Nasl uchun g’amxo`rlik qilish. Ba`zi baliqlarda nasl uchun qayg’urish hodisasi sodir bo`ladi. Natijada ular juda kam ikra qo`yadi. Masalan: chuchuk suv tikan balig’ining erkagi urchish davrida suv tagida suv o`tlaridan shar shaklida uya quradi va unga urg’ochilarini jalb qiladi. So`ngra urg’ochisi bu joyga 20-100 ta ikra qo`yadi. Erkagi urg’ochisi qo`ygan tuxumlarni urug’lantiradi va 10-15 kun uyani qo`riqlaydi. Dengiz toychasi va dengiz nina baliqlar erkagining qorin tomonida teri xaltasi bo`ladi (73-rasm).
73-rasm. Tuxum xaltachali dengiz nina balig’ining erkagi. Pastki rasmda xaltachasi yorilgan, ikralari ko`rinib turibdi.
Shu xaltada urug’langan ikralarini olib yuradi. Amerika laqqa balig’i va kardinalka balig’i (Apogon imberbis)ning erkagi 50 taga yaqin otalangan ikralarini og’zida olib yuradi, bu vaqtda ular oziqlanmaydi (74-rasm).
Tilyapiya balig’ining urg’ochisi ham 100 dan ortiq qo`ygan tuxumini og’zida olib yuradi. Ba`zi baliqlarda (boyko`l golomyankasi) tirik tug’ish jarayoni kuzatiladi.
Gorchak balig’i esa o`z tuxumlarini baqachanoqlarning mantiya bo`shlig’iga joylashtiradi (75-rasm).
A
74-rasm. Og`iz bo`shlig`ida ikrasi bo`lgan erkak kardinalka balig`i.
spredo laqqachasi (Asperdo laevis) urg’ochilarining qorin terisi urug’ tashlash davrida ancha qalinlashib yumshaydi. Tuxumi sochilib erkagi tomonidan urug’lantirilgandan keyin urg’ochilari o`z vazni bilan uni qorin terisiga bosib yopishtiradi (76-rasm).
Bu holatda teri kichik arixonaga o`xshaydi, uning kataklarida baliq tuxumlari joylashgan bo`ladi.
76-rasm. Urg`ochi laqqacha baliqning (Aspredo) qorin tomonidagi ikralari.
75-rasm. Tuxum qo`yayotgan gorchak balig’i.
Baliqlarning umr ko`rishi. Baliqlar o`sgan sayin ularning shakli va katta-kichikligi o`zgaradi. Baliqlar yozda tez o`sib, qishda o`sishdan to`xtaydi. Ularning bunday notekis o`sishi tangachalariga va suyaklariga ta`sir etadi. Natijada tangachalarida aniq ko`rinib turadigan qatlamlar, ya`ni halqalar hosil bo`ladi. Yozda hosil bo`ladigan halqalar keng, qishdagisi esa tor bo`ladi. Shunday qilib, tangachalardagi halqalar soniga va shakliga qarab baliqlarning yoshini aniqlash mumkin (77-rasm).
Ayrim baliqlar uzoq umr ko`radi. Masalan: beluga 100 yil va undan ortiq, kambala, Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan laqqa baliqlar 50-60 yil umr ko`radi. Treskalar 15 yil yashaydi. Umuman olganda, baliqlar 1-2 yildan (buqacha baliqlar-Gobiidae) 100 yil va undan ortiq umr ko`radi. Ko`pgina mayda tur baliqlar atigi 1 yil yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |