1. G’arbiy rayon tarkibiga Qo’ng’irot, Shumanay va Qonliko’l tumanlari kiradi. Rayon Qoraqalpog’iston xududining 45,5 va aholisining 12,5 foizini tashkil qiladi. G’arbiy rayon xissasiga Qoraqalpog’istonning 16 foiz sanoat va deyarli shuncha qishloq xo’jaligi mahsuloti to’g’ri keladi. Ushbu rayonning «norasmiy» markazi Qo’ng’irot shaxri (35,2 ming kishi). Bu erda asosan yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan. Shu bilan birga yoqilg’i va kimyo sanoati ham yuksalib bormoqda.
2. Shimoliy rayon Muynoq va Bo’zatov tumanlaridan tashkil topgan bo’lib, unga QR.ning 23,4 foiz maydoni va aholisining atigi 3,2 foizi to’g’ri keladi. Rayon iqtisodiy jihatdan juda sust rivojlangan. U Qoraqalpog’iston sanoat mahsulotining atigi 1,2 foiz, qishloq xo’jaligi maxsulotining 2,5 foizini beradi. Eng yirik shaxri Mo’ynoq (13,6 ming kishi).
3. Markaziy rayon Nukus shaxri hoqimiyati, Nukus va Xo’jayli tumanlarini birlashtiradi. Hududi QR.ning 2,0 foiz, aholisi 32,5 foiz, sanoat mahsuloti 55, qishloq xo’jaligi mahsuloti 13,15 foizga teng. Bu QR. da eng rivojlangan. Markazi—Nukus shaxri. Mintaqa asosini Nukus— Xo’jayli sanoat tuguni va shu nomdagi shaxar aglomeratsiyasi tashkil qiladi. Mazkur rayonda oziq-ovqat, to’qimachilik, elektr-energetika sanoati, sholichilik yaxshi rivojlangan.
4. Sharqiy rayon Qorao’zak, Chimboy, Kegeyli va Taxtako’pir tumanlaridan iborat. Uning QR. da tutgan o’rni: maydoni 17,6 foiz, aholisi 15,6 foiz, sanoati 10—12 foiz, qishloq xo’jaligi bo’yicha 20—22 foiz. Asosiy shaxri Chimboyda 33,1 ming aholi yashaydi. Rayonda yaylov chorvachiligi, sholi etishtirish katta ahamiyatga ega.
5. Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, To’rtko’l va Ellikqal’a tumanlari kiradi. Rayon QR. hududining 7,1 foizini, aholisining esa 36,2 foizini tashkil qiladi. Bu erda agroindustrial majmuasi, shu jumladan paxta va sholi etishtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati rivojlangan. Rayon Qoraqalpog’istonda sanoat mahsulotining taxminan 20 — 22 foiz hamda qishloq xo’jaligining 45—48 foizini ta’minlaydi. Asosiy shaxarlari Beruniy (53 ming) va To’rtko’ul (49 ming kishi).
QR. ichki iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol yo’nalishlari ham xar xil. Masalan, Markaziy rayon o’zining mavqeini saqlagan holda yaqin kelajakda Janubning rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduk—Sultonuvays—Miskin—Nukus temir yo’lining ochilishi ham sabab bo’ladi. Keyingi navbat G’arbiy rayonga kelsa kerak, bu Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan borliq.
Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kelajakda Taxtako’pirdan sharqqa-Qozog’istonning tutash hududiga temir yo’l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo’lib qoladi va uning rivojlanishi ko’p jihatdan Orol takdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday tarqqiyot xususiyatlari QR. ning mintaqaviy siyosatida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |