B
159-rasm. A. Qushlarning arterial qon tomirlari sistemasi sxemasi: 1 - aortaning o`ng yoyi,
2 - o`ng nomsiz arteriya, 3 - o`ng umumiy uyqu arteriyasi, 4 - tashqi uyqu arteriyasi,
5 - ichki uyqu arteriyasi, 6 – o`mrov osti arteriyasi, 7 - ko`krakning o`ng arteriyasi, 8 - ichak arteriyasi, 9 - orqa aorta, 10 - chap buyrak arteriyasi, 11 - o`ng son arteriyasi, 12 - o`ng quymich arteriyasi, 13 - o`ng yonbosh arteriyasi, 14 – dum arteriyasi, 15 – o`pka arteriyasi (arteriya qon tomiridagi vena qoni qora rangda bo`yalgan). B. Qushlarning venoz qon tomirlari sistemasi sxemasi: 1 - o`ng bo`yinturuq venasi, 2 - o`ng o`mrov osti venasi, 3 - o`ng ko`krak venasi, 4 - o`ng oldingi kovak venasi, 5 - o`pka venasi, 6 - dum venasi, 7 - o`ng buyrak qopqa venasi, 8 - o`ng buyrak venasi, 9 - o`ng son venasi, 10 - o`ng yonbosh venasi, 11 - keyingi kovak vena, 12 - ichak tutqich venasi, 13 - ichak usti venasi, 14 - jigar qopqa venasi,
15 - jigarning chap venasi, 16 - chap buyrak, 17 - jigar (arterial qonli vena qon tomirlari chiziqchalar bilan ko`rsatilgan).
Gavdaning orqa qismidan keladigan qon yurakka quyidagicha quyiladi. Kichkinagina dum venasidan qon ikkita buyrak qopqa venalariga quyiladi. Biroq hamma buyrak qopqa sistemasida mayda kapillyarlarga bo`linmasdan, ularning bir qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o`tadi.
Bu qon tomirlari buyrakdan chiqishi bilan orqa oyoqlardan qon olib ketayotgan son venalariga qo`shilib, juft yonbosh venani hosil qiladi. Yonbosh venalari bir-biriga qo`shilib, orqa kovak venani yuzaga keltiradi. Ichki organlardan qon toq jigar qopqa venasiga qo`shiladigan figastel ichak tutqich venasiga yig’iladi (bu vena qushlar uchun juda xarakterlidir). Ichak tutqichdan venoz qonni olib keluvchi ichak usti venasi ichak tutqich vena bilan qo`shilib, jigar qopqa venasini hosil qiladi. Jigarda qon jigar venasi orqali chiqib, orqa kovak venaga ko`shiladi. Orqa kovak vena bilan bir juft oldingi kovak vena venoz qonni o`ng yurak bo`lmasiga quyadi.
O`pkada oksidlangan qon o`pka venalari orqali avvalo, chap yurak bo`lmasiga, so`ngra chap yurak qorinchasiga o`tadi.
Qushlar tanasida moddalar almashinuvi juda jadal kechadi. Arteriya qoni kislorodga juda to`yingan bo`ladi. Shuning uchun oksidlanish jarayoni juda tez boradi va tana haroratining ko`tarilishiga olib keladi. Barcha qushlar issiq qonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarning o`rtacha tana harorati +420C atrofida bo`ladi. Kaptarning tana harorati +43,5°C. Yirik qushlarning tana harorati odatda +38 - 40°C, mayda qushlarning tana harorati esa +450C gacha ko`tariladi. Ozuqaning tez hazm bo`lishi tana haroratining doimiy saqlanishiga yordam beradi. Shuni ham ta`kidlash kerakki, qushlar yuragining tanasiga nisbatan og’irligi ularning harakati bilan bog’liq. Masalan: yaxshi uchuvchi lochin yuragining massasi qush og’irligining 1,7% ni tashkil etadi. Lochinlar oilasiga kiruvchi uncha tez ucholmaydigan maymunqush yuragining massasi tana og’irligining 1,2% ni va yomon uchadigan zag’izg’on (hakka) yuragining massasi uning umumiy og’irligining 0,9% ni tashkil qiladi. Qushlarda tanasiga nisbatan qon miqdori ham ancha yuqoridir. Masalan: suyakli baliqlar tana og’irligining 3% ni qon tashkil qilsa, bu ko`rsatkich dumsiz amfibiyalarda 6% ni va qushlarda 9% ni tashkil qiladi. Qushlarning yuragi juda tezlik bilan qisqaradi. Masalan: kaptarning yuragi minutiga 140-360 marta uradi, chumchuqlarda esa 460 taga yetadi. Chumchuqsimonlarga kiruvchi snegirlarning yuragi minutiga o`rtacha 730 marta uradi. Qushlar yuragining tez yoki sekin urishi (qisqarishi) ularning katta-kichikligiga bog’liq. Masalan: 250 g keladigan kaptar yuragining urish tezligi o`rtacha minutiga 248 taga teng, 13 g lik savaning o`rtacha yurak urishi minutiga 754 taga yetadi. Qushlarda yuragining urish tezligi, ularning tinch, uchmasdan bir joyda qo`nib turganda va uchib yurganida ham har xil bo`ladi. Masalan: kaptar tinch bir joyda qo`nib turganida yurak urish tezligi minutiga o`rtacha 165 taga teng, uchib yurganida esa 550 marta uradi. Yana shu narsa qiziqki, suvga sho`ng’iydigan qushlarning yurak urish tezligi kamayadi. Agar qush suvning tagida 5 sekund tursa uning yurak urish tezligi oldingi holatidan 73% gacha kamayadi, 10 sekund tursa 48% gacha sekinlashadi, 15 sekunddan keyin esa 42% gacha sekinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |