Mavzu: Zamonaviy metal qotishmalar va ularni ishlab chiqarishdagi o’rni.
Ishdan maqsad:
1)Zamonaviy asbobsozlik materiallari va ularning klassifikatsiyasini o’rganish.
2) Asbobsozlik materiallaridan foydalanishning aloxida xususiyatlari va qo’llanish darajasi bilan tanishish.
Nazariy maьlumotlar.
Qattiq qotishmalar mayda donli metall kukunlaridan tayyorlanib uch guruxga bo’linadi.
Volframli qattiq qotishma.
Titanvolframli qattiq qotishma.
Titantantalvolframli qattiq qotishma.
Asosini volpfram karbidi donalari tashqi qiladigan va bog’lovchi element sifatida kobolpt qo’llanilgan metallokeramik qattiq qrtishma volpfram karbidli qattiq qotishma deb yuritiladi.
GOST 3882-61 ga asosan 1-chi guruxga 14 ta, II-chi guruxga 5ta, III-chi guruxga 1 ta qattiq qotishmalar kiradi.
Qattiq qotishmalarning kimyoviy tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlari 1- jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Volpframli qattiq qotishmalar, cho’yanlarga va qiyin ishlov beriladigan hamda toblangan po’latlarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Minralokeramik qattiq qotishmaning asosini alyumin oksidi (Al2O3) tashkil qilib, ular 2-xil usul bilan olinadi.
1. Yuqori bosim ostida issiqlik ta’sirida quyish.
2. Kukunli preslash usuli.
Mineralokeramik qattiq qotishmani metall qattiq qotishma bilan taqqoslanganda mineralokeramik qotishma bir qancha afzalliklarga ega:
Issiqlikka chidamliligi yuqori (1100+1200 S0) bu esa yuqori qatiqlikga ega bo’lgan materillarga ishlov berishni ta’minlaydi.
Emirilishga chidamliligi yuqori.
Metalga yaqinligi kamligi sababli ishlov berilayotgan material bilan yopishish darajasi past, ishlov berishda yuza sifati yuqori hamda qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berish mumkin.
Yuqori tejamkorligi, arzonligi. CHunki meneralokeramik qattiq qotishmada qimmatbaxo elementlar yo’q.
Mineralokeramik qattiq qotishmalar yuqoridagi afzalliklari bilan bir qatorda quyidagi kamchiliklarga ham ega:
1) cho’zilishda hosil bo’ladigan kuchlanishlarga qarshiligi past.
2) egiluvchanlikka qobiliyati oz;
3) zarb bilan ishlashga qobiliyati past.
Ulardan yuqori tezlikda asosan toza va yarim toza ishlov berish operatsiyalarida foydalaniladi.
Xozirgi vaqtda mineralokeramik plastinkalardan frezalarning, zenkerlarning, razvyortkalarning kesuvchi qismlari tayyorlanmoqda.
Mineralokeramik qattiq qotishmalarning sifatini yaxshilash mustaxkamligini oshirish usullaridan biri, ularni tarkibiga metalsimon elementlarni qo’shishdir. Masalan, volьfram, molibden, bor, titan, nikel va boshqalar qo’shiladi. Bunday brikmalar kermet deb nomlanadi.
Kermetlar yuqori egilishga mustaxkamlikka ega bo’lib (40-50 kg/mm2) oddiy meneralokeramik materiallar bilan taqqoslanganda, uning kesish qobiliyati yuqoriligi kuzatiladi, kesish qobiliyatini metall qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinka T15K6 bilan taqoslanganda esa kesish qobiliati 1-2 barobar yuqoriligini ko’rsatadi.
Kermetlardan tayyorlangan asboblar qiyin ishlov beriladigan po’latlar va qotishmalarga kesib ishlov berishda yuqori samaradolikka ega.
Olmoslarni ahamiyati va ulardan tayyorlangan asboblarning qo’llash ko’lami.
Olmoslar kesuvchi asbob tayyorlashda muxim ahamiyatga ega bo’lib quyidagi tartibda qo’llaniladi:
60-70% texnik olmoslar qattiq qotishmadan tayyorlangan asboblarni jilvirlash va o’tkirlash jarayonida ishlatiladigan olmos jilvirlash toshlarni ishlab chiqarishga sarflanadi; 20-25% esa jilvirlash toshlarini to’g’rilash uchun sarflanadi; 10-12% olmos o’lchov asboblarini tayyorlash uchun sarflanadi; 1-2% olmoslar keskichlar va parmalar tayyorlash uchun sarflanadi;
Xulosa.
Bilamizki mashinasozlikda kesuvchi asboblarni asosiy parametrlaridan biri bu asboblarni turg’unlik davri xisoblanadi. Bunga asosiy ta’sir qiladigan omil xarorat bo’ladi. SHuning uchun kompazitsion materiallardan foydalanib kesuvchi asboblarni ishlab chiqarilmoqda.