Kurs ishining maqsad va vazifalari.Mavzuyimni yoritilishidan ko’zlangan asosiy maqsad Germaniyaning XX asr oxiri-XXI asr boshlaridagi voqealar jumladan, bu davlatning birlashuvi, iqtisodiy taraqqiyotini tahlil etib, voqea va hodisalardan xulosa chiqarish.Germaniyaning rivojlanish yo’llarini o’rganish va vatanimizga mos jabhalarini o’zimizga tadbiq qilish.GFRning Asosiy qonuni demokratik va sotsial federativ davlat tuzishni e’lon qildi. Asosiy qonun ijodkorlari konstitutsion qurilishning asosiy maqsadi nemis xalqining butun dunyoda tinchlik uchun xizmat qilishi, uning teng huquqli a’zo sifatida birlashgan Yevropaga kirishi va “Xudo va odamlar oldidagi majburiyatining bajarishi” deb e’tirof etishdi. Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida inson huquqlari, jumladan, yashashga va shaxsiy daxlsizlikka, e’tiqod va vijdon erkinligi saylovlarda qatnashish va ittifoqlarga birlashishi, harakatlanish va kasb tanlash, adolat sohasidagi daxlsiz huquqlar mustahkamlangan edi. Davlat maxsus javobgar bo‘lgan sohalar nikoh va oila hamda maktab ta’lim tizimi deb belgilandi. Asosiy qonun umumiy faravonlik tushunchasini kiritdi va mulk instituti uchun uning nufuzini belgiladi. (“Mulkka egalik qilish javobgarlikni keltirib chiqaradi: unga egalik qilish umumiy faravonlikka xizmat qilishdir”). Konstitutsion tuzumni qulatishga qaratilgan har qanday urinishga qarshi kurashish-nemis xalqining maxsus jamoaviy huquqi deb belgilandi.
Kurs ishining davrlashtirilishi. Bilamizki,tarixni o’rganishda davrlashtirish ya’ni xronologik jihatdan o’rganish qulay va shu bilan tushunarli va keng keng miqyosda o’rganishga yordam beradi. Men o’rganayotgan mavzuyim Germaniyahaqidagi ma’lumotlarimni to’g’ri xranalogik tartibga slogan holda rejalar asosida izlanishimni amalga oshirdim.Ushbu kurs ishi Germaniyaning Ikkinchi jahon urishidan keyin bo’linishi, okupatsiya davridan boshlab to XXI asr boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oladi. Germaniya Federativ Respublikasi 9 ta yerni birlashtirdi (G‘arbiy Berlin muxtoriyatni saqlab qoldi, ammo G‘arbiy Germaniya parlamentida o‘z vakillariga ega edi; Saar viloyati 1957-yilda 10-chi yer bo‘ldi).Federatsiyaning har bir subyektiga o‘z konstitutsiyasi, vakillik va boshqaruv organlari, qonunchiligiga ega bo‘lish huquqi berildi. Federatsiya va yerlarning vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan edi. Asosiy qonun Federatsiyaning so‘zsiz qonunlari amal qiluvchi va “raqobat qiluvchi qonunchilik” doiralarini aniq ajratib berdi. Federativ qonunlar doirasiga tashqi siyosat, mudofaa, fuqarolik instituti, harakat erkinligi, moliya, bojxona va savdo huquqlari kirdi. Yerlar bu sohalarda faqat konstitutsiya ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘z qonunlariga ega bo‘lishlari mumkin edi. Yer siyosatining konstitutsiyaga mos kelmasligini oldini olish uchun Federatsiya ekzekutsiya (majburlash) huquqiga ega bo‘ldi. Raqobat qiluvchi qonunchilik sohalarida (fuqarolik, jinoyat, protsessual huquqlari, sud amaliyoti va advakatura ittifoq va birlashmalar tuzish huquqi va h.k.)yerlar afzallikka ega bo‘lishdi. Federatsiya bu sohalarda faqatgina umumiy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatning huquqiy va iqtisodiy yagonaligini saqlab qolish uchungina o‘z qonunlarini qabul qilishi mumkin. Buning uchun federatsiya “cheklovchi ko‘rsatmalar”ni nashr etadi va yerlar qonunchiligi bu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqiladi. Subsidiya tamoyiliga asoslangan federalizmning bu ko‘rinishi Germaniyada “kooperativ” federalizm deb nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |