Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet18/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Nazorat savollari:
1. O’zbekiston aholisini sonini misollar asosida izohlab bering?
2. O’zbekiston aholisini hududiy joylashuvi to’g’risida ma’lumot bering?
4. Urbanizatsiya darajasini misollar asosida izohlab bering?
5. Urbanizatsiyaga ta’sir etuvchi omillarni yoritib bering?
6. Aholining tabiiy harakatini izohlab bering?
7. Aholining mexanik harakatini yoritib bering?
8. Respublika aholisining tarkibini izohlab bering?
8. Respublika aholisining tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni yoritib bering?
9. Mehnat resurslarini izohlab bering?
10. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish omillarini yoritib bering?
11. O’zbekiston aholisining o’sishida qanday o’zgarishlar sodir bo’lmoqda?
12. Respublika aholisi joylanishining xususiyatlarini izohlab bering.
13. O’zbekistonning qaysi viloyatlarida aholi zichligi yuqori?
14. Nima sababdan mamlakatimizda urbanizatsiya darajasi yuqori emas?
15. Mehnat resurslari to’g’risida gapiring.
16. Aholi bandlik muammolarini echish uchun qanday chora tadbirlar ko’rilmoqda?


5-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Sobiq Ittifoq davrigacha O’zbekiston hududining (Markaziy Osiyo xonliklarining) xo’jaligi.
2. Sho’rolar tuzumi davrida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
3. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi.


1-asosiy savol bayoni: O’zbekiston o’tmishda er kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyati g’oyat qizg’in kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning G’arb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay bo’lgan geografik o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga munosib ulush qo’shgan.
Asrlar davomida sug’orma dehqonchilik, yaylov chorvachiligi va xilma- xil hunarmandchilikka asoslangan o’lkamiz iqtisodiyoti jahon bozorlarida o’zining ko’p turdagi qimmatli mahsulotlari bilan qatnashib kelgan. U bir zamonlar "Buyuk ipak yo’li" bo’yidagi eng gavjum bozorlar mamlakati bo’lgan. Shuningdek, Jahon fani va madaniyati ravnaqiga katta hissa qo’shgan Markaziy Osiyolik buyuk allomalar-Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Ulug’bek va boshqalarning Vatanidir.
15-16 asrdan e’tiboran G’arbiy va Janubiy Evropa bilan Sharqiy Osiyo davlatlari o’rtasida qulay dengiz yo’llarini ochilishi oqibatida Markaziy Osiyo orqali o’tgan "Buyuk ipak yo’li" inqirozga yuz tutdi. O’z vaqtida ancha bozorgir bo’lgan mahalliy mahsulotlar paxta, ipak, qorako’l, metal, zargarlik buyumlar ishlab chiqarish izdan chiqa boshladi. Bu jarayon Turkistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga ham salbiy ta’sir etdi, hattoki milliy parakandalikka keng yo’l ochildi.
18 asr boshlarida hozirgi O’zbekiston hududida Buxoro amirligi, Xorazm va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. Bu davrda o’lka aholisining asosiy mahsuloti qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish bo’lib, ular asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanardilar. Markaziy Osiyo xonliklarida sanoat mahsulotlari asosan hunarmandchilik asosida ishlab chiqarilar edi. Shahar hayoti 18 asr oxirlaridan XIX asr o’rtalarigacha Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Xiva, Urganch, Qo’qon, Marg’ilon, Toshkent, Andijon kabi shaharlarda ancha taraqqiy qilgan bo’lib, ularda to’qimachilik, kulolchilik, zargarlik, chilangarlik, duradgorlik, badiiy buyumlar ishlab chiqarilar edi. Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo karvonlar orqali Hindiston, Eron, Qashg’arga, Qozoq o’lkalari hamda ular orqali Sibir va Rossiyaning ichki bozorlariga olib chiqarilgan. Shu davrda ayniqsa paxta va pillaga, qorako’l terisi, quruq mevalarga tashqi bozorda ehtiyoj katta bo’lgan.
Ana shunday imkoniyatlarga ega ushbu mintaqaga 19 asrdan boshlab Angliya va Chor Rossiyasi qiziqa boshladi. Xonliklar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlardan foydalanib, Chor Rossiyasi 19 asrning 2-yarmida Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirdi. Chor Rossiyasi bosib olgandan keyin Markaziy Osiyo Rossiyani xom ashyo va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashi kerak edi. Chunki shu davrgacha Rossiya to’qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblangan paxtani asosan AQSh va Markaziy Osiyodan olar edi.
Markaziy Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan keyin o’lkada temir yo’l qurilishi boshlanib, 1888 yilda Farob stansiyasidan Samarqandgacha (Zakaspiy temir yo’lining davomi) poezdlar qatnovi yo’lga qo’yildi. Temir yo’lning qurilishi bilan mintaqada sanoat korxonalarini qurish tezlashib ketdi. Natijada 1913 yilga kelib O’zbekiston hududida 425 ta sanoat korxonasi bo’lib, shundan, 208 tasi paxta tozalash, 80 tadan ortigi oziq-ovqat, 18 ta objuvoz, 35 tasu ko’nchilik, 20 tasi xumdon yasash, 14 tasi metalsozlik korxonalari edi. O’lkada og’ir sanoat tarmoqlari nihoyatda sust rivojlangan bo’lib, ular yalpi sanoat mahsulotining atigi 2,0 foizini ishlab chiqargan.
O’zbekistonda og’ir sanoat tarkibiga metallurgiya, qurilish materiallari ishlab chiqarivchi korxonalardan tashqari, Chimyon neft va Sho’rsuv oltingugurt koni hamda Oltiariq (Vannovsk)dagi uncha katta bo’lmagan neftni qayta ishlash zavodi ham kirgan. Sanoat korxonalarini hududiy joylashuvi juda notekis bo’lib, ularning 70 foizi Farg’ona vodiysi shaharlarida joylashtirilgan.
Xullas, XX asrning boshlarigacha Turkistonda moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yetarlicha rivojlanmagan edi. Ayniqsa, sanoat va transport tarmoqlari juda sust rivojlangandi. Ma’naviy-ma’rifiy sohalar aholi ehtiyojlarini qondirolmasdi. Umuman olganda, o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bu davrda mustamlaka mamlakatlarga xos ko’rinish kasb etgan.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish