ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix
(Jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
18.70 guruh talabsi A’zamjonov Shohjahonning
JAHON TARIXI
FANIDAN
«XX ASR OXIRI-XXI ASR BOSHLARIDA GERMANIYA» mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O. Rahmonova
Fаrg‘оnа shahri – 2020– 2021 o`quv yili
MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………3-5
I BOB. GERMANIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN. IKKITA NEMIS DAVLATLARINING VUJUDGA KELISHI………………………6-13
1.1.Germaniya masalasining urushdan keyin hal qilinishi…………………...…..6-8
1.2. Okkupatsiya davri……………………………………………………….…..9-11
1.3.1948 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi………………11-13
II BOB. GFR VA GDR 50-70 YILLARDA GFRNING KONSTITUTSIYAVIY TUZUMI………………………………………………………………………..14-24
2.1. GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida………………………………..…14-17
2.2.L.Erxaddan K.Kizingergacha nemis “Faravonlik davlati”ning gullashi va inqirozi…………………………….……………………………………………..17-21
2.3.“Sotsial-liberal davr”…………..…………………………………………..…21-24
III BOB. “KOL DAVRI”: NEMIS NEOKONSERVATIZMI (YANGI KONSERVATIZMI) VA GERMANIYANING BIRLASHISHI……………25-38
3.1. G.Kol va nemis neokonservatizmi………………………………..………....25-27
3.2. Sharqiy Germaniyada sotsializmning tanazzulga yuz tutishi va Germaniyaning birlashishi……………………………….………………..………………...……27-30
3.3. Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti...30-38
XULOSA ………………………..………………………………………..39-40
FOYDDALANILGAN ADABIYOTLAR……..…………………………...41
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida germaniya o’ziga xos taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.Nihoyatda murakkab vaziyatga qaramasdan G‘arbiy Germaniyaning yetakchi siyosiy kuchlari qisqa muddatda mamlakatning mo‘tadil va samarali rivojlanishi uchun asosi bo‘la oladigan konstitutsiyaviy loyihani yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. XDI, XII, EDP va GSDP konstitutsiyaviy-huquqiy qurilish sohasida yagona tamoyillarga ega edilar. Yangi nemis konstitutsion ongi davlatni na jamiyat taraqqiyotiga hukmronlik qiluvchi va uni yo‘naltiruvchi kuch va na insonni siyosiy va ijtimoiyo tazyiqdan himoya qiluvchi “tungi soqchi” sifatida ham ko‘rishga qarshi edi. Konstitutsiyaviy doktrinaning asosi erkinlik va ijtimoiy javobgarlik g‘oyalari inson huquqlarini himoya qilish va individualizmni cheklash, millatni umumiy ijobiy maqsadlar va manfaatlarga ega haqiqiy ijtimoiy organizm deb e’tirof etish, fuqarolik jamiyatini boshqarishda davlat rolining oshganligi va shu bilan birgalikda uning sinfiy yoki irqiy hukmronlik vositasi emasligini e’tirof etish tashkil qilardi. Konstitutsiyaviy nazorat doirasi ijtimoiy munosabatlarning asosiy va muhim turlari-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashqi siyosiy munosabatlarni qamrab oldi. Har bir individning to‘laqonli rivojlanishi uchun sharoit yaratish zaruratini e’tirof etgan nemis konstitutsionalizmi inson va jamiyatning huquq va burchlarining ajralmasligiga tayanardi. U davlatni erkinlik, adolat, birdamlik kabi tayanch qadriyatlar asosida tuzilgan hamjamiyat deb e’tirof qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |