joylashgan yuza qulolq oldi limfa tugunlari va bez bo’laklari orasida joylashgan chuqur quloq oldi limfa tugunlariga boshning peshona, tepa sohalari, quloq suprasi tashqi eshituv yo’li, eshituv nayi, quloq oldi bezi va yuqori lablar limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan chiquvchi olib ketuvchi limfa tomirlar bo’yining yuza va chuqur limfa tugunlariga boradi.
Halqumning orqasida va yon devorilarida joylashgan halqum orqa limfa tugunlariga halqum devoridan, burun bo’shlig'i va burunning
qo’shimcha bo’shliqlari shilliq pardasi, tanglay va murtaklardan, eshituv nayi va nog'ora bo’shlig'i limfa tomirlari keladi. Bu limfa tugunlardan boshlangan olib ketuvchi limfa tomirlari bo’yining lateral chuqur guruh limfa tugunlariga boradi.
Pastki jag' osti limfa tugunlari jag' osti uchburchagida joylashib, unga yuz terisi, kavaklar, burun, lab, lunj limfa tomirlari qo’yiladi.
Bu tugunlarining olib ketuvchi limfa tomirlari bo’yinning lateral chuqur limfa tugunlariga qo’yiladi.
Engak osti limfa tugunlari engak til osti muskulini pastki yuzasida joylashgan.
Bo’yin limfa tugunlari bo’yin fastsiyasining yuza varag'i yuzasida joylashgan yuza bo’yin limfa tugunlari va fastsiya ostida chuqur limfa tugunlariga bo’linadi. Bo’yinning yuza limfa tugunlari tashqi bўyinturuқ vena va trapetsiyasimon muskullar sohasida joylashib, ularning olib ketuvchi limfa tomirlari bo’yinning lateral chuqur limfa tugunlariga qo’yiladi.
Bo’yinning chuqur limfa tugunlari bo’yinning oldingi va lateral sohalarida joylashadi. Oldingi guruh limfa tugunlari hiqildoq oldi, qalqonsimon bez, kekirdakning yon tomonlarida joylashadi.
Bo’yinning lateral yuzasida limfa tugunlari zanjirlar hosil qilib joylashadi. Bunday zanjirlar ichki bo’yinturuq venasi bo’ylab, bo’yinning ko’ndalang arteriyasi bo’ylab va qo’shimcha nervning tashqi shoxi bўylab yo’naladi. Bu tugunlardan chiquvchi olib ketuvchi limfa tomirlar o’ng va chap bo’yinturuq poyasi hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |