Nazariy tushuncha: Odam maksimal nafas olganidan keyin maksimal nafas chiqarganda o’pkadan chiqqan havo miqdori o’pkaning tiriklik sig’imi deb ataladi. Kattalarda o’pkaning tiriklik sig’imi o’rta hisobda 3-3,5 l ga teng bo’lib, erkaklarda ayollardagiga nisbatan ko’proq. Sportchilarda o’pkaning tiriklik sig’imi yuqori bo’lib 4-5 l xatto 6 l ga teng va undan ko’p bolishi mumkin.
Upkaning tiriklik sig’imi nafas olish xavosi, nafas chiqarishning rezerv hajmi va nafas olishning rezerv hajmidan iborat.
Nafas olish havosining hajmi- odam tinch xolatdagi nafas olish va nafas chiqarishda o’pka orqali o’tgan havo miqdoridir. Bu o’rta hisobda 500 sm 3 ga teng bo’ladi.
Nafas chiqarishning rezerv hajmi- deganda, odam tinch xolatda nafas chiqarganidan keyin chuqur nafas chiqarishda o’pkasidan chiqara olgan havosining miqdori tushuniladi, u o’rta hisobda 1500 sm ga teng bo’ladi.
Nafas olishning rezerv xajmi deb, odam tinch xolatda chuqur nafas olganidan keyin o’pkasiga olish mumkin bo’lgan xavo miqdoriga aytiladi. U o’rta hisobda 1500 sm3 ga teng bo’ladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi va uni tashkil etadigan komponentlari-ning kattaligi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr suvli va gazli bo’ladi.
Kerakli jixozlar:spirometr, burun qisqichi, spirt, paxta.
Ishni bajarish tartibi: Suvli spirometr bilan ishlashda uning ichki silindri belgisigacha suv to’ldiriladi. So’ngra ichki silindr qopqog’idagi tashqi tiqin olingan holda tashqi silindrga joylashtiriladi. Keyin tiqin joyiga qo’yiladi. Ichki silindr tubidagi bo’shliq nay orqali tashqi havo bilan tutashgan. un ay uchiga mushtuq o’rnatilgan bo’lib, sinaluvchi mushtuq orqali nafas chiqaradi. Spirometrga chiqarilgan nafas xavosining miqdori ichki silindr devoriga o’rnatilgan va oynakli tuynuk orqali ko’rinib turadigan daraja bo’yicha aniqlanadi. Tabiiy sharoitda o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun quruq (gazli) spirometr qulay bo’ladi.
O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlashda spirometr qo’yiladi. Mushtuk dizenfektsiyalovchi og’izga olinadi. Sinaluvchi maksimal spirometrga maksimal chuqur nafas o’pkaning tiriklik ko’rsatkichi nol xolatiga eritma bilan artiladi va chuqur nafas oladi, so’ngra chiqariladi.
Nafas havosi hajmini aniqlashda teng xolatda olgandan keyin spirometrga odatdagiday nafas chiqariladi.
Nafas xavosi xajmini aniqlashda tinch holatda nafas olgandan keyin spirometrga odatdagiday nafas chiqariladi. Nafas miqdori daraja bo’yicha aniqlanadi.
Nafas chiqarishning rezerv hajmini-aniqlash uchun nafas chiqarilgandan keyin spirometrga chuqur nafas chiqariladi va daraja bo’yicha havo. miqdori aniqlanadi. Nafas olishning rezerv xajmini aniqlash uchun nafas olish havosi bilan nafas chiqarishning rezerv hajmi qo’shilib, yig’indi, o’pkaning tiriklik sig’imidan ayirib tashlanadi. Qolgan qoldiq nafas olishning rezerv hajmini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, quyidagi usulda ham aniqlash mumkin. Silindr tiqini olib qo’yilib, silindrni qandaydir balandlikka (3000 ml) ko’tariladi va tiqin yopiladi. Sinaluvchi nafas olgandan keyin spirometr mushtuti orqali chuqur nafas oladi. Spirometr darajasidagi uzgarish buyicha nafas olishning rezervhajmi anikdanadi.
O’pkaning tiriklik va uning komponentlari jismoniy ish ta’sirida o’zgarishini tekshirish uchun yuqoridagi ko’rsatgichlar jismoniy ish (30 soniyada 15 marta o’tirib tur ish) dan keyin aniklanadi. Bunday jismoniy ish ssig’im odamda o’pkaning tiriklik sig’imi tinch holatdagiga nisbatan 15% gacha kamayishiga sabab bo’ladi. O’pka tiriklik sig’imining bunday ortiq kamayishi o’pkada qon aylanishning yetishmovchiligini ifodalaydi.
Olingan natijani quyidagi jadval shaklida yozib, opkaning tiriklik sirimiga jismoniy ishning ta’siri xakdda xulosa chiqaring.