Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


V BOB. MURTAK PARDALI UMURTQALILAR (AMNIOTA)



Download 30,53 Mb.
bet143/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

V BOB. MURTAK PARDALI UMURTQALILAR (AMNIOTA)


V.1. SUDRALIB YURUVCHILAR (REPTILIA) SINFINING UMUMIY TAVSIFI, TUZILISHI VA KO`PAYISHI


Sudralib yuruvchilarning umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi, ko`payishi. Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi, ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati.


Umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfidan farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarimsharlari nisbatan katta bo`lib, kulrang miya moddasidan iborat po`stlog’i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko`rinadi. Skeleti to`liq suyakdan tashkil topgan. Yer ustida harakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo`lingan. Sudralib yuruvchilarning oyoqlari boshqa quruqlikda yashovchi umurqali hayvonlarniki singari besh barmoqli, ayrim guruhlarida oyoqlari bo`lmaydi.
Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko`proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo`yin umurtqalari sonining ko`payishi va ayniqsa, birinchi bo`yin umurtqasi - atlant, ikkinchi bo`yin umurtqasi - epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko`rsatib o`tish lozim. Ularning ko`pchiligida ko`krak qafasi hosil bo`lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudralib yuruvchilar faqat o`pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo`lingan bronxlari bor. Ularning terisi quruq, teri bezlari bo`lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o`xshab uch kamerali bo`lsada, lekin ularning yurak bo`lmalari orasida to`siq va yurak qorinchasida chala to`siq paydo bo`lgan. Shuningdek, reptiliyalarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo`lingan.
Sudralib yuruvchilarning ayirish organlari ham ancha takomillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilarning barchasida otalanish ichki. Ular, asosan pergament yoki ohak moddadan iborat, qattiq po`st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlikka qo`yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham ularning rivojlanishi o`zgarishsiz boradi, ya`ni tuxumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o`xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug’adi. Yuksak umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat - murtak pardasi hosil bo`ladi. Murtak pardalarining biri - amniotik qavat nomiga qarab yuksak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi. Embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmaydigan tuban umurtqalilar (to`garak og’izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Sudralib yuruvchilarning ham tana harorati o`zgaruvchan va ko`pincha tashqi muhit haroratiga bog’liq.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish