AMALIY MASHG’ULOT №10 Mavzu: Innovatsion xamkorlik va uning samaralari. Mashinasozlik maxsuloting sifatni oshrishda inovatsion xamkorlikning vazifalari va funktsiyalari.
Ishdan maqsad:1) Innovatsion xamkorlik va uning samaralari. Mashinasozlik maxsuloting sifatni oshrishda inovatsion xamkorlikning vazifalari va funktsiyalarini o’rganish.
Nazariy maьlumotlar.
Bugungi kunda nafaqat fan-texnika, balki butun jamiyat taraqqiyotini informattsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin, chunki informattsion texnologiyalar qo’llanmaydigan biror-bir sohani topish juda qiyin. Injenerlik sohasida keng qo’llaniladigan informatsion texnologiyalar orasida «Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari» alohida o’rin tutadi.
Birinchidan, avtomatlashtirilgan loyihalashning tarkibiy qismlarini juda ko’p boshqa informattsion texnologiyalar tashkil etadi: avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik ta’minoti – hisoblash tarmoqlari, telekommunikatsion texnologiyalar, personal kompyuterlar va avtomatlashtirilgan ishchi stantsiyalar tashkil etadi; matematik ta’minotida – hisoblash matematikasi, statistika, matematik dasturlash, diskret matematika, sun’iy intellekt usullaridan keng foydalaniladi
Ikkinchidan, loyihalashni avtomatlashtirish asoslarini bilish va loyihalashni avtomatlashtirish vositalarida ishlay olish har bir muxandis xodim uchun odatiy narsa bo’lib, bugungi kunda konstruktor yoki texnologning odatdagi kulman oldida ishlashi, logarfmik leneykalar yordamida hisoblashlarni bajarishi, pechat qilish mashinalarida hujjatlar tayyorlashi anoxronizm hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan foydalanmaydigan yoki ulardan kam darajada foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalari loyihalashga ketadigan katta material va vaqt sarfi xarajatlari, hamda olinadigan loyiha sifatining pasatligi natijasida raqobatga dosh barolmaydi.
Hozirgi vaqtda loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun juda ko’p, har xil darajada maxsuslashtirilgan va amaliy orientirlangan uslubiy-dastur komplekslari yaratilgan. Natijada, «Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish» muxandislar tayyorlashning zaruriy qismi bo’lib, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslarini bilmaydigan va undan foydalana olmaydigan muxandislar to’la qonli mutaxassislar hisoblanmay qoldi.
Muhandislik yo’nalishlari bo’yicha ta’lim oladigan bo’lajak bakalavrlarning asosiy maqsadi mavjud texnik tizimlarni o’rganish, vaqti kelganda talabga asosan yangi texnik tizimlarni yaratishni bilishdan iborat bo’lganligi sababli, avvalo, tizim va texnik tizim tushunchalariga to’xtalib o’tamiz.
Tizim deb ma’lum tartibda joylashgan, o’zaro aloqalarda bo’lgan chekli miqdordagi elementlar to’plamiga aytiladi.
Texnik tizimlar ma’lum maqsadlar uchun insoniyat tomonidan yaratiladi. Texnik tizimlarning asosini texnik vositalar va qurilmalar tashkil qiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni yaratiladigan yangi texnik tizim to’g’risidagi birlamchi g’oyadan boshlab, g’oyani yuzaga oshirish maqsadida izlanish-tekshirish ishlarini olib borish va maqsadga mos texnik taklifni olishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Loyihalash jarayoni ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan texnik taklifni ishlab chiqarish ishlari jarayonida foydalansa bo’ladigan ishchi hujjatlariga aylantirishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqot jarayonlarini va loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari yuzaga kela boshladi va hozirgi paytda ular keskin rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Oliy o’quv yurtlari talabalariga ular haqidagi fanlar ham o’tila boshladi. Tizimli yondashish tamoyillariga asosan har qanday jarayonda, aynan loyihalash jarayonida ham umuman olganda uchta operator - odamlar, texnik vositalar, tashqi muhit ishtirok etishi mumkin. Ularning ta’sirlari natijasida, loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqot jarayonidan olingan texnik takliflar ishlab chiqarish jarayoniga kerakli bo’lgan ishchi hujjatlarga o’zgartirib berildi.
Xulosa.
Mashinasozlikda kompas dasturi loyixalashda juda qulay dastur xisoblanib ikki va uch o’lchamli chizmalarni chizishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |