2-tajriba
Nafas olish modeli (Donders tajribasi).
Ishdan maqsad. Nafas olish va chiqarishda o’pka passiv rol o’ynashini tushuntirishdan iborat.
Nazariy tushuncha. O’pkaning kengayishiga ko’krak qafasining kengayishi sabab bo’ladi. Ko’krak qafasi qovurg’alarning ko’tarilishi va diafragmaning pastga tushishi natijasida kengayadi. Nafas olish vaqtida qovurg’alar orasidagi tashqi muskullar qisqarishi natijasida hamma qovurg’alar ko’tariladi. Bundan tashqari diafragma muskullari qisqarib, paylarni tortadi, natijada diafragma pastga tushadi va ko’krak qafasi kengayaib, o’pkaga havo kiradi. Nafas chiqarish vaqtida ko’krak qafasi torayadi. Bunga sabab uning og’irligi, qovurg’alararo ichki muskullarning qisqarishi, qorin bo’shlig’ining diafragmaga tayziqidir. Bu vaqtda o’pkaning hajmi torayib, undan havo tashqariga chiqadi. Ko’krak qafasi kengayib-torayishi natijasida havoning o’pkaga kirishi va undan chiqishini Donders sxemasi bilan ko’rsatish mumkin.
Kerakli jihozlar. Nina, qisqich, xirurgik nina, shisha kanyula, ip, tagiga rezina parda tortilgan butilka, baqa.
Tajriba o’tkazish tartibi. Baqa haraktsizlantirilib, ko’krak qafasi ochiladi va pastki jag’ini kesib, arteriya ostidan xirurgik nina yordamida ip o’tkaziladi. So’ng traxeyasiga shisha kanyula kiritib, ip bilan bog’lanadi.
Kanyula bilan birga traxeya va o’pkani ko’krak qafasidan ajratib olib, ostiga rezina tortilgan butilka ichiga tushuriladi (shisha butilkaning og’zi kanyula o’tkazilgan probka bilan bekitilgan bo’lishi kerak). Bu vaqtda shisha butilka ichidagi havo tashqi havo bilan va tashqi havo butilka ichidagi havo bilan qo’shilmasligi, ya’ni butilkaning og’zi zich bekilgan bo’lishi kerak. Agar baqa o’pkasi o’rnatilagan shisha butilka tagidagi rezina pastga tortilsa, butilka ichidagi havoning hajmi kamayib, u yerda manfiy bosim hosil bo’ladi, natijada o’pka kengayib, unga shisha kanyula orqali tashqaridan havo kiradi. Agar rezina parda bo’shatilsa, shisha butilka ichidagi bosim yana o’z holiga kelib, o’pkadan havo yana tashqariga chiqadi. Organizmda ham o’pkaga havo kirishi va undan chiqishi xuddi shunday tartibda bo’ladi. Bunday tajribani faqat baqa o’pkasida emas, balki, quyon va it o’pkasida ham o’tkazish mumkin. Bunda rezina tortilgan shishi idish kattaroq bo’lishi kerak.
24.1-rasm. Donders qurilmasi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Daftaringizga ishni maqsadi va bajarilish tartibini rasmiylashtirib ishni xulosalang.
Nazorat uchun savollar.
Donders modeli nimani ifodalaydi?
Bu ishni bajarishdan maqsad nima?
Nafas olish va chiqarishda qaysi muskullar ishtirok etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |