2.2. L.Erxaddan K.Kizingergacha nemis
“Farovonlik davlati”ning gullashi va inqirozi
60-yillarning boshiga kelib Adenauerning siyosiy obro‘si tusha boshladi. Uning konservativligi, o‘zgalar fikriga toqatsizligi, shubha qilishi hukumatning samarali faoliyat ko‘rsatishiga halaqit berar va partiyada norozilik tobora oshishiga sabab bo‘lardi. 1963-yil 23-aprelda XDI deputatlar fraksiyasi yig‘ilishida Erxardni 87 yoshli kansler o‘rniga saylash haqida qaror qabul qildi6. Murosaga moyil bo‘lgan romantik obro‘si, sigaretasi qo‘ldan tushmaydigan ochiq ko‘ngil baqaloqning tashqi ko‘rinishi, “iqtisodiy mo‘jiza” otasi obro‘si Erxardni ham saylovchilar, ham mamlakat siyosiy elitasi uchun jozibali qilardi. Erxard demokratik edi, bahs-munozaradan bosh tortmas va Adenauerning avtoritar boshqaruv usullariga yo‘l qo‘ymaslik kerak deb hisoblardi. 1963-yil 15-oktabrda 14-yildan keyin, Adenauer iste’foga chiqdi va bir kundan keyin Bundestag majlisida Lyudvig Erxard federal kansler etib saylandi. U o‘z hukumati maqsadi ijtimoiy tinchlik va hamkorlikni ta’minlash, “markaz va o‘zaro hamdillik siyosati”ni yurgizish ekanligini e’tirof etdi. Erxard umummilliy manfaatlarni amalga oshirish uchun barcha siyosiy kuchlarni birlashtirishga, manfaatlar muvozanatini izlash va konfrontatsiya (qarama-qarshilik)dan voz kechishga da’vat etdi. Vitse-kansler lavozimini EDP rahbari Erix Mende egalladi. Erxard GSDPni o‘zaro manfaatli hamkorlikka chaqirdi.
G‘arbiy Germaniyadagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvol hukumat rejalariga qulaylik tug‘dirardi. Agar 60-yillarning boshlarida retsessiya (?) alomatlari kuzatilib, rivojlanish sur’atlari 1961-yilda 5 %dan 1969 yilda 3,5% ga tushib qolgan bo‘lsa-da, 1964-yildan boshlab taraqqiyot sur’atlari ilgarigi “oltin o‘n yillik” darajasiga yetdi. Bir yilning o‘zida YAMMning o‘sishi 9,5%ni (sanoat ishlab chiqarishi 8% ga o‘sdi) tashkil etdi. Bunda mehnat samaradorligining o‘sishi ishchi xodimlar sonini oshirish hisobidan emas, balki asosan mehnat unumdorligini oshirish hisobiga erishildi. 1965-yilda iqtisodiyo o‘sish davom etdi va faqatgina 1966 yilda yana retsessiya boshlandi. Ammo o‘sish sur’atlarining pasayishi inqiroz belgisi emas edi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘lamlarini saqlab qolish iqtisodiyotning “qizib ketishi” bilan tahdid solardi va hukumat investitsion faollikni biroz pasaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bu yillar davomida mehnat bozoridagi ahvol nihoyatda yaxshi edi. Bo‘sh ish o‘rinlari muntazam o‘sib borar va doim ishsizlar sonidan ko‘proq edi. Ishchi kuch importi odatiy holga aylandi. Erxard hukumati agrar siyosatga katta ahamiyat berdi. 1964-yildagi “yashil reja” “agrar tuzilmani yaxshilash” uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yo‘naltirish jarayonini rag‘batlantirish masalasini qo‘ydi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ri kreditlar berish va qishloq joylarda transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun budjet xarajatlari oshirildi. 1964-yilning o‘zida bu maqsadda 2,5 milliard marka sarflangan edi.
“Iqtisodiy o‘sish”ning davom etishi nihoyatda yuqori turmush darajasini saqlab qolishga imkon berdi. 1966-yilda o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, nemislarning 89% o‘z daromadlaridagi qoniqishlarini, 45%i esa “keragidan ham ortiqroq daromad qilayotganliklarini”, atigi 10%i daromadlardan norozi ekanligini aytishgan7. Bunday vaziyatda hukumat obro‘si juda baland edi. Ammo xristian demokratlarning ko‘p yillik siyosiy hukmronligi nemis jamiyatida ruhiy charchashni keltirib chiqardi. XDIning o‘zida g‘oyalar inqirozi sezila boshlandi. Vaziyatdan chiqish uchun Erxard partiya dasturini yangilashga faol kirishdi.
1965-yildagi (mart oyida) partiya syezdida Erxard ilk bor “shakllangan jamiyatning o‘z konsepsiyasini batafsil bayon qildi. U nemis jamiyati o‘z taraqqiyotining prinsipial yangi bosqichiga yaqinlashmoqda deb taxmin qildi. Sanoq boshi deb Erxard proletariat va burjuaziya ziddiyatiga asoslangan” X1X asrning sinfiy jamiyatini ko‘rsatdi. Birinchi jahon urushidan keyin boshlangan keyingi rivojlanish bosqichi, sinflar ziddiyatini bartaraf etayotgan, ammo “manfaatlar guruhi” yoki “ittifoqlar” (korxonalar, kasaba uyushmalari, iste’molchilar va h.k.lar ittifoqlari) raqobati bilan xarakterlanadigan “imperialistik jamiyat shakllanishidan iborat edi. Uchinchi bosqichda (“shakllangan jamiyatda”) guruhiy manfaatlar xilma-xilligi “umumiy faravonlikka bo‘ysundiriladi”. Erxard taxminicha bunday jamiyat mohiyatan kooperativ jamiyat, ya’ni barcha guruhlar va manfaatlar hamkorligiga asoslangan jamiyat bo‘ladi.
“Shakllangan jamiyat” konsepsiyasi romantik (PROJEKTERSTVO) va harbiy jamiyat taraqqiyotining real yo‘nalishi, ijtimoiy motivatsiyaning an’anaviy andozalari tahlili va iste’molchilik psixologiyasining qarama-qarshi sintezidan iboratligi ayon bo‘ldi. Erxard yaqinlashayotgan “iste’molchilar jamiyati” inqirozni his qila turib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini “insoniylashtirish” yo‘llarini izlashni talab qilar, nemislarni “faqatgina shaxsiy manfaatlar emas, balki butun jamiyat manfaatlari uchun qayg‘urishga, ijtimoiy farovonlik faqatgina ishlab chiqarish, iste’mol, iqtisodiy o‘sish bilan belgilanmasligini eslashga da’vat etardi. Ammo uning konsepsiyasini “faravonlik hamma uchun” g‘oyasi, jamiyat barcha qatlamlari manfaatlarini qondirish uchun ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning maqbul muvozanatini izlash tashkil etardi. “Shakllangan jamiyat” konsepsiyasining bu varianti 60-yillarda barcha G‘arb mamlakatlarida gullab yashnagan, ammo o‘z inqiroziga tobora yuz tutayotgan “faravonlik davlati” modelining mafkuraviy asoslash shakllaridan biri edi.
Xristian-demokratik harakatning o‘sib borayotgan inqirozi 1965-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ayon bo‘ldi. Saylovda 39,5% ovoz va 202 deputatlik mandatiga ega bo‘lgan GSDP yetakchilik qildi. XDI faqatgina ikkinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi. Uni saylovchilarning 38,1% sayladi, bu esa 196 mandatga ega bo‘lishga imkon berdi. 9,5% ovoz va 49 tadan mandatga ega bo‘lgan XSI va EDPlarning qo‘llab-quvvatlashi XDIga parlamentda ko‘pchilikni saqlab qolishga imkon berdi8. Ammo bu koalitsiyaning siyosiy barqarorligi susayib borardi.
Hukumat mavqeini mustahkamlashga Erxardning tashqi siyosati ham yordam bermadi. Bu sohada kansler tabiiy faoliyatsizlikni namoyish etdi. Erxard Adenauer tomonidan hukmronlikning oxirgi yillarda tanlangan Yevropaparast faol siyosatdan voz kechdi. Fransiya bilan o‘zaro munosabatlarda kelishuv bordek edi, ammo Erxard de Gollni Yevropa komissiyasi raisi V.Xolshteyn bilan qarama-qarshilikda qo‘llab-quvvatlashni xohlamadi. Bundan tashqari siyosiy integratsiya va Yevropa hamjamiyatlarida davlatlardan yuqori nufuzga ega institutlar rolini kuchaytirish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi Xolshteyn tarafdorlari ham nemis hukumatida oz emas edi. O‘zining Yevropaga oid siyosatida Erxard atigi 1962-yilda qabul qilingan qishloq xo‘jaligi dasturining turli jihatlarini tartibga solishga katta e’tibor berdi.
Tashqi siyosatga doir boshqa masalalarda ham Erxard “sentristlik” (markazparastlik)ni saqlab qolishga harakat qildi. U 1963-yilda AQSHDa taklif qilingan NATOning ko‘p millatli yadro kuchlari g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va GFR hududida NATO mamlakatlarining harbiy ishtirokini saqlab qolishga harakat qilardi. “Atlantik hamdillik” tamoyili Bonnlarning tashqi siyosatidagi ustivor yo‘nalish deb hisoblandi. Ammo shu bilan bir vaqtda Erxard 1963-yil avgustida AQSH, Buyuk Britaniya va AQShning atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi Moskva shartnomasiga ham ijobiy baho berdi. 1966-yilda Erxard hukumati Bundestagga qurosizlanish to‘g‘risidagi xalqaro kelishuv loyihasini taqdim etdi. Ammo loyiha parlamentda ko‘pchilik tomonidan ma’qullanmadi. Erxard GFRdagi barcha yetakchi siyosiy kuchlarni qondirishi mumkin bo‘lgan Umumgermaniya muammosi yechimini ham topa olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |