Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi



Download 30,53 Mb.
bet64/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

49-rasm. Zog’ora baliqning tashqi tuzilishi: 1-jabra qopqog’i; 2-burun teshigi; 3-yon chizig’i;
4-ko`krak suzgich qanoti; 5-qorin suzgich qanoti; 6-anal teshigi; 7-orqa suzgich qanoti; 8-anal suzgich qanoti; 9-dum suzgich qanoti; 10-og’iz teshigi.

Har xil suzgich qanotlarining ma`lum bir vazifasi bor. Masalan: dum suzgich qanoti butun dum bo`limi bilan birga, gavdani ilgariga harakat qildiradi hamda rul vazifasini bajaradi.


Juft suzgich qanotlarining yordami bilan baliq chap va o`ng tomonga buriladi. Bundan tashqari, juft suzgich qanotlari baliqlarning gavdasini tabiiy holatda tutib turishga ham yordam beradi. Agar bordiyu baliqlarning juft suzgich qanotlari kesib tashlansa, bunday baliqlar qornini yuqoriga qaratgan holda suv betiga qalqib chiqadi. Orqa va qorin toq suzgich qanotlari aktiv harakatda ishtirok etmasada, lekin ular gavdaga ma`lum darajada turg’unlik berib, harakat etishiga yordam beradi.
Teri qoplami. Suyakli baliqlarning boshini hisoblamaganda, ularning ko`pchiligining butun gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar tomga yopiladigan cherepitsaday bir-birining ustiga yotadi.
Har qaysi tangacha yumaloqlashgan yupqa plastinkadan iborat bo`lib, asosiy qismi teri ichida turadi, tashqi cheti esa mayda arra tishli bo`ladi. Bunday tangachani ktenoid tangacha deyiladi, olabug’asimonlarda ktenoid tangacha bo`ladi.
Suyakli baliqlarning ayrim turlarida yana sikloid tangachalar ham bo`lib, ularning cheti arra tishli bo`lmay, balki tekis bo`ladi. Bunday tangachalar zog’ora baliq, losos, plotva, karas va boshqa baliqlarda bo`ladi. Umuman, suyakli baliqlarda ganoid, kosmoid va suyak tangachalar bo`ladi. Latimeriyalarda kosmoid tangacha uchraydi. Bunday tangachaning ustki qatlami kosmin moddasidan iborat. Ganoid tangachalar kayman baliqlarda uchraydi va yassi rombsimon plastinkalardan iborat bo`ladi. Tangachalar baliqlarning asl terisidan, ya`ni koriumdan hosil bo`ladi. Tangacha qatlami sirtidan yupqa epidermis qobiq bilan yopilgan. Epidermis qobig’ida bir hujayrali bezlar ko`p bo`lib, gavda sirtiga suyuqlik, ya`ni sekret ajratadi. Bu shilimshiq modda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va har xil bakteriyalardan saqlaydi. Baliqlarning tangachalari ularning o`sishi bilan kattalasha boradi va plastinkalarda yirik halqalar hosil bo`ladi, shu halqalarga qarab baliqlarning yoshi aniqlanadi.
Baliqlar tanasaning boshidan to dum suzgich qanotigacha to`g’ri yon chizig’i o`tadi. Bu organ tangachalarni teshib o`tgan qator teshiklardan hosil bo`lgan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig’i joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon chizig’i suv sharoitidagi o`zgarishlarni qabul qiladi.
Skeleti. Suyakli baliqlar skeleti tog’ayli baliqlar skeletidan farq qilib, asosan suyakdan tashkil topgan. Suyaklar kelib chiqishiga qarab tog’ay (xondral) suyaklar va teri, ya`ni qoplag’ich suyaklarga bo`linadi. Xondral suyaklar tog’ay to`qimasining sekin-asta suyak to`qimasiga almashinishidan hosil bo`ladi. Qoplag’ich suyak chin teridan hosil bo`ladi va tog’ayli davrini o`tamaydi. Baliqlarning skeleti o`z navbatida o`q skeleti, bosh skeleti va suzgich qanotlar skeletiga bo`linadi.
O`q skeleti (umurtqa pog’onasi). Suyakli baliqlarning umurtqa pog’onasi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan bir qancha umurtqalar yig’indisidan iborat. Zog’ora baliqning umurtqa pog’onasi boshqa suyakli baliqlarnikiga o`xshab tana va dum umurtqalariga bo`linadi. Umurtqalar tanasi qo`sh botiq amfitsel tipda, ularning orasida xorda qoldiqlari saqlanib qolgan (50-rasm), xorda qoldiqlari umurtqa tanasini teshib o`tadigan tor kanallar orqali bir-biriga qo`shiladi.





Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish