Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Qirg’ovullar (Phasifanidae) oilasiga



Download 30,53 Mb.
bet219/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Qirg’ovullar (Phasifanidae) oilasiga tovuqsimonlar turkumining eng ko`p turlari kiradi. Ular, asosan Janubiy kengliklarda keng tarqalgan bo`lib, oyoqlari patsiz, erkaklarining oyoqlarida katta pix bo`ladi. Bu oilaga xonaki kurkaning ajdodi – Shimoliy Amerika kurkasi (Meleagris gallopavo), Afrika sesarkasi (Numida meleagris), Hindiston tovusi (Pavo cristatus), Hindiston yovvoyi bankiv tovug’i (Gallus gallus), qirg’ovullar, kakliklar va bedanalar kiradi. Hozirgi tovuqlarning ajdodi hisoblangan yovvoyi bankiv tovug’i Janubiy Xindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Himolay tog’lari etaklaridagi tropik o`rmonlarda yashaydi. O`zbekistonda qirg’ovullar oilasining 7 ta turi uchraydi.
Bedana (Coturnix coturnix) qirg’ovullar oilasi orasida eng maydasi bo`lib, og’irligi 80-120 g keladi. Tovuqsimonlar turkumi ichida faqat bedanalar uchib ketuvchi qushlar hisoblanadi. Bizdagi bedanalar, asosan Hindistonda va Afrikada, ozroq qismi esa Yevropaning janubida va Kavkazda qishlaydi. Ular ko`pincha ochiq joylarda, ya`ni cho`lda, dalada, o`tloqzorlarda yashaydi.
Bedanalar o`t-o`lanlar orasiga 12-15 ta, ba`zan 24 tagacha tuxum qo`yadi va tuxumni 21 kun bosadi. Ular o`simlik ozuqalari va mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Bedanalar kuzda juda ham semirib ketadi va ko`plab ovlanadi. O`rta Osiyo davlatlarida odamlar bedanani sayroqi qush sifatida xonadonlarda boqishadi. Oxirgi yillarda bedana tuxumi va mazali go`shti uchun maxsus fermalarda boqiladi.
Kaklik (Alectoris graeca) childan bir oz yirikroq, og’irligi 400-500 g keladi. MDHda keng tarqalgan. Patlari qo`ng’ir-kulrang. Kakliklar, asosan Kavkaz, O`rta Osiyo, Oltoyning tog’li hududlarida ko`p uchraydi. O`zbekistonda Qizilqum tog’lari va O`zbekistonning barcha tog’li hududlarida tarqalgan. Ular o`z uyalarini yerni kavlab ichiga xas-cho`p va patlar solib quradi. Uyalariga 12-26 ta tuxum qo`yadi. Tuxumlarini 21 kun bosib yotadi. Go`shti mazali.
Qirg’ovullar, asosan Osiyoning janubiy qismida ko`plab uchraydi. MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda qirg’ovullardan oddiy qirg’ovul (Phasianus colchicus) daryo vodiylaridagi to`qaylarda hamda Tyanshan, Turkiston va Boysun tog’larida uchraydi. Erkagining oyog’ida katta pixi bo`ladi va oyoqlari patsiz. MDHda qirg’ovullar Volga bo`ylarida, Kavkaz, O`rta Osiyo, Qozog’iston va Uzoq Sharqda tarqalgan.
Ular qalin o`rmonlarda, butalar orasida va qamishzorlarda yashaydi. Qirg’ovul chiroyli, yirik qush, erkagining og’irligi 1,5 kg keladi. Patlarining rangi urg’ochilaridan farq qiladi, ya`ni ko`kragi, bo`yni va orqasi yaltiroq binafsha tusda, ko`kragining o`rtasi esa qizil rangda bo`ladi. Urg’ochisining orqasi ochiq qo`ng’ir tusda, ko`kragining usti sarg’ish-jigarrangda bo`ladi. Daraxtlarga kamdan-kam qo`nadi. Uyasini butalar orasiga chuqurchalar qazib, xas va pat bilan to`shalgan uya quradi. 10-18 ta tuxum qo`yadi. Inkubatsiya davri 25-26 kun. Qirg’ovullar har xil o`simlik urug’lari, mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Boshoqli donlar yig’ishtirilgandan keyin dalada to`kilib qolgan donlar bilan ham oziqlanadi, g’allachilikka zarar yetkazmaydi. Zararkunanda hasharotlarni va begona o`tlarni urug’ini yeb foyda keltiradi. Ko`p hududlarda daryolar o`zanlarining o`zgarishi, to`qaylarning o`zlashtirilishi sababli qirg’ovullarning soni kamayib ketmoqda. Shuning uchun ularni maxsus qo`riqxonalarda ko`paytirilmoqda.
Afrika o`rmonlari va butazorlarida sesarkalar (Numidinae) kichik oilasiga kiruvchi 7 ta tur uchraydi. Tashqi ko`rinishidan tovuqqa o`xshaydi. Massasi 1 kg atrofida.
Shimoliy Amerikaning janubiy hududlarida va Markaziy Amerikada alohida kurkalar (Meleagridinae) kichik oilasiga kiruvchi 2 tur kurka uchraydi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish