III BOB. “KOL DAVRI”: NEMIS NEOKONSERVATIZMI
(YANGI KONSERVATIZMI ) VA GERMANIYANING BIRLASHUVI
3.1. G.Kol va nemis neokonservatizmi
Hokimiyat tepasiga kelganida Gelmut Kolning obro‘si yetarlicha yuqori emas edi. Uning qiyofasi (imiji) o‘tgan o‘n yilliklar davomida shakllangan G‘arbiy Germaniya siyosiy elitasi yetakchilari to‘g‘risidagi tasavvurlardan keskin farq qilar edi. Bo‘yi 193 sm, og‘irligi 100 kilogrammdan ancha oshiq bo‘lgan og‘ir vaznli, ko‘ngilchan va mehribon ko‘rishuvchi, ammo vaqti-vaqti bilan qat’iyatli va cho‘rtkesar bo‘ladigan Kol ataylab tushunarli, oddiy, o‘z xalqining barcha kamchilik va fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan “oddiy nemis” obrazini yarata bordi. Ammo XDIda Kol siyosiy intrigalar, nozik boshqaruv o‘yinlari ustasi, kerakli odamlar bilan “do‘stlasha oluvchi” va sodiq tarafdorlarni qadrlaydigan odam sifatida ma’lum edi. Kol 1930-yilda tug‘ilgan bo‘lib, urushni ko‘rgan, ammo aybdorlik va g‘am ruhiyatidan xoli bo‘lgan avlodga mansub edi. Tarbiya va qarashlari bo‘yicha katolik va konservator bo‘lgan, XDI safiga talabalik davridayoq kelgan Kol uchun dunyoning qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish o‘zgarishlarga javob berish va ularga mos ravishda o‘zgarish qiyin emas edi.
Gelmut Kol ruhiyati va asoslariga ko‘ra neokonservativ mafkuraga yaqin bo‘lgan xristian-demokratiyaning yangi konsepsiyasini ishlab chiqayotgan siyosatchilarga rahbar edi. Uning eng yaqin hamkasblari partiya bosh kotibi Kurt Bedinkorf, uning o‘rinbosari Xayner Goysler, hamda ijtimoiy qo‘mitalar rahbari Narbert Blyumlar bo‘lishdi. Germaniyaning neokonservatorlar, amerikalik va ingliz hamkasblari kabi GMK (?) davriga xos bo‘lgan etatizm (davlatni ijtimoiy taraqqiyotning asosiy maqsadi va eng yuksak yutug‘i deb hisoblovchi siyosiy oqim), “faravonlik davlati” g‘oyasi, ijtimoiy IJDIVENCHESTVO va mas’uliyatsizlik psixologiyasi, ijtimoiy qurilishning “ideal modelini” izlovchilarga xos bo‘lgan projektchilikni (amalda erishib bo‘lmaydigan loyihalar bilan qiziqish) tanqid qilar edilar. Ular jamiyatning an’anaviy asoslarini tiklash, ma’naviy sog‘lomlashish, ijtimoiy tuzilmaning asosiy elementlari - oila, cherkov, mulk, davlatni kuchaytirishga da’vat qilishar edi. Shu bilan bir vaqtda “neokonservativ inqilob” haqida ko‘zlashishdan o‘zinib tiyar, o‘z dasturini urushdan keyingi demokratik-xristian an’analariga qarama-qarshi qo‘yishni zarur deb hisoblamas edi. Agar 1978-yildagi XDIning “tamoyillar dasturi” xristian demokratlar yangi avlodining yangilanish da’volarini aks ettirgan bo‘lsa, keyinchalik Kol davlat boshqaruvini siyosiylashtirishdan, agressiv fraksiyalararo va partiyalararo qarama-qarshilikdan voz kechib, pragmatik vazifalar va katta ta’sirga ega ijtimoiy kuchlarga tayanishga e’tibor berishga harakat qildi10.
Germaniyaning yangi konservatorlari Erxard tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy bozor xo‘jaligining klassik tamoyillariga tayanar edilar. Industrial iqtisodiy modelning strukturaviy inqirozi sharoitida dirijizmni liberalizmga, boshqaruvchi va rejali iqtisodiyotni raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi qo‘yishdan voz kechish hamda amaldagi bozor mexanizmining o‘zi eng ijtimoiy iqtisodiy tuzum ekanligi va o‘z mehnati bilan qo‘lga kiritilgan va shaxsiy javobgarlikka asoslangan moddiy faravonlik insonning ma’naviy, axloqiy rivojlanishining muhim omili bo‘lishi to‘g‘risidagi g‘oyalarning o‘ta dolzarbligi namoyon bo‘lardi. Nemis yangi konservatizmi konsepsiyasiga urushdan keyingi xristian demokratiyaning asoslari, ya’ni individ erkinligi o‘z yo‘lini mustaqil tanlash huquqi va unga javobgarlikning birligi sifatida siyosiy plyuralizm (xilma-xillik) va siyosiy jarayonning kurashga asoslanganligi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatning raqobatga asoslanganligi, xo‘jalik, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarni ketma-ket subsidlar tarzda (mablag‘ qo‘yib) qo‘llab-quvvatlash prinsipining amalga oshirilishi bilan qo‘lga kiritiladigan ijtimoiy barqarorlik; individning iqtisodiy va siyosiy tazyiqdan himoyalanganligi va faol hamda puxta siyosat yurita olishga qadar bo‘lgan kuchli mamlakat mavjudligining birligi kabi asosiy prinsiplar kiritildi.
G.Kol so‘l sotsial-demokratlarning iqtisodiyotning rejaviy asosini kuchaytirishga ijtimoiy ta’minot tuzimini kengaytirishga, budjet tanqisligi hamda soliqlarni oshirishdan sotsial mamlakat barpo etuvchi vositalar sifatida foydalanishga bo‘lgan urinishlarini qattiq tanqid ostiga oldi. Ammo shu bilan birgalikda u sotsial-liberal kaolitsiyaning inqirozga qarshi siyosiy tajribasiga tayana oldi. Allaqachon Shmidt ham boshqa mamlakatlardagi “yangi konservatizm inqirozi” asosini tashkil etuvchi quyidagi ko‘pgina usullarni qo‘llagan edi: monetar siyosat, aholining barcha qatlamlarini qamrab oluvchi ijtimoiy ta’minotdan tanlab qo‘llab-quvvatlash dasturlariga o‘tish, budjetni tejash siyosati, kichik biznes va NIOKR (?)ning zamonaviy yo‘nalishlarini rag‘batlantirish. Shunday qilib, nemis neokonservatizmi mafkuraviy qarama-qarshilik ruhi va pafosi(?)dan xoli bo‘lib chiqdi. G.Kol o‘z strategik maqsadlarini yaqqol fahmlagan holda barcha siyosiy kuchlar bilan konstruktiv (samarali) muloqot olib borishga e’tiborini qaratdi. qaror qabul qilishda “shoshilmaslik”, konyukturaviy (mansabdorlar shtatini o‘zgartirish) shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik va muammoni “pishib yetishigacha kutish”ga harakat qilish, ko‘rilayotgan chora natijasi eng yaxshi va boshqa iloj qolmaganligi yaqqol bo‘lib qolganligini voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatish G.Kolga xos bo‘lib qoldi. Shu bilan birga G.Kol o‘zining g‘ayratli va nostandart usullardan foydalanish ustasi ekanligi tufayli sustkashlikda ayblashga o‘rin qoldirmas edi. Bunday siyosiy uslub tufayli G.Kol nemis jamiyatining turli qatlamlari vakillari ishonchini qozongan. Germaniyaning eng mashhur va obro‘li siyosatchilaridan biriga aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |