Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet87/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

66-rasm. Selakant (Latimeriya).

Panjaqanotlilar suzgichlari, asosan seret bo`lib, uning ichida skeleti joylashgan. Shunday qilib, ularning muskullari boshqa baliqlar singari faqat tanada emas, balki quruqlikda yashovchi hayvonlardagi singari erkin harakat organlarida ham joylashgan. Ba`zi vakillarida suzgichlarning skeleti besh barmoqli oyoqlarga o`xshab ketadi.


Suzgichi asosida saqlanib qolgan bitta bazaliya orqa suyagi, undan keyingi ikkita bazaliya suyaklari bilak va tirsak suyaklariga, oxirgi qator nurlar (radialiyalar) kaft suyaklariga mos keladi (67-rasm).



67-rasm. Panjaqanotlining suzgich qanoti skeleti.

Panjaqanotlilar terisi to`garak yoki romb shaklidagi yupqa emal bilan qoplangan kosmoid (o`zgargan dentin) tangachalar bilan qoplangan. Bunday teri suyak elementlari dastlab paydo bo`lgan suyak pantserli amfibiyalarda ham bo`lgan. Panjaqanotlilarning vistseral sachratqichidan (jabra yorig’i qoldig’i) amfibiyalarning o`rta quloq bo`shlig’i hosil bo`lgan.


Orqa suzgich qanoti ikkita. Dumi teng pallali. Bu baliqlarning yuragida arterial konusi va ichagida spiral klapanlari bo`ladi. Kloakasi bor. Qizilo`ngachning qorin tomoni uchidan o`pka vazifasini bajaruvchi pufakchalar chiqadi. Ichki burun teshigi yo`q.
Panjaqanotlilar ikki xil nafas oluvchilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Ular yozda suvi kamayib, jabra bilan nafas olish qiyinlashadigan suv havzalarida yashagan, kislorod tanqis bo`lganida vaqti-vaqti bilan suv yuzasiga ko`tarilib atmosfera havosidan nafas olgan. Etli suzgichlar esa suv tubida, o`simliklarga tayanish uchun xizmat qilgan. Bu esa o`z navbatida besh barmoqli harakat organlarining paydo bo`lishiga olib kelgan. Panjaqanotlilar dastlab chuchuk suv havzalarida yashagan, keyinchalik esa dengizlarda yashashga o`tgan baliqlardan hisoblanadi.
III.10. BALIQLARNING EKOLOGIYASI

Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o`tadi. Ular suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo`g’ilib o`lib qoladi. Kamdan-kam baliq turlarigina maxsus moslama organlarining bo`lishi bilan suvdan tashqarida bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin.


Umuman, hozirgi vaqtda yer sharining, ya`ni planetamizning kattaligi 510 mln kv km bo`lsa, shundan 361 mln kv km yoki 71% i okean va dengiz suvlari bilan qoplangan. Shundan 51% da baliqlar yashaydi. Okeanlarning eng chuqur joylari 11 km ga yetadi. Okeanlarning 3 km dan ortiq chuqur joylari barcha dengiz suvlarining taxminan 51-58% ga to`g’ri keladi. Yer sharining 2,5 mln kv km gina, ya`ni 0,5% gina ichki suvliklardan iborat.
Baliqlar baland tog’lardagi suvliklarda, ya`ni dengiz sathidan 6000 ming m balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham yashaydi. Suv atmosfera havosini erita oladi va aynan baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Suv kuchli erituvchi bo`lgani uchun ko`plab organik va anorganik moddalarni ham eritib yaroqli holga keltiradi. Suvning issiqlik sig’imi yuqori bo`ladi, shuning uchun ham suv havzalarida daqiqalar, soatlar, kecha-kunduzlar, oylar va yil fasllariga qarab suv harorati atmosfera haroratiga nisbatan kam o`zgaradi. Suv sovuqda muzlaydi, muz suvdan yengil bo`lganligi uchun suv yuzasiga ko`tariladi. Suvning solishtirma og’irligi havoning solishtirma og’irligidan biroz ko`p bo`lib, baliqlar tanasining solishtirma og’irligiga yaqin bo`ladi.
Ma`lumki, baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega. Suv muhitining harakati daryo, dengiz va yopiq suv havzalarida doim bo`lib turadigan oqimlar bilan bog’liq. Suvning isishi suv qatlamlarini vertikal yo`nalishda harakatga olib keladi. Suvning harakati odatda baliqlarning passiv ko`chishini ta`minlaydi. Masalan: Skandinaviyaning g’arbiy qirg’oqlarida tuxumdan chiqqan Norvegiya seldining lichinkalarini Golfstrim oqimining bir tarmog’i 3 oy mobaynida qirg’oq bo`ylab 1000 km ga olib ketadi. Yirik daryolarning yuqori qismida uvildiriqdan chiqqan losos baliqlarining lichinkalari hayotining ko`p qismini dengizda o`tkazadi. Daryodan dengizga o`tish ma`lum darajada passiv, ya`ni daryo oqimi yordamida sodir bo`ladi. Nihoyat baliqlar harakatini ma`lum darajada belgilovchi oziq ob`yektlari – planktonlarning harakati ham oqim yordamida vujudga keladi.
Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi, ya`ni ularning tana harorati doimiy emas, balki to`g’ridan-to`g’ri atrof-muhit haroratiga qarab o`zgarib turadi. Bu esa organizmning fiziologik xususiyatiga bog’liq, jumladan, issiqlik hosil qilish jarayoniga bog’liq. Baliqlarda issiqlik hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi. Umumiy qoidaga muvofiq, suv harorati ko`tarilsa, baliqlar ko`p oziq yeydi, gazlar almashinuvi kuchayadi, baliqlarning o`sish sur`ati, jinsiy mahsulotlarning yetilishi tezlashadi. Shuni aytish kerakki, har bir tur baliq uchun ma`lum harorat chegarasi bor. Ko`pgina tropik baliqlar suvning harorati +310C bo`lganda bemalol yashaydi, ayrimlari +450C gacha bo`lgan issiq buloqlarda hayot kechiradi. Kaliforniyada +520C bo`lgan buloq suvida Syprinodon avlodiga mansub baliqlar bemalol yashashligi kuzatilgan. Ba`zi bir baliq turlari muzlashga ham chidaydi. Demak, ayrim baliq turlari suvda haroratning o`zgarishiga chidab, yashashni davom ettiradi, bunday baliqlar evriterm hayvonlar guruhiga kiradi, boshqa bir tur baliqlar esa suvning harorati salga o`zgarsa ham halok bo`ladi, bular stenoterm hayvonlar guruhiga kiradi. Evriterm baliqlar guruhiga chuchuk suvlarda yashaydigan olabug’a, cho`rtan, toshbosh, nalim va dengizlarning qirg’oqqa yaqin joylarida yashaydigan ko`pgina baliqlar kiradi. Stenoterm baliqlar guruhiga esa barcha qutb baliqlari va ko`pgina tropik baliqlari kiradi. Baliqlar turlari orasida issiqsevar baliqlar (laqqalar, zog’ara baliqlarning ko`plab turlari) va sovuqsevar baliqlar (lososlar, treskalar) bor. Ba`zan issiqsevar baliqlar yashaydigan suv harorati birdan pasayib ketishi natijasida ko`plab baliqlar nobud bo`ladi. Masalan: 1930 yili oktyabr oyida Primorye o`lkasi suvlarida kuchli dovuldan keyin suv harorati +120C dan +6,20C ga tushib qolishi natijasida issiqsevar baliqlardan seldlar ko`plab nobud bo`lgan. Lekin o`rta kengliklarda yashaydigan issiqsevar baliqlar, qishda suvning sovushiga moslashib, bir joyga to`planib uyquga ketadi. Buni baliq o`rasi deyiladi. Bu erda ular shilimshiqqa o`ralib, oylab (Volga daryosida-5 oy) yotadi. Bunday o`rachi baliqlarga – oqcha baliq, zog’ora baliq, vobla, sla, karas, laqqa va baqra kabi baliqlar kiradi.
Dengiz suvlari odatda kislorodga to`yingan bo`ladi, ba`zi dengiz suvlari kislorodga o`ta to`yingan bo`ladi. Buning aksicha, qit`alar ichidagi suvlarda kislorod miqdori turlicha. Shuning uchun chuchuk suv baliqlari orasida kislorodga turlicha ehtiyoj sezadigan turlari bor.
Baliqlar kislorodga bo`lgan talabini hisobga olib to`rtta guruhga bo`linadi.
1. Kislorodni juda ko`p talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 7-11 sm3 kislorod bo`lgan suvlarda yashaydigan baliqlarga, asosan gulmoy, kumja, peskar, nalim va golyan kabilar kiradi. Bu baliqlar suvi sovuq va tez oqar daryolarda yashaydi.Tez oqar tog’ daryolardagi suvlar hamma vaqt havo bilan to`yingan bo`ladi.
2. Ko`p kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 5-7 sm3 kislorod bo`lgan suvlarda, asosan xarius, golavl, toshbaliq, peskar kabilar yashayadi.
3. Nisbatan kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 4 sm3 kislorod bo`lgan suvlarda, asosan chaboq baliq, plotva, olabug’a va toshbaliqlar yashaydi.
4. O`ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar. Ular kislorodi juda kam bo`lgan oqmas suvlarda yashaydi, ya`ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm3 kislorod bo`ladi. Bunday suvlarda zog’ora baliq, lin va tobon baliqlar yashaydi. Bu baliqlar suvda erigan kislorod yetishmay qolganda tezda suvning yuzasiga chiqib, og’iz orqali atmosfera havosini yutib, jabra bo`shlig’iga kiruvchi suvni shu havo bilan boyitadi. Yana vyun degan baliq turi borki, u daryoning eski o`zanida va kichik ko`llarda yashab, yuqoridagi baliqlarga o`xshab to`g’ridan-to`g’ri havodan nafas olmay, balki atmosfera havosini ichagiga yutadi, havo baliq ichagi orqali o`tar ekan, kislorodning bir qismini yo`qotib, anal teshigidan chiqadi, bu kislorod ichakning qalin kapillyarlar bilan ta`minlangan o`rta va keyingi bo`limlarida yutiladi. Ayrim chuchuk suv baliqlari ham shu tariqa ichakdan nafas oladi.
Suv havzalarida mavsumiy muz qoplamining hosil bo`lishi baliqlar uchun ham ijobiy, ham salbiy rol o`ynaydi. Avvalo, muz qoplami suvning pastki qatlamlarini havoning sovuq haroratidan himoya qiladi, suvning tubigacha muzlashiga to`sqinlik qiladi. Bu holat baliqlarni qishda havo harorati nihoyatda past bo`lgan joylarga tarqalishiga imkon beradi. Muz qoplamining ijobiy tomoni shundan iborat. Muz qoplamining baliqlar hayotidagi salbiy tomoni esa, avvalo muz qoplami suvning havodan kislorod bilan to`yinishini keskin kamaytiradi. Qish vaqtida ko`pgina suv havzalarida chirish jarayonlari natijasida kislorod miqdori juda ham kamayib ketib, baliqlarni nafasi bo`g’ilib, ko`plab nobud bo`ladi. Bunday hodisalar MDHning ko`pgina oqmaydigan va sekin oqadigan suv havzalarida tez-tez bo`lib turadi. Bu hodisani o`lat (zamor) deyiladi. Odatda, zamor qishda suv muzlaganda ro`y beradi, ya`ni muz qatlami suvga atmosferadan kislorodning o`tishiga to`sqinlik qiladi, suvdagi bor kislorod esa chiriyotgan organik moddalarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shuning uchun ham qishki zamor bilan kurashish uchun ko`llarda va hovuzlarda muzlar teshib qo`yiladi. MDHda G’arbiy Sibir daryolarida, shu jumladan, Ob daryosida katta zamorlar bo`lib turadi. Odatda, zamorlar dekabr oyining oxiridan mart oyining boshlarigacha davom etadi. Suvda vodorod sulfid yig’ilib qolishidan ham baliqlar ko`plab halok bo`ladi. Bunday gazlar suv havzalarida kislorod yetishmaganida organik moddalarning chirishidan hosil bo`ladi. O`rta dengizdan sayoz to`siq orqali ajralgan Qora dengiz alohida diqqatga sazovordir. Qora dengizning ustki qatlami suvlari tozalanib turiladi. Lekin bu dengizning 200 m dan pastki qismidagi suvi vodorod sulfid bilan zaharlangan bo`ladi. Shuning uchun ham Qora dengizning chuqur joylarida, kislorodsiz muhitda yashaydigan sulfabakteriyalarni hisobga olmaganda hech qanday hayot yo`q.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish