Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi amfibiyalar va reptiliyalarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan (160-rasm).
Avvalo, qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarim-sharlarining rivojlanishi ular turq-atvorining juda murakkabligidan dalolat beradi. Ma`lumki, qushlarning miyachasi muvozanatni ta`minlaydi va harakatlar koprdinatsiyasini boshqaradi. Shuning uchun ham uchish qobiliyatiga ega bo`lgan va murakkab hamda turli-tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa miya vazniga teng bo`lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan og’ir bo`ladi. Masalan: tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasiga nisbatan 150% og’ir, kaptarlarda esa bu ko`rsatkich 250% ni tashkil etadi.
B
V
160-rasm. Kaptarning bosh miyasi: A-ustki tomondan, B-pastki tomondan, V-miya qorinchasi ochilgan va miyachasi olib tashlangan holdagi ko`rinishi: 1 - oldingi miyaning hidlov bo`laklari, 2-oldingi miya katta yarimsharlari, 3- epifiz, 4-oraliq miyaning ko`ruv bo`rtmalari, 5-xiazma, 6-gipofiz voronkasi bilan, 7-o`rta miyaning ko`ruv bo`laklari, 8-miyacha,
9-uzunchoq miya, 10-targ’il tana.
Qushlar bosh miyasi vaznining og’irligi, avvalo, ularning oldingi miya yarimsharlarining kattaligiga bog’liq. Masalan: tovuqsimonlarda oldingi bosh miya yarimsharlari massasi miyaning boshqa bo`limlari massasiga teng, ya`ni 1:1, yirtqich qushlarda esa bu ko`rsatkich 2:1, chumchuqsimonlarda va to`tiqushlarda 3:1 ga teng bo`ladi. Qushlarda oraliq miya yaxshi rivojlanmagan. Bosh miyadan 12 juft nerv chiqadi.
Sezgi organlaridan qushlarda eshitish va ko`rish organlari yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari xuddi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshab 2 qismdan, ya`ni ichki va o`rta quloqdan iborat. Odatda, qushlarda tashqi quloq bo`limi bo`lmaydi, lekin, ayrim tungi qushlar (boyqushlarda ) boshida qulog’i atrofida teri buramalari bo`lib, tashqi quloq bo`limiga o`xshab qolgan. Umuman, qushlar juda yaxshi eshitadi, ular juda sekin tovushni ham eshitadi. Ko`pchilik yapaloqqushlar o`z o`ljasini qorong’ida quloq solib tutadi. Yosh qushlar katta qushlarni sayrashini eshitib, ularga taqlid qilib sayraydi. Ko`pgina qushlar xavf-xatarni, birinchi navbatda eshitish organlari orqali sezadi.
O
161-rasm. Yirtqich qushlar ko`zining ko`ndalang kesimi: 1- oldingi kamera; 2-orqa kamera; 3- shox parda, 4-tomirli parda,
5- biriktiruvchi to’qima parda,
6-kiprikli muskul, 7- rangli parda,
8- ko`z gavhari, 9-ko`z tarog`i, 10-ko`ruv nervi, 11-to`r parda, 12-sklera.
xirgi yillarda yana shu narsa aniqlandiki, qushlar sayrash yoki birorta ovoz chiqarish orqali bir-birlariga signal berishdan tashqari, ular bir-birlari bilan ultratovush orqali ham signal beradi. Bunday ultratovush signallar ko`pgina chumchuqsimonlarda, boyqushlarda, uzunqanot qaldir-g’ochlarda borligi aniqlangan. Lochin va ayrim tungi qushlarda (uzunqanot qaldirg’ochlar), kunduzi g’orlarda yashovchi qushlarda exolokatsiya yordamida oriyentirlana olishi ham aniqlangan. Bu qushlar g’or ichida qorong’ida bemalol bir-birlariga va boshqa narsalarga urilib ketmasdan uchib yuradi. Qushlarning ko`zi ham juda yaxshi rivojlangan (161-rasm).
Masalan: suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sutemizuvchilar sinflari orasida ayrim turlarini ko`zi reduktsiyalangan, lekin qushlar orasida bunday turlari yo`q, ya`ni hamma qushlarning ko`zi mavjud. Qushlarda ayniqsa, ko`z olmasi juda katta bo`ladi, jumladan, ko`z olmasi tungi qushlarda va balanddan o`z o`ljalarini ko`ra oladigan qushlarda yaxshi rivojlangan. Ko`z olmasining vazni qush vazniga nisbatan turli qushlarda turlicha. Masalan: g’ozlar ko`z olmasining vazni butun tanasiga nisbatan 1/570 ga teng (g’ozlar, asosan o`t bilan oziqlanadi). Zag’izg’on (hakka) ko`z olmasining vazni butun tana vaznining 1/70 ni tashkil qiladi (zag’izg’onlar sekin harakat qiluvchi hasharotlarni tutib yeydi). Umuman, qushlarning ko`zida ham xuddi sudralib yuruvchilarning ko`zi singari 3 ta qovog’i bor, ya`ni yuqorigi va pastki ko`z qovoqlari hamda pirpiratuvchi pardasi bor. Pirpiratuvchi parda ko`zning ichki (old tomoni) tomoniga birikkan bo`ladi.
Ko`pchilik qushlarning ko`rish doirasi juda keng, shuning uchun ham ular faqat oldindagi narsalarni ko`rmasdan, balki yon tomonidagi va qisman orqa tomondagi narsalarni ham ko`radi. Odatda, ko`pchilik qushlarning ko`zi monokulyar bo`ladi, chunki ularning ko`zlari boshining ikki yon tomonida joylashgan. Har qaysi ko`zining ko`rish maydoni 150° ga, binokulyar ko`rish maydoni (ikkala ko`z bilan ko`rish) esa 30-50° ga teng bo`ladi. Yapaloqqushlarda ko`zlar boshining old tomonida joylashadi va ular binokulyar ko`rishga moslashgan. Bu holat tunda yashashga moslanishi natijasida hosil bo`lgan. Yirtqich qushlarning ko`zlari juda o`tkir, masalan: lochinlardan sapsan 1100 m dan va turumtoy 800 m dan harakatlanayotgan qushni ko`radi. Qush ko`zining xarakterli xususiyati shundaki, ko`z kiprikli muskullari ta`sirida ko`z gavhari shaklini o`zgartirish yo`li bilan akkomodatsiya qilishdan tashqari, ko`z gavhari hamda to`r parda orasidagi masofani uzaytirish va qisqartirish yo`li bilan ham akkomodatsiya qilishga moslashgan bo`ladi. Ko`z gavhari bilan to`r parda orasidagi masofa sklera atrofidagi halqa muskullar ta`sirida o`zgaradi. Shunday qilib, qushlarning ko`zi ikki tomonlama akkomodatsiyali bo`ladi.
Qushlarda, odatda, hid bilish organlari ancha sust rivojlangan. Faqat ayrim qushlardagina hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Bularga Yangi Zelandiya kivisi, loyxo`raklar, nayburunlilar, o`rdaklar va o`laksaxo`r yirtqich qushlardan - tasqaralar kiradi.
Qushlarning ta`m bilish organlari og’iz bo`shlig’ida va tilining shilimshiq pardasida joylashadi. Qushlar, asosan ovqat ta`mining shirinligi, sho`rligi va achchiqligini sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |