B
155-rasm. Kaptarning ovqat hazm qilish sistemasi sxemasi: A - umumiy ko`rinishi, B – yorilgan holdagi oshqozoni: 1-qizilo`ngach, 2 - jig’ildon, 3 - bezli oshqozon, 4 – muskulli oshqozon, 5 - o`n ikki barmoqli ichak, 6 - oshqozon osti bezi, 7 - jigar, 8 - o`t yo`li, 9 - taloq,
10 - ingichka ichak, 11 - to`g’ri ichak, 12 - kloaka, 13 - ko`richaklari, 14 - muskulli oshqozon kutikulasi, 15 - o`n ikki barmoqli ichakka o`tish yo`li.
hasharotlarning lichinkalarini 15 minutda hazm qila oladi. Turli qushlarda ozuqasi tarkibiga qarab ichagining uzunligi ham har xil bo`ladi. Masalan: o`simlikxo`r qushlarning ichagi tanasiga nisbatan 10 barobar, Afrika tuyaqushida 20 barobar, qoravoylarda va kalxatlarda 11-12 marta, nandu, kaklik va kunduzgi yirtqich qushlarda 7-8 marta va ko`pgina hasharotxo`r qushlarning ichagi gavdasiga nisbatan 4-7 marta uzun bo`ladi.
Qushlarning jigari katta va ikki pallali, o`t pufagi ko`pchilik qushlarda bo`ladi. Kaptarda o`t pufagi yo`q. O`t pufagi yo`li 12 – barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarda jigarda ishlangan o`t suyuqligi ikkita o`t yo`llari orqali 12-barmoqli ichakka quyiladi. Qushlar kloakasining ustki devoridan ko`r o`simta-fabritsiy xaltasi chiqadi. Limfa hujayralarini (leykotsitlarni) ishlab chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo`lib, qush yoshi ortgan sari bu o`simta kichrayib boradi.
Oshqozon va jigarga yaqin joyda to`q qizil rangli kichkina taloq joylashgan. Ko`pchilik qushlar, deyarli kun bo`yi oziqlanib, haddan tashqari ko`p ozuqa yeydi. Ularning hayoti doimiy harakatda, tinimsiz faoliyatda o`tadi, uni tiklashga ko`p energiya sarflanadi. Shuning uchun qushlar organizmi kuchli oziqlanishga ehtiyoj sezadi. Ozuqani tez hazm bo`lishi va ichak ozuqadan tez-tez bo`shalib turishi qushlarni ortiqcha yukdan xalos qiladi.
N
156-rasm. Qushlarning nafas olish organlari:
1 - traxeya, 2 - bronxlar, 3 - o`pka, 4 - havo xaltalari, 5 - ustki hiqildoq,
6 - pastki hiqildoq.
afas olish organlari. Qushlarning nafas olish organlari o`ziga xos va sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Havo o`pkaga burun teshiklari, og’iz bo`shlig’i bilan tutashgan burun bo`shlig’i, hiqildoq, traxeya va 2 ta bronx orqali o`tadi. Kaptarning og’zini ochib qaralsa, tilining orqasida yoriq borligini ko`rish mumkin. U ustki hiqildoqqa tutashadi. Ustki hiqildoq 3 ta – uzuksimon va bir juft cho`michsimon tog’aylardan tashkil topgan. Hiqildoq halqa tog’aylar bilan o`ralgan traxeyaga ulanadi. Traxeya qushning butun bo`yni bo`ylab, qizilo`ngachdan oldinda joylashgan.
Traxeyaning pastki qismida pastki hiqildoq bo`lib, u ovoz apparati vazifasini bajaradi. Shu apparat tufayli qushlar har xil ovoz chiqarishi va sayrashi mumkin. Traxeya o`ng va chap o`pkalarga kiradigan 2 ta bronxga bo`linadi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan joyda o`rnashgan va tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o`xshash bo`ladi (156 - rasm).
Qushlarning o`pka tuzilishi sudralib yuruvchilarnikidan o`pka to`qimalarida bronxlarning va qon tomirlar kapillyarlari juda ingichka tarmoqlarining o`ralashib ketganligi bilan farq qiladi. Bronx tarmoqlarining bir qismi o`pka orqali o`tadi va uning tashqarisida yupqa devorli havo xal-tachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari qush tanasining turli qismlarida (ichki organlar va muskullar o`rtasida, teri ostida va hatto, skeletining naysimon suyaklari ichida) joylashadi. Ularning umumiy hajmi o`pka bo`shlig’i hajmidan qariyb 10 marta katta bo`ladi.
Havo xaltachalari qush tanasining zichligini kamaytiradi, uchish vaqtida ichki organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Qushlar har xil holatda turlicha nafas oladi.
Agar qush uchmasdan daraxt shoxida yoki yerda tinch turgan bo`lsa, nafas olishi va nafas chiqarishi ko`krak toj suyagi va to`shning pastga tushishi va yuqoriga ko`tarilishi hisobiga amalga oshadi. Bunda ko`krak toj suyagi va to`sh pastga tushirilganda ko`krak qafasining hajmi kengayadi va havo nafas olish yo`llaridan o`pkaga hamda havo xaltachalariga kiradi. Ko`krak toj suyagi va to`sh ko`tarilganda esa ko`krak qafasining hajmi kichrayadi, havo xaltachalari va o`pkadagi havo yuqori bosim ta`sirida tashqariga siqib chiqariladi.
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |