AMALIY MASHG’ULOT №13 Mavzu: Kompazitsion materiallarga mexanik ishlov berish.
Ishdan maqsad: 1) Ishlov berilgan teshiklar sifatiga ko’ra PKM larni parmalash jarayoni va parametrlari.
Nazariy maьlumotlar.
O’tkazilgan tadqiqotlar parmalash jarayonini barqarorlashtirish, jarayonlarnining tavsifini oshirish, unumorlik va ishlov berish sifatini oshirishkabi qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun texnologik uskunalar yaratish imkonini berdi.Ishlov berilgan teshiklar sifatiga ko’ra PKM larni parmalash jarayoni va parametrlari.
PKMlarni kesib ishlov berish yuzalari sifatiga qo’yilgan asosiy talab avval ko’rsatilganidek, o’ziga xos brakning mavjud emasligi. SHu sababli 'Vskteshik atrofidagi sirt naylarining qiymati sifat darajasini tavsiflovchi ishonchli parametr bo’lib hisoblanadi.
PKMni parmalashda sirt sifatini teshikning parma chiqishidagi holatiga qarab aniqlaganlar. Parma geometrik parametrlari noto’g’ri tanlangan (1 bobda PKMga ishlov berish uchun parmaning tavsiya etilgan parametrlari keltirilgan: yuqori burchak 2 φ, orqa o’q va old uburchaklar) va orqa sirt bo’ylab (h3>0,2 mm) parmaning ko’p yeyilib ketishi bilan ish olib borilgan vaziyatlarda teshikning sifati qoniqarsiz bo’ladi. Perpendikulyar armaturalangan tolalar yo’nalishi bo’ylab parmalashda parmaning kirishida PKMning titilib ketish hodisasi ro’y berishi mumkin. Parmaning chiqishida qatlamlanish va singan joylar hosil bo’ladi.
PKM to’ldirgichning qatlamlarini ishonchli qayta kesishni ta’minlovchi parmaning maqbul geometriyasi bilan ishlaganda (yuqori o’zgaruvchan burchak 2cp^const, burchaklar ham tavsiya etilgan, yeyilib h3<0,2 mm) teshik sifati kesish usuliga bog’liq bo’ladi.Olingan natijalar asosida kirishda o’tishni 0,03 dan 0,12 mm/ayl.gacha, o’zgartirilganda, o’tishning kichik qiymatlarida (0,02-0,04 mm/ayl) amaliy jihatdan yeyilib ketishlar yuz bermaydi, biroq ishlab chiqarishga oid kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, parma ishqalanish hisobiga qiziydi. Negaki, tolali to’ldirgich va polimerli matritsa orasidagi adgezion bog’lanish yuqori emas, u holda elementli qirindi va singan joyning qirindisi hosil bo’ladi.
A’lo darajadagi sifatni ta’minlash uchun 6,5 mm li teshikni parmalashda mos keluvchi o’tish qiymatlari0,04-0,06 mm/ayl.ni tashkil etadi.
O’tishning yuqori qiymatlarida parma chiqishida teshik atrofida singan joylar paydo bo’ladi, sirtning g’adir-budirligi ortadi. Masalan, 0 6,5 mm li teshikni PRK parma bilan n=1000 ayl/daqiqa, S=0,12 mm/ayl. qiymat bilan parmalashda KMU-11e ugleplastikda teshik atrofida parmaning kirish tomonidan singan joylar kuzatilmagan (43-rasm), parmaning teshikdan chiqishida singan joylar mavjud bo’lgan (44-rasm).
Singan joylar hosil bo’lishining oldini olish uchun (44-rasm) parmaning teshikdan chiqishida moslama o’rnatishga tayyorlayotganda tekstolit tagliklarni ishlatishni tavsiya etish mumkin. Detalga ishlov berishda taglik bilan birga parmalanadi. Biroq keltirilgan usulda ijobiy natijaga faqatgina o’tkir, charxlangan asbobdan foydalangan holdagina erishish mumkin(ya’ni. h3—»0 bo’lganda).
Asbob yeyilib ketishining ortishi (h3>0,2 mm) PKM qatlamlarining yuqori darajada titilib ketishiga va bir vaqtning o’zida PKMning changsimon qismlari paydo bo’lishiga olib keladi. Ya’ni tajribalar va ishlab chiqarishga oid kuzatuvlar ko’rsatganidek, singan joylar, birinchi navbatda, parmaning yeyilib ketish darajasiga bog’liq. Olingan tajriba ma’lumotlariga asosan KMU-11 e ugleplastikka ishlov berishda asbob chiqishida (Vsk, mm) teshik atrofida singan joyning qiymati, chetdagi orqa sirt bo’yicha parmaning PRK 0 6,5 mm bilan yeyilishiga bog’liqligining grafigi olingan.
1-rasm.Parmalashda kuzatiladigan qirindining sinishi va yorilishi
2-rasm.Asbobning kirishida teshikning fotosi
3-rasm.O’tishS=0,12 mm/ayl bo’lganda asbobning chiqishida kirishida teshikning fotosi
4-rasm.d=6,5 mm i d =2 mm ko’ndalang kesuvchi qirrali parmalarning orqa sirti bo’ylab yemirilishiga asbobning chiqishida g’udrlar qiymatlarining munosabati
Ikkala tomoni ochiq teshiklarni parmalashda orqa sirt bo’ylab kesuvchi qirraning yumaloqligi hisobiga, parmaning yeyilib ketishi yuz beradi. Yeyilib ketish parma radiusi bo’ylab bir me’yorda.
Mualliflar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar PKMga (h3<0,2 mm) ishlov berishda orqa sirt bo’ylab parmaning mumkin bo’lgan yeyilib ketishini aniqlashga imkon berdi. Bu qiymatlar boshqa tadqiqotlar natijalariga qarshilik ko’rsatmaydi.
4-rasmda keltirilgan tajriba ma’lumotlari bo’yicha Excel dasturi yordamida grafikni approksimatsiyalash yo’li bilan olingan singan joylar qiymatlarining ko’phadli funktsiyalari parmaning orqa sirt bo’ylab yeyilib ketish darajasi (Vsk, mm) uchinchi darajali ko’phad ko’rinishida berilgan. Ma’lumotlar 1- jadvalda keltirilgan.
(Vsk) singan joylar qiymatining parma yeyilib ketishiga bog’liqligi.
1- jadval
Teshikning 2 dan 4 mm gacha oraliqlagi diametri
|
Teshikning4 dan6,5 mm gacha oraliqdagi diametri
|
sk=115,6-p33-29-Pz2+3,2-p3-0,007
|
Vsk= 140-h D45-IV+6,52-h3-0,0226
|
(Vsk)singan joylar qiymatining parma yeyilib ketish darajasidan kelib chiqqan holdagi funktsiyalari berilgan. Bu funktsiyalarning birinchisi – amaliy jihatdan, ikkinchisi – nazariy jihatdan 31-jadval tenglamalari asosida olingan.
6-rasm.Asbobning chiqishdagi g’udur qiymatiga parmaning orqa sirti bo’yicha yeyilishining bog’lanishi
Egri chiiqlar: 1 - d=6,5 mmuchun nazariy; 2 - d=6,5 mm uchun tajribaviy;
3 - d=2 mm uchun nazariy; 4 - d=2 mmuchun tajribaviy.
Xulosa.
Kompazitsion materiallarga parmalar bilan ishlov berish o’ziga xos texnologik jarayonga ega. Bunda kompazitsion materiallar xossalarini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |