Ovqat hazm qilish organlari. Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshash bo`ladi. Hozir yashab turgan qushlarning jag’larida tishlari bo`lmaydi, uning vazifasini, ya`ni ovqatni tutish va ushlashni shox modda (muguz) bilan qoplangan ostki va ustki tumshuqlar bajaradi. Qush tumshug’i oziqlanishiga qarab har xil shaklda bo`ladi. Masalan: ko`pchilik yirtqich qushlarning tumshug’i muguzli qalin qobiq bilan qoplangan bo`lib, uchi ilmoqsimon qayrilgan.
Donxo`r qushlarning tumshug’i uchli va to`g’ri bo`lib, donni cho`qib olishga moslashgan. G’ozsimonlarning tumshug’i yapaloqlashgan shox plastinkalardan iborat, saqoqushlarning pastki jag’i tubida terisimon xaltasi bo`lib, baliqlarni ushlashga va saqlashga moslashgan. Kaptarning tumshug’i ochilganda uning ustki va pastki jag’larida tishlarini yo`qligi, og’iz bo`shlig’ida kuchli muguzlangan o`tkir kalta tili borligini ko`rish mumkin. Umuman, tilning shakli ham turli qushlarda turlicha. Masalan: yirtqich qushlarning tili kalta va qattiq, g’ozsimonlarning tili etli va qalin, qizilishtonlarning tili esa uzun va juda harakatchan bo`ladi.
So`lak bezlari turli qushlarda har xil rivojlangan. Ba`zilarda, masalan tentakqushlarda so`lak bezlari deyarli bo`lmaydi. So`lak bezlari salangan qaldirg’ochlarida, ya`ni jarqaldirg’ochlarda yaxshi rivojlangan. Ular qaldirg’och uyalari deb ataladigan uyalarini shamolda qurigan so`laklaridan uzoq muddatda (40 kun davomida) quradi. Yirtqich qushlarda so`lak ozuqani namlaydi va natijada ozuqa qizilo`ngachdan yengil sirpanib o`tadi.
Kaptar va boshqa qushlar ozuqani tili bilan og’iz ichkarisiga, ya`ni halqumiga yo`naltiradi (155-rasm).
Ko`pchilik qushlarda, ayniqsa, yirtqich qushlarda, donxo`rlardan – kaptar va tovuqlarning qizilo`ngachida, bo`yin asosining sathida kengaygan joy - jig’ildoni bo`ladi. Kaptarning jig’ildoni juda katta. Yutilgan oziq jig’ildonda turib qoladi, bezlardan ajralgan shira ta`sirida oziq jig’ildonda ho`llanadi va yumshatiladi. Bo`kkan oziq jig’ildondan qizilo`ngach bo`ylab oshqozonga o`tadi. Kaptarning jig’ildoni yosh jo`jalarini oziqlantirayotganida yog’li quyuq modda, ya`ni qush suti ajratib, o`z jo`jalarini shu modda bilan boqadi (bu moddada 10% oqsil va 12-15% yog’ bo`ladi). Flamingolar va nayburunlilar ham o`z jo`jalarini shu usulda boqadi.
Qushlarning oshqozoni ikki bo`limdan, ya`ni bezli oshqozon va muskulli oshqozondan iborat. Bezli oshqozondan ovqat hazm qilish shiralari ajralib chiqib, bu yerda oziq ayrim kimyoviy o`zgarishlarga uchraydi.
Oshqozonning ikkinchi muskulli bo`limi devorlarida kuchli muskullar rivojlangan. Kaptarda va boshqa donxo`r qushlarda bu bo`limning ichki yuzasi burmali muguz qoplamaga ega. Oshqozon muskul devorlarini qisqartirib qushlar yutgan toshlar va boshqa qattiq jismlarni harakatga keltiradi. Natijada oziq toshlarga va muguzli oshqozon devoriga ishqalanib yumshoq bo`tqaga aylanadi va bunday ovqat 12-barmoqli ichakka o`tadi. 12-barmoqli ichakka oshqozon osti bezi birlashgan bo`ladi. Oshqozon osti bezi va jigar ajratadigan o`t suyuqligi 12 – barmoqli ichakka tushadi, natijada oziq bu suyuqlik ta`siriga uchrab, bir necha halqali uzun ingichka ichakka va undan qisqa orqa ichakka o`tadi. Orqa ichak nisbatan kalta, u yo`g’on va to`g’ri ichaklarga aniq ajralmagan. Ko`pgina qushlarda ingichka ichak bilan yo`g’on ichak qo`shiladigan joyda bir juft ko`r o`simta, ya`ni ko`richak bo`ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar kabi, qushlarda ham to`g’ri ichak kloakaga ochiladi. Kloakaga siydik yo`li va ko`payish organlarining yo`li ham ochiladi. Qushlarda har xil ovqatlarni hazm qilishi turli vaqtda kechadi. Masalan: uy chumchuqlari yegan donlarini 3-4 soatda, qo`ng’izlarni 1 soatda va
Do'stlaringiz bilan baham: |