Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Iqtisodiyotning umumiy ta’rifi



Download 2,96 Mb.
bet130/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Iqtisodiyotning umumiy ta’rifi. Samaqand viloyati yalpi ichki maxsulot xajmi bo’yicha Toshkent shaxri, Farg’ona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi beshinchi o’rinni egallaydi. U Respublikaning 5,6 foiz sanoat va 11,3 foiz qishloq xo’jaligi mahsuloti, 8,6 foiz tovar oboroti, 7,9 foiz pullik xizmat ko’rsatish xajmini beradi. Yalpi ichki mahsulot 2000 yilda 4 foizga ko’paygan.
Viloyatda 120 dan ortiq qo’shma korxonalar ruyxatga olingan, ulardan 90 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. Birgina 2000 yilda 8 ta QK ishga tushgan, barcha korxonalarda 8 ming kishi ishlaydi. Bunday korxonalar sanoat, savdo, turizm kabi sohalarda mavjud bo’lib, ular eksportning 1G’5 qismini ta’minlaydi.
Sanoati. Samaqand viloyati sanoati ko’p tarmoqli xususiyatga ega. Bu erda ayniqsa oziq-ovqat, mashinasozlik, engil, kimyo, fasfor sanoati yaxshiroq rivojlangan. Mustaqillik yillarida Turkiya bilan qurilgan avtomobilsozlik zavodi viloyat iqtisodiyotini yuksaltirishda katta axamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, QK lar tamaki, fasfor idishlar, engil sanoat maxsulotlarini ishlab chiqirishda ham faol ishtirok etmoqda. Hammasi bo’lib 130 ta asosiy sanoat korxonalari bor, ular da 50 ming ishchi xodim xizmat qiladi.
Qolgan tumanlar, ayniqsa Nurobod va Qo’shrobodda hozircha sanoat ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanmagan.
Qishloq xo’jaligi. Samaqand viloyati Respublikamizning agroiqtisodiyotida muhim o’ringa ega. U mamlakatning 1G’10 qismidan ko’proq qishloq xo’jaligi mahsulotini beradi. Iqtisodiy rayonda, qolgan viloyatlardan farq kilib, qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli. Masalan, Samaqand viloyatida paxtachilik va g’allachilikdan tashqari bog’dorchilik, uzumchilik, tamaki etishtirish ancha yaxshi rivojlangan. Uzumchilik bo’yicha u Toshkent viloyati bilan birgalikda O’zbekistonda etakchi hisoblanadi.
Jami ekin maydonlari 403 ming ga (2000 yil). Shundan 208 ming gektari g’alla (O’zbekistonda 2-o’rinda), 94 ming gektari paxta, 9,6 tamaki, 17,7 sabzavot va 55,1 ming gektari em-xagaak etishtirish bilan band. Bir yilda (ob-xavo sharoitiga karab) taxminan 380—400 ming tonna don, shundan 350—360 tonna bug’doy, 170—200 ming tonna paxta, 23—25 ming tonna tamaki va 410—432 ming tonna turli savzavot mahsulotlari olinadi. Samaqand tevaragida, xususan Toyloq va Samaqand qishloq tumanlarida shaxar atrofi qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan.
Viloyat bo’yicha yirik shoxli mollar soni 800 ming boshga yaqin (Respublikada 1-o’rinda turadi), qo’y va echkilar 900 ming bosh (4-o’rinda) atrofida. Bir yilda etishtirilgan qorako’l teri 60 ming donadan ziyod, pilla 1650—1700 tonnani tashkil etadi.
Intensiv qishloq xo’jaligi asosan viloyatning markaziy hududlarida yaxshi rivojlangan. Umuman qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymati bo’yicha Urgut (11,3 foiz), Ishtixon (9,7 foiz), Samaqand (49,7 foiz), Kattaqo’rg’on (8,5 foiz), Paxtachi (7,7 foiz) tumanlari oldinda turadi. Shuniigdek, Bo’lung’o’r, Toyloq, Pastdarg’om tumanlarining mavqelari ham yaxshiroq. Ayni vaqtda Jomboy, Qo’shrobod, Nurobod tumanlarining ishlab chiqarish salohiyati ancha past.
Samaqand viloyatida rekreatsiya va ayniqsa turizm rivojlanib bormoqda. Turizm tizimini rivojlantirish bo’yicha maxsus davlat dasturi ham ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda. 2500 yildan ortiq tarixga ega bo’lgan qadimiy Samaqand—ilmu-fan, madaniyat, san’at markazi— o’zining betakror arxitektura yodgorliklari bilan (Registon ansambli, Go’ri Amir, Shoxi Zinda, Bibixonim maqbarasi, Ulug’bek abservatoriyasi, Afrosiyob arxeologik ob’ektlari va boshqalar) dunyoga mashxur.
Samaqand—Amir Temur yaratgan Buyuk imperiyaning dorulsaltanati, poytaxti. Uning yaqin atrofi ham turizm ob’ektlari hisoblanadi. Bu borada ayniqsa Chelak tumanidagi Hazrati Imom al Buxoriy maqbarasi, Daxbeddagi Maxdumi A’zam masjidi, Urgut chinorlari, Samaqand yaqinidagi qadimiy bog’lar katta ahamiyatga ega.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish