Qo’lning limfa tomirlari va tugunlari
Qo’lning limfa tomirlari va yuza chuqur gruhlarga bo’linadi. yuza limfa tomirlari teri osti venalarining yonida joylashib lateral va medial guruxlarni tashkil qiladi lateral guruh limfa tomirlari I-III barmoqlar kaft, bilak va elkaning lateral tomoni bilak va elkaning lateral tomoni bilak va elkani terisi va teri osti asosida hosil bo’lib bosh venaning yonida yo’naladi va qo’ltiq osti limfa tugunlariga qo’yiladi.
Medial guruh limfa tomirlari qisman III va IV – V barmoqlar, kaft, bilak va elkaning medial tomoni terisi va teri, osti asosi- sohasida hosil bo’lib, asosiy vena bilan yo’nalib tirsak va qo’ltiқ osti limfa tugunlariga qo’yiladi. Chuqur limfa tomirlari muskullar, paylar, fastsiyalar bo’g’im xaltasi va boylamlardir boshlanib chuqur arteriya va venalar bo’ylab yo’naladi.
Qo’lda limfa tugunlar tirsak chuqurchasida yuza va chuqur joylashadi. Bu tugunlardan chiqqan limfa tomirlar qo’ltiqosti tugunlariga yo’naladi.
Qo’ltiq osti limfa tugunlari qo’ltiq osti chuqurchasida oltita alohida lateral, medial, ko’krak osti, pastki, markaziy, cho’qqi guruhlari bo’lib joylashadi.
Qo’ltiq osti limfa tugunlariga qo’lning yuza va chuqur limfa tomirlari, ko’krak qafasining oldingi, lateral va orqa devori va sut bezlari limfa tomirlari kelib qo’yiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o’mrov osti poyasini hosil qiladi.
Limfa tizimining taraqqiyoti va yoshga qarab o’zgarishi
Taraqqiyotning 6 haftasida hosil bo’layotgan yirik venalar yaqinida mezondermadan yorig'simon bo’shliqlar paydo bo’ladi. ularning mezenxima hujayralari chegaralangan bo’lib, keyinchalik endoteliy hujayralariga aylanadilar. Bu yorig'lar qo’shilib limfa qopchalarini hosil qiladi. Birinchi bo’lib o’ng va chap bo’yinturuq limfa qopchalari, keyinchalik esa o’mrov osti limfa qopchalari paydo bo’ladi. Homila tanasini orqa devorida joylashgan qopchalar zanjirini qo’shilishidan ko’krak limfa yo’li paydo bo’ladi. taraqqiyotning 9 haftasida chap bo’yinturuq qopchasiga ochiladi. chap va o’ng bo’yinturuq va o’mrov osti qopchalari bo’yin venalari bilan birikadi. Juft yonbosh limfa qopchalaridan chanoq va oyoq limfa tomirlari hosil bo’ladi.
Bola tug'ilish davrida limfa qopchalari va yo’llari yaxshi rivojlangan bo’lib, bola tug'ilganidan so’ng ularning devori tarkibining takomillashuvi davom etadi. Yangi tug'ilgan bolalar limfa kapillyarli diametri nisbatan keng, ular, quyuq murakkab turlar hosil qiladi. ularning limfa tomirlarida klapanlari yaxshi rivojlanmagan. Limfa tomirlari klapanlarining takomili 13-15 yoshlarda tugallanadi.
Ko’krak limfa yo’li yangi tug'ilgan bolalarda to’g’ri yo’nalishda bo’lib uning diametri bor bo’yiga bir tekis, devori yupqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |