Laboratoriya ishi № 50
Mishyak
Mishyakni barcha birikmalari juda zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyotlik choralariga rioya qilish zarur.
Mishyakning olinishi
Ingichka probirkaga ozgina ko‘mir bilan mishyak (III) oksidi aralashmasini solib, shtativga qiya qilib o‘rnating va qattiq qizdiring. Probirkani sovuq qismida hosil bo‘layotgan qora kukun nimadan iborat? Reaksiya tenglamasini yozing.
Arsin olinishi va parchalanishi
(Ishni mo‘rili shkafda bajaring)
82 rasmda ko‘rsatilgan Marsh uskunasini yig‘ing. 100-200 ml xajmdagi kolbaga bir necha ruh bo‘lakchalarini soling va uchi kolba tagigacha etadigan voronka orqali, suyultirilgan (1:3) xlorid kislotasini quying. Kolbadagi xavo butunlay chiqib bo‘lganidan so‘ng (tekshiring), chiqayotgan vodorodni yoqing. Vodorod alangasiga e’tibor bering. So‘ngra voronka orqali kolbaga 1 ml mishyak (III) xloridi va 2 ml natriy gidroksid eritmalaridan quying. Alanga rangining o‘zgarishini kuzating va uni tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |