Mavzu: baliqlarning uzunligi va yoshini aniqlash reja: Baliqlarning umr ko`rishi



Download 350,25 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi350,25 Kb.
#324752
Bog'liq
Yoqubova Shodiya


MAVZU: BALIQLARNING UZUNLIGI VA YOSHINI ANIQLASH

Reja:

1.Baliqlarning umr ko`rishi.

2.Baliq vaznini aniqlash va ayrim ko‘rsatgichlarni o‘lchash

Baliqlarning umr ko`rishi. Baliqlar o`sgan sayin ularning shakli va katta-kichikligi o`zgaradi. Baliqlar yozda tez o`sib, qishda o`sishdan to`xtaydi. Ularning bunday notekis o`sishi tangachalariga va suyaklariga ta`sir etadi. Natijada tangachalarida aniq ko`rinib turadigan qatlamlar, ya`ni halqalar hosil bo`ladi. Yozda hosil bo`ladigan halqalar keng, qishdagisi esa tor bo`ladi. Shunday qilib, tangachalardagi halqalar soniga va shakliga qarab baliqlarning yoshini aniqlash mumkin (77-rasm). Ayrim baliqlar uzoq umr ko`radi. Masalan: beluga 100 yil va undan ortiq, kambala, Amudaryo va Sirdaryoda yashaydigan laqqa baliqlar 50-60 yil umr ko`radi. Treskalar 15 yil yashaydi. Umuman olganda, baliqlar 1-2 yildan (buqacha baliqlar-Gobiidae) 100 yil va undan ortiq umr ko`radi. Ko`pgina mayda tur baliqlar atigi 1 yil yashaydi.

Baliqchilik xo‘jaliklarida o‘stiriladigan barcha baliqlar tarkibi asosan voyaga etilgan zotlarga asoslangan bo‘ladi. Voyaga etilgan sergo‘sht va sermaxsul ota-ona baliqlar xo‘jalikning nasildor zotlari hisoblanadi. Bunday zotlar alohida hovuzlarda saqlanadi. Har yili baliqchilik xo‘jaliklarida bahor oyida (aprel, may) mayda baliqchalar olish uchun foydalaniladi. Lekin ajratib qo‘yiladigan nasldor baliqlarni yashashida yuqori darajali, sifatli bo‘lishi kerak, chunki olinadigan baliqchalarning muddatlari va hayotchanligi shu sifat bilan chambarchas bog‘liq, hamda xo‘jalikning asosan faoliyati o‘zidagi nasldor baliqlarga bog‘liq. Ko‘pchilik xo‘jaliklar tabiiy resurs orqali o‘z xo‘jaliklarning mayda baliqlariga bo‘lgan talablarini qondiradilar.(kutkarilgan,kanallardan yigilgan segaletkalar xisobida) Sifatli urug‘ olish uchun ham nasildor baliqlar kerak, ayniqsa inkubatsion sex uchun ham bularning mahsulotlari kerak

V.S.Kirpichnikova va K.A.Golovinskoy ma’lumotlariga ko‘ra, tangacha qoplami shakli bo‘yicha farqlash mumkin, chunki u o‘zgarib turish xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Ota-ona zotlarning holatini baholashda kuz va bahorda ularning rangiga qarab baholanadi. Sarg‘aygan, nimjon baliqlar oriq bo‘lib, semizlik koeffitsienti past bo‘ladi. Bunday baliqlar brak yoki yaroqsiz deb topiladi. Ota-ona nasldor baliqlarning va remont uchun ajratilgan ikki-uch yoshli baliqlar nasldorligi tekshirilib baholanadi va akt-vedomosti tuziladi. Bu ishni bosh baliqshunos bajaradi. Baliqlarni o‘lchash texnikasi yukoridagi rasmlarda ko‘rsatilgan. Bahorgi yoki kuzgi nasldor zotlarning holatini baholashda ularning tana rangiga qarab belgilanadi. Kulrang xira kumushsimon rangda toblansa bunday baliq oriq-semizlik kaeffitsenti past bo‘ladi. Bunday zotlar to‘rlardan olib tashlanadi. Har yili baholash asosida nasldor zotlar va remont uchun ajratilgan zotlar uchun alohida akt vedimisti yoziladi (akt alohida vedimost nusxasi tafsiya etiladi).

Nasldor baliqlarning yoshi muxsus belgilar bilan, agarda belgilar bo‘lmasa tangachalardagi yillik xalqalar orqali aniqlanadi. Buning uchun baliqlarni elka qismidan pastrog‘idan 2-3 dona tangacha olinadi va nashatir spirtini kuchsiz eritmasiga ishlov berilib quritiladi, so‘ngra tangacha siyoh bilan bo‘yaladida va ikki dona buyum oynachasining o‘rtasida tekis joylashtirilib yaxshilab siqib bog‘lanadi (skoch, leykoplastir). So‘ngra lupa yoki MBS-1M. mikroskopi bilan qaralganda yillik xalqalar darhol ko‘zga tashlanadi. Tangachalardagi xalqalar soni baliq yoshiga to‘g‘ri keladi. Xo‘jalikda naslchilik ishlarini olib borishda 5-8,5 kg keladigan ona baliqlar 5-8 yoshligidan, ota baliqlarni 5-7 yoshligidan foydalanish yaxshi samara beradi. Xo‘jalikda nasldor baliqlar uchun– o‘simlikxo‘r baliklar 10-12 yoshgacha, karplar esa 8-10 yoshgacha saqlash ma’qul.

Baliq vaznini aniqlash va ayrim ko‘rsatgichlarni o‘lchashNasldor baliqlarni, to‘ldirib turish (remont) to‘dasiga baliqlarni og‘irligini o‘lchash uchun ular maxsus brezentdan tayyorlanib, metal karkasiga o‘rnatilgan belanchaklardan foydalaniladi yoki tavsiya etiladi. Baliq tanasidagi suvni yo‘qotish uchun, belanchak bir oz qiya holatga keltiriladi, uni tashqi tomoniga teshik qoldiriladi.Belanchak o‘lchanib uning og‘irligi har besh dona balik o‘lchanganidan so‘ng qaytadan tekshiriladi. Nasldor baliqlar va to‘ldirib turish (remont) to‘dasidagi katta baliqlar 50 gramm, 4 yoshlik baliqlar 10 g aniqlikda tortiladi.O‘lchash ishlari sm. o‘lchovida ikkita vertikal devori bo‘lgan o‘lchash stolida olib boriladi. Stol orqa (uzun) va yon (kalta) devorlarga ega bo‘lib ular to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Stol taxtasi tekis va silliq taxtadan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Stol yordamida uzunligi 80 sm gacha, eni 25 smgacha bo‘lgan nasldor baliqlarni o‘lchash mumkin.
Download 350,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish