Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet182/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

139-rasm. Dinozavrlar. 1-iguanodon, 2-brontozavr, 3-diplodok, 4-tritseratops,
5-stegozavr, 6-seratozavr.
Qushchanoqlilar guruhiga kiruvchi sudralib yuruvchilar, asosan o`simlikxo`r hayvonlar bo`lgan. Ko`pchiligi orqa oyoqlarida harakat qilgan. Oldingi oyoqlari sezilarli darajada qisqargan. Jag’larining oldingi qismi shox tumshuq bilan qoplangan bo`lib, tishlari bo`lmagan, faqat jag’larining keyingi tomonida tishlari bo`lgan.
Qushchanoqlilarga iguanadonlar, stegozavrlar va tritseratopslar kiradi. Iguanadonlarning balandligi 5 m dan 9 m gacha borgan, ular faqat orqa oyoqlarida yurgan.
Stegozavrlarning boshi juda kichkina, boshining orqa tomonida ikki qator o`rnashgan uchburchakli baland suyak plastinkalari va dumida o`tkir tikanlari bo`lgan. Stegozavrlarning bo`yi 5 m gacha borgan.
Tritseratopslar tashqi ko`rinishidan karkidonlarga o`xshash bo`lgan. Tumshug’ining uchida uncha katta bo`lmagan bitta shox va ko`zining ustida ikkita uzun shoxi bo`lgan. Ularning uzunligi 8 m gacha borgan.
N

140-rasm. Yirtqichtishlilar:
1-inostrantseviya. Ustki permdan topilgan (tiklangani); 2-sinognatusning bosh skeleti.
ihoyat, sudralib yuruvchilarning oxirgi darrandasimonlar yoki sinapsidalar kenja sinfi (Theromorpha,
Synapsida) kotilozavrlardan ajralib chiqqan bosh bo`g’inlaridan biri hisoblanadi. Darrandasimonlar toshko`mir davrining oxirlarida paydo bo`lgan, lekin amfibiyalarga xos ba`zi belgilarni saqlab qolgan (teri bezlari ko`p bo`lgan). Toshko`mir davrining oxiri va perm davrida pelikozavrlar turkumi turlari kelib chiqqan. Ularning umurtqalari amfitsel tipda bo`lgan, bosh skeleti kuchsiz rivojlangan. Bitta chakka chuqurchasi va bitta ensa bo`rtmasi bo`lgan, qorin qovurg’alari va tanglay suyagida tishlari bo`lgan. Bo`yi 1 m dan 3-4 m gacha borgan. Perm davrining oxiriga kelib, pelikozavrlar qirilib ketadi, lekin ulardan oldin darranda tishli sudralib yuruvchilar ajralib chiqadi. Ularning ba`zi turlarida tishlari kurak, qoziq va oziq tishlarga ajralgan. Pastki jag’ining boshqa suyaklari kichraygan. Ixtisoslashgan yirtqich turlariga misol qilib, Shimoliy Dvinadan topilgan inostrantseviyani va juda progressiv sinognatuslarni ko`rsatish mumkin (140-rasm).
Shunday qilib, perm davrining oxiri, trias davrining boshiga kelib, sudralib yuruvchilar faunasi yer yuzida hukmronlik qil-gan. Amfibiyalarning ko`pchiligi qirilib ketadi. Sudralib yuruvchilar bu davrlarda nafaqat quruqlik muhitini, balki havo hamda suv muhitlarini ham o`zlashtirib olgan. Butun mezozoy erasining 150 mln yili davomida sudralib yuruvchilar yer yuzida hukmronlik qilgan.
Bo`r davrining oxiriga kelib, Yer yuzida yangi kuchli tog’ hosil bo`lish jarayoni boshlangan. Buning natijasida keng landshaftlar qayta hosil bo`ldi, dengiz va quruqliklar qaytadan taqsimlandi. Iqlim quruqlashdi, yil fasllari (issiq va sovuq) shakllandi hamda tabiat mintaqalari paydo bo`ldi. Shu bilan birga, o`simlik olami ham o`zgardi, ya`ni sagovniklar va ninabargli daraxtlar yopiq urug’li o`simliklar bilan almashindi.
Bu vaqtga kelib, issiqqonli hayvonlar (qushlar va sutemizuvchilar) paydo bo`ldi. Bu hayvonlar o`zgarayotgan muhitda issiqqonliligi tufayli moslashib boradi va biotoplardan sudralib yuruvchilarni siqib chiqaradi. Keyin hozirgi zamon erasi – kaynozoy boshlanadi. Kaynozoy erasida sutemizuvchilar va qushlar hukmronlik qiladi. Sudralib yuruvchilardan kichik va harakatchan tangachalilar, yaxshi himoyalangan toshbaqalar va suvda yashovchi timsohlar saqlanib qoldi. Mezozoy erasining oxiriga kelib, ko`pchilik sudralib yuruvchilarning qirilib ketishiga sabab, o`sha vaqtdagi iqlim sharoitining va Yer orografiyasining o`zgarishi hamda yuksak taraqqiy etgan issiqqonli hayvonlarning (qushlar va sutemizuvchilar) paydo bo`lishi hisoblanadi. 141-rasmda sudralib yuruvchilar filogeniyasining umumiy sxemasi berilgan.






Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish