78-rasm. Pansirli baliqlar: 1-o`rta devonda yashagan Coccosteus, 2-Pterichthyes.
Pansirli baliqlar (P1asod1ermi) sinfi mayda va yirik (bo`yi 6 m) baliqlarni o`z ichiga olgan. Ularning boshi va tanasining oldingi qismi suyak plastinkalaridan tashkil topgan murakkab pantsir bilan qoplangan (79,80,81-rasmlar).
79-rasm. Qalqonli baliq (Cephalaspis Lyelli) pastki devon davri.
G
80-rasm. Qalqonli baliq (Psammolepis venlukovi) devon davri.
avdasining keyingi qismi tangachalar bilan qoplangan yoki yalang’och bo`lgan. Kuchli jag’lari ko`pincha suyak qalqonchalar bilan qoplangan. Bu baliqlar silur davridan perm davrigacha keng tarqalgan, devon davrining oxiri va toshko`mir davrining boshiga kelib ular qirilib ketgan.
Pantsirli baliqlar to`garak og’izlilarga quyidagi belgilar bilan yaqin turadi, ya`ni toq burun teshigining bo`lishi, jag’ining va juft suzgich qanotlarining bo`lmasligi; faqat ichki qulog’ining bo`lishi. Shuning bilan bir qatorda pantsirli baliqlar to`garak og’izlilardan tashqi ko`rinishining ayrim belgilari hamda biologiyasi bilan farq qiladi, ya`ni ko`pchilik pantsirli baliqlarning gavdasi yapaloq (yelka tomondan qorin tomonga yapaloqlashgan). Gavdasi ustki tomondan pantsir (qalqon) bilan qoplangan. Bu belgilar pantsirli baliqlar suvning chuqur joylarida yashaganligidan dalolat beradi. Ko`zlarini yelka tomonda joylashganligi ham buni tasdiqlaydi. Pantsirli baliqlarda yana bosh tepa organi ham taraqqiy etgan. Ularning boshini orqa tomonida ko`krak suzgich qanotining ildizini eslatadigan o`simtasi bo`lgan.
81-rasm. Qalqonli baliq (Anaspida, Pterolepis hitida ) silur davri.
Jag’jabralilar (Aphetohyoideu yoki Acanthodii) sinfi kichik va o`rtacha o`lchamdagi baliqlar bo`lib, gavdasi urchiqsimon shaklga ega bo`lgan. Bu hodisa juda ham primitiv belgi, ya`ni juft suzgich qanotlarni hosil qilgan teri burmasining qoldig’i deb tushuniladi.
Devon davrining o`rtalariga kelib bu sinfning vakillari dengizlarga ham tarqala boshlagan. Taxminlarga ko`ra, perm davrining o`rtalariga kelib bu baliqlar qirilib ketgan va primitiv akantodiylardan devon davrining boshida tog’ayli baliqlar paydo bo`lgan. Shuningdek, qandaydir primitiv akantodiylardan devon davrining boshlarida suyakli baliqlar ajralib chiqqan (82,83-rasmlar). Tez oqayotgan daryo suvlari ehtimol suyak skeletining paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu baliqlar, asosan dengizlarda yashagan. Ular kichik va o`rtacha kattalikda, ya`ni bo`yi 1 m bo`lib, gavdasi urchuqsimon, dumi geterotserkal tipda bo`lgan. Juft suzgich qanotlari tanasiga kengaygan holda birikkan (84-rasm).
Haqiqiy tog’ayli baliqlar vakillari devon davridan ma`lum bo`lgan va bir necha kenja sinflarga bo`lingan. Devon davrining o`rta qatlamlarida akulasimon tog’ayli baliqlarning (Cladocelachii) tishlari va gavda qoldiqlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |